25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet12/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

bu yerda, Q – xalq xo‘jaligida mehnat unumdorligining o‘sishi;
I – axborotlarning ko‘payishi; T – jamiyatda axborotlar harakatlarini, avvalambor, ulardan moddiy ishlab chiqarishda foydalanishni tavsiflovchi intensivlik omili.
Ammo amaliyotda axborotlar ko‘payishi miqdor jihatdan o‘lchash imkoniyati yo‘q, chunki ilmiy mahsulot hajmi «bit» o‘lchovi (axborotlar birligi)da yoki g‘oyalar soni bo‘yicha o‘lchashning iloji yo‘q. G.A. Laxtin tomonidan tavsiya etilgan formulani amaliyotda qo‘llash qiyinligini tushungan holda shunday yozadi: «Ishlarning natijasida olingan tadqiqot mahsulotlar sonini o‘lchashga imkoniyat bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda ushbu ish bajarilganligi yoki bajarilmaganligini baholashga harakat qilish mumkin»8. Biroq bu yondashuv nafaqat miqdoriy, balki sifatni baholashni, ya’ni mazkur baholash turlarini uyg‘unlashtirish yo‘li bilan ilmiy mehnat natijasi sifatida ilmiy samarani aniqlashni nazarda tutadi. Bunda ilmiy samara yangi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish va ko‘p marta undan foydalanish (ilmiy mehnatning iste’mol qiymat xususiyatlari) imkoniyatlarini aks ettiradi hamda ehtiyojlarni qondirish darajasini (yaratilgan axborot sifatining xususiyati)ni namoyon qiladi.
Jahon amaliyotida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va yangiliklarni amalga oshirish uchun mablag‘larning doimiy ravishda ortib borishiga olib keladigan texnik loyihalar murakkab va qimmat bo‘layotgan hozirgi sharoitda kerakli natijalarga erishishda xavf-xatar darajasini aniqlash muammosining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Chunki, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda moliyalashtirish tashkilot uchun og‘ir ahvolga, ayrim hollarda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, ishlab chiqarish tizimining yirik ilmiy g‘oyalar, kashfiyot va tubdan yangi ixtirolar hisobiga emas, balki mayda ixtiro va unumlashgan takliflarni amalga oshirish yo‘li bilan texnik bazasini takomillashtirishning evolutsion jarayoniga o‘tishiga intilish kuchayib bormoqda. Tabiiyki, ushbu yo‘l xavf-xatarni kamaytirishi mumkin, ammo jadal ilmiy-texnik rivojlanishni ta’minlay olmaydi.
Buyurtmachi nuqtayi nazaridan, hal qiluvchi omillardan biri texnik va tijorat xavf-xatarlar yig‘indisi bilan ifodalangan umumiy xavf-xatar hisoblanadi. ITTKIning ijrochi ushbu ikkita xavf-xatarni, uning qaysi birini to‘liq o‘z zimmasiga olish, qaysini buyurtmachi o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi uchun alohida baholash lozim. Texnik xavf-xatarning miqdori ITTKIni bajarishdan oldin mavjud ilmiy-texnik ko‘nikmasini baholashdan kelib chiqib aniqlanadi. Ilgari olib borilgan FT va AT, ishlanmalar, maketli va laboratoriya namunalarining natijalari texnik muammolarga muvaffaqiyatli barham berilish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
Texnik xavf-xatar o‘lchamini aniqlashning eng oddiy va qulay usullaridan biri ekspert baholash hisoblanadi. Bu texnik xavf-xatarni baholashning o‘ziga xos usullarini yaratish zarurligini inkor etmaydi, ayniqsa ularni ishlab chiqish uchun dastlabki shartlari mavjud bo‘lsa9.Eng katta ilmiy va ilmiy-texnik samarani boshqa g‘oyalarda mujassam etadigan ilmiy g‘oyalar hamda xalq xo‘jaligining ko‘plab tarmoqlarida amalga oshiriladigan ilmiy-texnik yangiliklar beradi. Ular aksariyat texnik yangiliklarni ham yuzaga chiqaradi. Xususan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida katta integral shakllarga ikroprotsessorlar – tegishli dasturlar orqali obyektni boshqarishning turli vazifalarni bajaradigan ixcham hisoblash uskunalari joriy qilinadi (operatsiyalar ketma-ketligi dasturlangan kir yuvish mashinadan belgilangan dastur bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish mexanizmi-gacha). Hisob-kitoblarga ko‘ra, yaqin istiqbolda mikroprotsessorlar 200 mingdan ortiq turli xil uskuna hamda sanoat mexanizm va maishiy texnikalarda qo‘llanadi.
FT samaradorligini baholashda katta qiyinchiliklar vujudga keladi. Ularning natijalarini iqtisodiy jihatdan baholash mumkin emas. Ularni baholashning negizi – ilmiy samara hisoblanadi. Ularni muayyan tadqiqot (mavzu) bo‘yicha o‘lchashni faqatgina ekspert-ballik baholash asosida amalga oshirish mumkin. Buning uchun ilmiy samarani nashr etish ma’lumotlar (to‘plangan bilimlar tizimini kengaytirish) va olingan ilmiy mehnat natijalarini (ularning keyinchalik tadqiqot, ilmiy tashkilot, ishlab chiqarishda mujassam etgan holda) chegaralab qo‘yishga urinib ko‘rish lozim.
Maqola, patent va boshqalar miqdor jihatdan hisoblanishga asoslangan yondashuvlar tadqiqot natijalarining sifatli jihatlariga chiqish imkoniyatiga ega emas. Shu bois aksariyat tadqiqotchilar tadqiqotlarni baholashning eng maqbul uslublaridan biri mazmundor komponentli baholash usuli, deb hisoblashadi. Ushbu usul ekspertlarni jalb etgan holda ITI natijaviyligini ballik baholashdan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
Rasmiy ballik baholashning ko‘plab variantlari mavjudligiga qaramasdan, ularning barchasi bir nechta oddiy holatlarga asoslanadi:
-har bir ilmiy natijaga muayyan miqdorli ball beriladi;
-bir qancha mezonlar mavjud bo‘lsa ilmiy tadqiqotlarning umumiy natijaviyligida kutilayotgan shaxsiy natijaning ahamiyatini tavsiflovchi muayyan «vazn» beriladi;
-ilmiy natijaviyligini baholashda ilmiy natijaning har bir shaxsiy turi bo‘yicha ballarning miqdori tegishli vaznli koeffitsiyent miqdoriga ko‘paytiriladi va ularning yig‘indisi chiqariladi.
Ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatini baholashga bo‘lgan ushbu yondashuvni misol sifatida V.S. Libenson tomonidan ishlab chiqilgan FT ilmiy samarani baholash uslubiyatini (muallif uni ilmiy tadqiqotlarning samaradorligi deb ataydi) keltirish mumkin. U tomondan ilmiy axborotlar guruhlarining beshta tasnifiy belgilarga ega bo‘lgan shkalasi taklif etilgan. Har bir guruh tegishli ballar – alohida oddiy omillarni izohlash bo‘yicha 1 balldan, nazariy qonuniyatlarni asoslash bo‘yicha 5 ballgacha va 5 ballik yangilik darajasining ko‘rsatkichi bo‘yicha baholangan. Mavjud axborotlarni umumlashtirish (1 ball)dan tubdan yangi ilmiy axborotlarni olishgacha (masalan, yangi nazariyani ishlab chiqish (10 000 ball)) baholangan. Shunday qilib, ilmiy axborot guruhlarning ballarini yangilik darajasining ballariga ko‘paytirish yo‘li bilan ilmiy samarani aniqlash harakatlari amalga oshirilgan. Oddiy kuzatuvlar va keyinchalik ilmiy axborotlarni umumlashtirish sohadagi ishlarda ilmiy samara 1 (1x1) ga teng bo‘ladi, ilmiy axborotlarning eng yuqori guruhda – yangi nazariyani o‘rganish va ushbu nazariyani yaratish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishda esa – ilmiy samaraning natijasi 50 000 (5x10 000)ga yetishi mumkin. Keltirilgan shkala, shubhasiz, FTning ilmiy samarasini o‘lchashda foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab chiqilgan shkala barcha ilmiy ishlar uchun maqbul bo‘lavermaydi. U fundamental tadqiqotlarning ayrim natijalari uchun qo‘llanilishi mumkin, biroq nashrda ushbu shkala ITTKI baholashda ham ko‘llanilishi mumkin degan g‘oya ham chop etildi10.
Ayrim ishlarda ilmiy-texnik samarani baholash ilmiy samarani baholash kabi amalga oshiriladi. Xususan, A.S. Zapasnyuk ilmiy-texnik samaraning eng muhim belgilariga yangilik darajasi, nazariy darajasi va uni amalga oshirish imkoniyatlarini kiritadi11. Muallifning umumiy fikrlarning yo‘nalishini e’tirof etgan holda biz ular ITTKI uchun emas, balki faqatgina FT natijalar uchun, ya’ni IT ilmiy samara tasnifiy belgilar uchun ma’qul tushadi deb hisoblaymiz. A.S. Zapasnyuk ishlanma yangiligining tubdan yangi darajasini 8-10 ball bilan, an’anaviysini esa – 1 ball bilan baholaydi12. Fundamental, hattoki amaliy tadqiqotlar natijasini baholash uchun bu to‘g‘ri holat. Ammo, TKI natijalarni baholash uchun ushbu g‘oya ishlab chiquvchini mo‘ljaldan chiqarishi mumkin. Ilmiy-texnik samara koeffitsiyentini oshirishga intilib, detalning yangiligini turli usullar bilan, masalan, noyob detallar sonini ko‘paytirish yo‘li bilan oshirishga harakat qiladi.
Bizning nazarimizda, ilmiy-texnik samaraning eng aniq belgilari V.A. Pokrovskiy tomonidan berilgan: tavsiya etilgan natijalarning ilmiy-texnik darajasi, istibolligi, joriy etishning mumkin bo‘lgan ko‘lami (mamlakat iqtisodiyoti, tarmoq, vazirlik ichki) va muvaffaqiyatning ehtimollik darajasi (yuqori, o‘rta, kichik)13. V.A. Pokrovskiy tomonidan ilmiy-texnik samarani hisoblash uchun keltirilgan baholash faqatgina ballik tizimni qo‘llashga asoslangan. Shuningdek, K.G. Fedorov tomonidan ishlab chiqilgan yangilik va joriy etilgan ko‘rsatkichlar shkalasi yuqori ahamiyatga ega bo‘lib, muallif fikriga ko‘ra, ular ilmiy-texnik ishlarning samaradorlik va sifat mezonlari hisoblanadi14. Shkalalarni baholash asosida ballik tizimi yotadi. Ularning tuzilish tamoyillarini ko‘rib chiqamiz.
Yangilik darajasi shkalasining tuzilishi yangi bilimlarni olish (FT) yoki yangi tur mahsulot (ITTKI) ishlab chiqarishga qaratilgan turli tavsifdagi ishlarga tabaqalashgan yondashuvni ko‘zda tutadi. Yangilikning yuqori va quyi darajalari o‘rtasidagi diapazoni 50 balldan 1 ballgacha; joriy etilganlikning yuqori va quyi darajalari o‘rtasidagi diapazoni 7 balldan 1 ballgacha deb qabul qilingan. Ulardan sanoatda amaliy foydalanishga yaqinlashishi bilan ballik baholash oshib boradi. Ishning umumiy integral baholashni (ilmiy-texnik samarani) aniqlash uchun K.G. Fedorov yangilik darajasi va joriy etilganlik darajasi baholashlarni bir-biriga ko‘paytirishni taklif etadi. Bu turli yo‘nalishlardagi ishlarni taqqoslashga imkon beradi: yuqori yangilik darajasi va quyi joriy etilganlik darajasiga ega fundamental tadqiqotlar va qisqa muddatda amalga oshiriladigan, ammo yangilik darajasi har doim ham yuqori bo‘lmagan amaliy ishlar. Bitta ko‘rsatkich bo‘yicha baholashning quyi darajasi boshqa ko‘rsatkichni baholashning yuqori darajasi bilan qoplanadi.
Shu o‘rnida, ekspert-ballik usulida mavjud bo‘lgan ayrim kamchiliklarni aytib o‘tish lozim. Xususan, ularga quyidagilar kiradi:
-ilmiy tadqiqotlar bir qancha yetakchi muassasalarida olib borilishi mustaqil va malakaviy ekspertizani olib borishni qiyinlashtiradi;
-tizim yosh olimlar, yangi tashkilot va yangi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarga yo‘l qo‘ymay, yetakchi olimlar, ilmiy jamoalar, tashkilotlar va an’anaviy yo‘nalishlariga urg‘u berib, ilmiy tadqiqotlar sohasida yangiliklarni amalga oshirmaslikni keltirib chiqaradi;
-tizim malakaviy mutaxassislar uchun katta moliya va vaqt xarajatlarni sarf qilishni talab etadi.
Shunga qaramay, ilmiy tadqiqotlar ahamiyatini ekspert-ballik baholash hozirgi kunda ilmiy-texnik ishlanmalarni davlat darajasida va aniq firma darajasida moliyalashtirish hamda qo‘llab-quvvatlash masalalarini yechishda asosiy usullardan biri hisoblanadi. Xususan, AQSHda ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish yo‘nalishlari to‘g‘risida masalalarni yechishda budjetdan Prezidentning Ilmiy-masalahat kengashi, Prezident apparatining Ilmiy-texnik siyosat boshqarmasi, Kongressning tadqiqot guruhi, Texnologiyalarni baholash boshqarmasi va boshqalar ishtirok etadi15. Ilmiy adabiyotlarda o‘xshash soha va boshqa davlatlardagi olimlarni jalb qilish va ulardan taqriz olish bo‘yicha takliflarni, taqrizchi va taqriz oluvchi o‘rtasida munozaralarni tashkil etishni, ilmiy tadqiqotlarni baholashning foydalanilayotgan mezonlar tizimini aniqlashni o‘z ichiga olgan ekspert baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Muhokamalarning bosh maqsadi olib borilayotgan ilmiy tadqiqot-larning samaradorlik darajasini baholash uchun miqdoriy ko‘rsatkich-lardan foydalanish zarur ekanligidan iborat. Miqdoriy indikatorlardan foydalanish ilmiy-texnik yutuqlarni taqqoslama tahlilni yanada obyektiv tarzda olib borishga imkon beradi.

Download 1,42 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Download 1,42 Mb.