25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet16/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.3. Innovatsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari
10.3.1. Samaradorlikni baholashning statistik usullari
Iqtisodiy samaradorlikni baholashning statistik usullari oddiy usullarga mansub bo‘lib, loyihaning iqtisodiy jozibadorligini tezkor tarzda va taxminan baholashni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Ular innovatsion loyihalarni ekspertiza qilishning dastlabki bosqichida hamda nisbatan qisqa investitsion davrga ega bo‘lgan loyihalarda qo‘llanish uchun tavsiya qilinadi. Iqtisodiy tahlil amaliyotida loyihaning iqtisodiy samaradorligini ko‘p foydalaniladigan baholash ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
-loyihani amalga oshirishdan olinadigan umumiy (yoki o‘rtacha yillik) foyda;
-investitsiyalar rentabelligi (foydaning oddiy me’yori); -investitsiyalarning qoplanish muddati (qaytarish muddati). Loyihaning daromadlilik ko‘rsatkichi loyiha ishtirokchilari
loyihani amalga oshirish natijasida olinadigan sof daromad miqdorini tavsiflaydi.
Umumiy foyda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq umumiy qiymat natijalari va xarajatlar ayirmasini ifodalaydi:



bu yerda, Nuq t vaqt davr mobaynida loyihaning ishtirokchilari oladigan natijalarning qiymatli bahosi; X j - t vaqt davr mobaynida loyihaning ishtirokchilari sarflaydigan umumiy xarajatlar; m investitsion davri, ya’ni loyihaning hayotiy sikli mobaynida oraliq (interval)lar soni.
Ortacha yillik foyda bir yilda loyiha ishtirokchisi tomonidan olinadigan sof foydaning o‘rtacha hisobdagi miqdorni ifodalaydi:



bu yerda, T investitsion davrining davomiyligi, yil.
Agar ushbu ko‘rsatkichlar ijobiy bo‘lsa, loyiha iqtisodiy jihatdan jozibador hisoblanadi, aks holda loyiha istiqbolsiz deb hisoblanishi mumkin. Foydalilik ko‘rsatkichlar loyihada ishtirok etishga manfaatdor bo‘lgan turli iqtisodiy subyektlar bo‘yicha ham hisoblanishi mumkin. Ularning xarajat va zararlarning qiymatli baholash mazmuni va miqdorlari o‘zgaradi xolos. Xususan, mavjud investorlar uchun loyihani amalga oshirishning iqtisodiy natijalari sifatida loyihani amalga oshirish davri mobaynida olishi kutilayotgan daromad (masalan, dividendlar) namoyon bo‘lishi mumkin. Kreditorlar uchun iqtisodiy natijalari loyihaga investitsiyalangan kreditlar uchun xarajatlar hisoblanadi.
Investitsiyalar rentabelligi (ROI - Return On Investments) nafaqat loyiha foydaliligini aniqlash, balki ushbu foydalilik darajasini baholash imkoniyatini ham yaratib beradi. Investitsiyalarning rentabellik ko‘rsatkichi (foydaning oddiy me’yori) yillik foydaning loyihaga kiritilgan investitsiyalarga nisbati bilan ifodalanadi:

bu yerda, F – loyihani amalga oshirishdan tushgan foyda; I – loyhaga kiritlgan dastlabki investitsiyalar.
Investitsiyalar rentabellik ko‘rsatkichi loyihani amalga oshirish yillaridan biri bo‘yicha (odatda loyiha to‘liq ishlab chiqarish quvvati bilan amalga oshirilgan yiliga mos yil tanlanadi), ishlab chiqarish quvvatlarning turli darajada foydalanish sharoitida loyihani amalga oshirishning ayrim yillari bo‘yicha yoki sof foydaning o‘rtachaga keltirilgan ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblanib chiqilishi mumkin.
Foydaning oddiy me’yorini iqtisodiy talqini rejalashtirishning bitta oralig‘i davomida investitsion xarajatlarning qaysi qismi foyda ko‘rinishda qaytishini baholashdan iborat. Bunda agar investitsiyalar rentabelligining hisoblash miqdori sarmoyani qo‘yishning boshqa muqobil variantlari bo‘yicha daromadlik darajasidan yuqori bo‘lsa, mavjud investor mazkur investitsion loyihani yanada chuqurroq tahlil qilishni maqsadga muvofiqligini baholashi mumkin.
Iqtisodiy tahlillar maqsadlarga ko‘ra foyda va investitsiyalangan sarmoyaning turli ko‘rsatkichlari ko‘rinishida mumkin.

bu yerda, r qarzdorga to‘lanadigan foiz tolovlari.
To‘langan aksiyadorlik sarmoya bo‘yicha foyda me’yori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

bu yerda, Ia – aksiyadorlik sarmoya.
Investitsiyalarning qoplash davri loyihani investitsiyalashning boshlanishidan loyihani amalga oshirishdan olingan sof foyda loyihaga dastlabki qo‘yilmalarni qoplaydigan paytgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ini ifodalaydi. Loyiha uning qoplash davri kam bo‘lgan va investorlarga dastlabki qo‘yilmalarni tez qaytarib berish sharoitida jozibador hisoblanadi. Qoplash davrining ko‘rsatkichini grafik ko‘rinishdagi talqini 10.5-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, unda innovatsion loyihalar bo‘yicha sof daromadlarning o‘zgarish dinamikasi keltirilgan.
Miqdor bo‘yicha doimiy bo‘lgan va bir maromdagi sof foyda Fs va loyihaga bir zumda sarmoya qo‘yilmalari I bilan tavsiflovchi loyihalar uchun qoplanish muddati Tqm (10.5-rasm), formula yordamida aniqlanadi:

Mazkur ifoda asosida investitsiyalar rentabellik ko‘rsatkichidan foydalanib, qoplanish davrini taxminiy baholash mumkin.




Download 1,42 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Download 1,42 Mb.