• 1 0 .3.3. S a m aradorlikni baholashn i ng din a m i k k o ‘r sa t k i c
  • 25-Mavzu. Innovatsiya sam




    Download 1,42 Mb.
    bet19/27
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #259634
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
    Bog'liq
    25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

    10.8-rasm. Pul oqimini diskontlash shakli

    Yuqorida keltirilgan hisob-kitoblar pul oqimlarini taqqoslash bo‘yicha olib borgan diskontlash stavkasi ma’lum bo‘lganligi bilan shartlangan. Ammo diskontlash stavkasini tanlash nazariy va amaliy jihatdan ham juda murakkab muammo hisoblanadi.


    Muayyan loyiha uchun diskont stavkasini tanlashda mazkur loyihaga investitsiyalash bilan bog‘liq xavf-xatar hisobiga to‘g‘rilangan (ko‘paytirilgan) investorlar uchun mumkin bo‘lgan va kafolatlangan sarmoya jamg‘arish manbalar miqdorlari (masalan, ishonchli bankda qo‘yilmalar bo‘yicha depozit foizlari yoki davlat obligatsiyalari bo‘yicha daromad foizlari)ni hisobga olish tavsiya etiladi.


    10.3.3. Samaradorlikni baholashning dinamik ko‘rsatkichlari
    Innovatsion loyihalarni tahlil qilish uchun pul oqimini diskontlashga asoslangan iqtisodiy samaradorlikni baholashning quyidagi dinamik usullaridan foydalanish mumkin: joriy qiymat, rentabellik, likvidlilik.
    Joriy qiymat usuli sof diskontlangan daromadni aniqlashga asoslanib, u loyihadan keladigan integral iqtisodiy samara ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Sof diskontlangan daromad NPV butun investitsion davr mobaynida loyihani amalga oshirish jarayonidagi diskontlangan pul oqimi qirimlarining to‘lovlariga ayirmasini ifodalaydi:

    Xususan, agar loyihaga investitsiyalar bir yo‘la qo‘yilsa, NPV quyidagicha hisoblanishi mumkin:



    bu yerda, I – investitson (nolga teng) oralig‘ida amalga oshirila-digan jami investitsion xarajatlar.
    NPV ijobiy miqdori loyihani moliyalashtirish va amalga oshirish to‘g‘risida qarorni qabul qilish maqsadga muvofiq, qo‘yilmalarning muqobil variantlarini taqqoslaganda sof diskontlangan oqimning eng katta miqdoriga ega bo‘lgan variant iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Joriy qiymat usuli annuitet to‘lovlari (ingliz tilidan annuity – har yillik rentasi), ya’ni miqdor jihatdan doimiy va muttasil ravishda amalga oshiriladigan pul to‘lovlariga xos bo‘lgan ayrim litsenziya va qimmatli qog‘ozlarning qiymatini baholashda foydalanish mumkin. Bu holda NPV ko‘rsatkichi litsenziya qiymatining joriy bahosini aniqlaydi:


    yig‘indisi geometrik progressiyaning hadlar yig‘indisi hisoblanganligi bois, uning o‘zgarishidan so‘ng quyidagi ifoda hosil bo‘ladi:

    Bunda harakatlar cheksiz davomiylikka ega bo‘lgan T- o‘lovlar uchun ifoda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

    Agar litsenziyani to‘lash doimiy royalti A dan tashqari umumiy to‘lovlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, litsenziyaning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:




    P
    bu yerda, t – litsenziyani sotib olish paytida amalga oshiriladigan umumiy to‘lov.
    Daromadlilik indeksi (profitability index) diskontlangan pul oqimining va loyihaga kiritilgan boshlang‘iya investitsiyalar miqdori o‘rtasidagi nisbatini tavsiflovchi nisbiy ko‘rsatkich sifatida ifodalanadi:

    Loyihaning iqtisodiy jozibadorligi to‘g‘risida qarorlarni qabul qilish qoidalariga quyidagi sharti kiradi: agar PI >1 bo‘lsa, loyiha iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Aks holda, agar PI <1, loyihani qabul qilmaslik tavsiya etiladi.
    Rentabellik usuli loyihaning ichki rentabellik ko‘rsatkichini (internal rate of return - IRR), ya’ni loyiha bo‘yicha pul mablag‘lar kirimining diskontlangan qiymati to‘lovlarning diskontlangan qiymatiga teng bo‘lgan diskont stavkasini aniqlash uchun qo‘llaniladi:



    bu yerda, IRR – loyihaning ichki rentabellik stavkasi.
    Agar loyihaning ichki rentabelligi ushbu loyiha uchun belgilangan minimal rentabelligidan yuqori bo‘lsa, loyiha iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning iqtisodiy mazmuni loyihaning ichki rentabelligi loyihaga kiritilayotgan sarmoyaning o‘sish sur’atini aniqlab berishidan iborat. Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatkich eng yuqori mumkin bo‘lgan ssuda foiz stavkani aniqlab, unda loyihani kreditlash zararsiz holda, ya’ni investitsiyaga kiritilgan o‘z sarmoyadan olingan foydaning bir qismini kreditni to‘lamasdan turib amalga oshiriladi.
    Loyihaning ichki rentabellik ko‘rsatkichini aniqlash uchun diskont stavkalarning turli miqdorlar sharoitida NPV miqdorning grafikni tuzishga asoslangan grafik usulidan foydalanish mumkin. Bunda 10.9-rasmda ko‘rsatilganidek, grafik abssissa o‘qi bilan kesishadigan R miqdori loyihaning ichki rentabellik miqdorini belgilaydi.


    Likvidlilik usuli investitsiyalarni qoplash davri (qaytarish muddati)ni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Qoplash davrini hisoblash loyiha bo‘yicha pul oqimining diskontlash yo‘li bilan amalga oshiriladi:



    bu yerda, Tqm – investitsiyalarni qoplash davri.
    Agar loyihaning investitsiyalarni qoplash davri investitsion davridan oshadigan bo‘lsa, loyiha zarar ko‘radi va iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi.
    Loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha keltirilgan ko‘rsatkichlar muhim mezonlari sifatida namoyon bo‘lib, ular asosida loyiha ishtirokchilari loyihaning iqtisodiy (tijorat) jozibadorligini baholashi mumkin.
    Shuni ta’kidlash kerakki, loyihada ishtirok etish yoki uni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishi har bir aniq holatlarda loyiha ishtirokchilari oldida turgan maqsadlaridan kelib chiqadigan boshqa baho va mezonlarni, loyihani amalga oshirish sharoitlarini va u bilan bog‘liq xavf-xatarni hamda boshqa miqdoriy ifodaga ega bo‘lmagan omillarni hisobga olib amalga oshirilishi lozim. Shu bois, innovatsion loyihalarni tanlash va baholash iqtisodiy samaradorlikni baholashning miqdoriy mezonlarni rasmiy va norasmiy hisoblash usullaridan, loyihaning turli jihatlarini tahlil qilishning ekspert baholashdan foydalanishni o‘z ichiga olish kerak.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




    Download 1,42 Mb.