• 10 . 7-ras m . T e ng to‘lovlar ser i y al a ri va yag o na ke l g u
  • 25-Mavzu. Innovatsiya sam




    Download 1,42 Mb.
    bet18/27
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #259634
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
    Bog'liq
    25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

    10.6–rasm. Yagona joriy pul miqdori va yagona kelgusi pul miqdori
    Agar n yildan keyin R foiz stavkalarida joriy pul miqdorining pullik ekvivalentini P aniqlash zarurati bo‘lsa, kelgusi pul miqdori
    F quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

    bu yerda, n – joriy va kelgusi vaqt paytlarini ajratadigan foizli davrlarning soni (foizlarni qo‘yishlar soni) Agar n yildan keyin R foiz stavkalarida kelgusi pul mablag‘lar F joriy pul miqdorining pullik ekvivalenti P aniqlash zarurati tug‘ilsa, quyidagi formuladan foydalanamiz:



    Agar pul oqimi miqdor jihatdan teng bo‘lgan va doimo amalga oshiriladigan to‘lovlar bilan amalga oshirilsa ekvivalentni hisoblash yanada murakkablashadi.


    Xususan, n yildan keyin R foiz stavkalarida teng to‘lovlar seriyaning kelgusi ekvivalentini A aniqlash uchun (10.7-rasm), quyidagi misoldan foydalanamiz.
    MISOL.
    Faraz qilamizki, har yili bankning omonat hisob raqamiga 100 ming so‘m qo‘yiladi. Omonat hisob raqamidagi foiz stavkasi butun davr mobaynida yiliga 12% tashkil etadi. 5 yil ichida hisob raqamida qancha mablag‘ yig‘iladi?



    10.7-rasm. Teng to‘lovlar seriyalari va yagona kelgusi pul miqdori

    Topish lozim bo‘lgan ko‘rsatkichning hisob-kitob ketma-ketligi 10.3-jadvalda keltirilgan bo‘lib, u quyidagilardan iborat. Omonat hisob raqamiga qo‘yilgan birinchi pul miqdori - 100 ming so‘m 4 yildan keyin miqdori – 157,35 ming so‘mga oshadi. Ikkinchisi, bir yildan keyin qo‘yilgan pul miqdori 140,49 ming so‘mga oshadi va h.k. Chunki so‘nggi pul mablag‘i 5 yil oxirida kiritilgan, unga foiz stavkalari hisoblanmaydi.







    MISOL.
    Agar har yili murakkab foizni yiliga 12% stavkalar bilan 5 yillik to‘lovlarni amalga oshirgan holda 6 000 so‘m jamg‘arish talab qilinadigan bo‘lsa, har yili quyidagi miqdorda tolovlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi:

    Amaliyotda joriy pul miqdori P bilan n foizli davr mobaynida R foiz stavkalarida doimo amalga oshiriladigan to‘lovlar miqdori A bo‘yicha teng seriyadagi pul oqimining o‘rtasidagi ekvivalentligini o‘rnatish masalalari doimo yuzaga chiqadi.
    MISOL.
    Investitsion loyiha bilan savdo lizing shartlari bo‘yicha asbob-uskunalarni sotib olish ko‘zda tutilgan. Asbob-uskunaning qiymati 2 000 000 doll.ga teng. Shartnoma shartlariga kora oldindan to‘lanadigan to‘lov (avans) asbob-uskuna qiymatining 50%ni tashkil etadi. Keyingi tolovlar yiliga 10% stavkalarida 10 to‘lovlarga teng seriyalarda har chorakda amalga oshiriladi. Har chorakdagi to‘lovlar miqdorini aniqlab bering.
    Buning uchun p foizli davr mobaynida R foiz stavkalarida joriy pul miqdori P ekvivalentiga teng bo‘lgan to‘lovlar miqdorini A aniqlash lozim. Buning uchun ilgari hosil bo‘lgan bog‘liqlikdan foydalanib, quyidagi ko‘rinishdagi ifodani hosil qilamiz:

    Hosil bo‘lgan formulani keltirilgan misolda lozim bo‘lgan miqdorini A ni topish uchun qo‘llashga harakat qilamiz. Agar shartnoma shartlariga ko‘ra, oldindan to‘lanadigan to‘lov 1 000 000 doll.ni tashkil etadigan bo‘lsa, har chorakda hisoblanadigan 10% stavka foizi bo‘yicha 10 to‘lovlar seriyalarda namoyon bo‘lgan (10%:4 =2,5%) qolgan mablag‘ miqdori P ekvivalentini aniqlash lozim bo‘ladi:

    Ushbu to‘lovlar tizimida A to‘lovning qaysi qismi asosiy qarzlarni qaytarish, qaysi qismi esa savdo krediti bo‘yicha foizlarni to‘lashga yo‘naltirilganligini aniqlash darkor. Xususan, soliq solish maqsadida foizlarni tannarxiga qo‘shish muhim hisoblanadi. Buning uchun 10.4-jadvalda keltirilgan hisob-kitoblar tizimidan foydalanish mumkin.





    Hisob-kitob shunga asoslanadiki, kredit uchun foizlar foizlarni hisoblash paytida qolgan qarz miqdori (kreditning nominali) hisobidan hisoblab chiqiladi. Shu bois birinchi to‘lov (114 259 doll.) 1 000 000 doll. x 0,025 = 25 000 doll. miqdordagi foiz to‘lovini va 114 259 doll. – 25 000 doll. = 89 259 doll. miqdoridagi pul mablag‘ni qaytarishni o‘z ichiga oladi. Birinchi to‘lovdan keyin asosiy qarz miqdori 1 000 000 doll. - 89 259 doll. = 910 741 doll.gacha kamayadi. Shuning uchun ikkinchi to‘lovni amalga oshirishda foizlar aynan shu miqdoridan hisoblab chiqiladi. Keyingi barcha to‘lovlar bo‘yicha ham keltirilgan hisob-kitob tartibi qo‘llaniladi.
    R foiz stavkalarida n foizli davr mobaynida amalga oshiriladigan
    A to‘lovlar seriyasining P joriy ekvivalentini baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:


    i i
    Ifodalangan bog‘liqliklar loyihaning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish uchun qo‘llanilgan bo‘lib, ular pul oqimlarining turli tuzilish shakllarida namoyon bo‘lgan. Bunda bitta pul oqimining ikkinchidan afzallik tomonini baholash taqqoslanadigan oqimlarni yagona ekvivalent asosiga keltirishni talab etadi. Xususan, 10.8-rasmda ko‘rsatilganidek, har bir 1 va 2 taqqoslanadigan pul oqimlari yagona to‘lovlar (kirimlar) yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqiladi, har biri uchun joriy ekvivalent P(F ) aniqlanadi. Agar bu holatda har bir yagona to‘lovlar diskontlangan, ya’ni joriy vaqt paytiga keltirilgan bo‘lsa, quyidagi formula orqali aniqlanadigan diskontlangan yagona to‘lovlar miqdori pul oqimini taqqoslash uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin.


    Download 1,42 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




    Download 1,42 Mb.