25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet13/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.2.3. Ijtimoiy samaradorlik
Ilmiy-texnik innovatsiyaning ijtimoiy oqibatlarini baholash innovatsion faoliyat samaradorligining metodologik jihatdan eng murakkab muammolar toifasiga kiradi. Bir tomondan, ijtimoiy maqsadlar va unga mos ravishda ijtimoiy samaradorlik har qanday loyihani baholashning asosiy mezonlari sifatida namoyon bo‘lishi lozim, chunki ITT va har qanday innovatsion loyihaning yakuniy maqsadi jamiyat turmushini yaxshilash, uning uyg‘unlashgan holda rivojlantirishdan iborat. Shu bois loyihaning aynan ijtimoiy maqsadlari davlat innovatsion siyosatini shakllantirishdan ustunroq turishi lozim. A. Fonotov, innovatsion siyosatni ishlab chiqishga nazariy-uslubiy yondashuvlarni tahlil qilib, uni amalga oshirish natijalariga quyidagilar kirishi lozim16 deb qayd etadi:
-eng yuqori me’yoriy talablarga javob beradigan yangi texnologik tizimni keng yoyilishi hisobiga ITTning ijtimoiy yo‘nalganligining yuqori darajasiga erishish;
-jamoa ishlab chiqarishning mahsuldorligi va samaradorligining oshishi, shahar va qishloq aholisining predmetli maishiy yashash muhitini takomillashtirish natijasida aholining sifat jihatdan yangi turmush darajasi;
-resurslarni tejashning sifat jihatdan yangi darajasi, mehnat mahsuldorligi, fond samardorligini oshishi, mahsulot uchun material, energiya, sarmoyalarni sarflashning kamayishi;
-mahsulotning yuqori raqobatbardoshlik ko‘rsatkichiga erishish va shundan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotning xomashyo sektorini yengillashtirish va qayta ishlash tarmoqlarining hissalarini oshirish yo‘nalishida xalq xo‘jaligi va tashqi savdo tuzilmasini tubdan isloh qilish;
-mamlakatning texnik tomondan orqada qolishini bartaraf etish;
-yangi, yanada yuqori darajadagi iqtisodiy rivojlanish darajasida asoslangan ijtimoiy kafolatlarni amalga oshirish;
-sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, tubdan qayta qurish va ta’minlash natijasida yangiliklar jarayonida insonlarga texnika yukining oshib borishini bartaraf etilishi.
Boshqa tomondan ijtimoiy samaraning ko‘plab namoyonlarini aniqlash qiyin yoki umuman iloji yo‘q, faqatgina ularni miqdor jihatdan izohlash mumkin. Odatda, ijtimoiy yutuq qanchalik ahamiyatli bo‘lsa. unga integral miqdoriy bahosini berish shunchalik
qiyin kechadi.
Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlari pirovard maqsad bo‘lib, ularga erishish uchun ITTKI bajariladi. «Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarning tasnifi ilm-fan rivojlanishida shakllangan istiqbollarni baholash uchun mo‘ljallangan va ilmiy-texnik siyosatini shakllantirishning muhim dastagi sifatida xizmat qiladi». Ushbu tasnif «milliy fan statistikasida qo‘llanilib, davlat ilmiy-texnika siyosati vazifalaridan kelib chiqib tuziladi va Iqtisodiy hamkorlik hamda rivojlanish tashkiloti, Yevropa statistika tavsiyalariga mos keladi...»17.
Innovatsion loyihalarning ijtimoiy oqibatlarni baholash amaliyotida ushbu muammoni yechishga imkon beradigan bir qator uslubiy qo‘llanmalar shakllangan. Loyiha ijtimoiy samarasining ijtimoiy standart me’yorlariga me’yoriy talablar o‘rnatilgan tarkiblari uchun, masalan, ekologik va sanitariya-gigiyena me’yorlari uchun loyihani baholashning me’yoriy parametrlari qo‘llanilishi mumkin. Masalan, agar loyiha o‘rnatilgan me’yorlarni qanoatlantirsa, ijtimoiy samaraning tegishli tarkiblari loyihani amalga oshirish natijasida erishiladi. Bir tomondan, jamiyatning zamonaviy rivojlanish darajasiga mos ilmiy asoslangan me’yoriy talablarni o‘rnatish, ikkinchi tomondan esa – o‘tib ketish tavsifdagi talablarni o‘rnatish muammosi mavjud
Ijtimoiy samaradorlikning alohida tarkibiy qismlari qiymatli bahosiga ega va loyihaning iqtisodiy samaradorligini hisoblashda qayd etiladi. Ularga quyidagilarni kiritish tavsiya qilingan18:
-hududda ishchi o‘rinlar sonining o‘zgarishi;
-ishchilarning yashash va madaniy-maishiy sharoitlarining omonlashishi;
-ishchilarning mehnat sharoitlari o‘zgarishi;
-ishlab chiqarish personali tuzilmasi o‘zgarishi;
-hudud aholini ayrim mahsulotlar (yonilg‘i va energiya – yonilg‘i-energetik sektordagi loyihalar uchun, oziq-ovqat mahsulotlari – agrar sohadagi va oziq-ovqat sanoatidagi loyihalar uchun va h.k.) bilan ta’minlash mustahkamligining o‘zgarishi;
-ishchi va aholining salomatlik darajasi o‘zgarishi;
-aholining bo‘sh vaqtlarining tejamkorligi.
Ammo shuni tan olish kerakki, loyihaning ijtimoiy samaradorligini baholashning asosiy usuli hanuzgacha ekspert usuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik innovatsiyaning kutilayotgan ijtimoiy oqibatlarning ekspertizasi turli shakllarda tashkil etilishi mumkin:
-turli soha faoliyati malakaviy mutaxassislarni jalb etgan holda yakka tartibda yoki jamoachilik ekspertizasi;
-ishchilar va aholi o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish; -olib boriladigan loyihalar bo‘yicha turli jamiyat qatlami yoki hududning manfaatlariga dahl qiladigan umumxalq referendumlar (anjumanlar).

Download 1,42 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Download 1,42 Mb.