25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet11/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.2.2. Ilmiy-texnik samaradorlik
Ilmiy faoliyatning samarasini baholash qiyin hisoblanadi, chunki bu sohada turli sifatga ega bo‘lgan samaralar mavjud. Ularning mohiyatini va o‘zaro aloqadorligini aniqlash uchun ularning har birini tahlil qilish lozim. Ilmiy mehnatning rivojlanish intensivligi ko‘pincha ITT talablariga muvofiq holda tadqiqot va ishlanmalar yo‘nalishlari qanchalik o‘z vaqtida aniqlanganligi hamda FT va AT olib borish natijasida ilmiy axborotning qanchaga ko‘payganligi bilan ifodalanadi.
Ma’lumki, ilmiy mehnat yoki YaTYaJ jarayonida ilmiy mahsulotlarni yaratish natijasida olinadigan samara axborotning ko‘payganligini ifodalaydi. Ushbu samara, agar ilmiy axborotning ko‘payganligi o‘rin olsa, faqatgina ilmiy bo‘lishi mumkin. Agar YaTYaJ ishlar natijasi bo‘lsa, ilmiy-texnik samarasiga aylanadi va u ilmiy-texnik axborotning o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Va nihoyat, ilmiy-texnik axborot negizida ishlab chiqarishni rivojlantirish texnik samarasini namoyon qiluvchi texnik axborotlarning o‘sishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy va ilmiy-texnik samaralar ilgari to‘plangan bilimlardan foydalanish natijasida, ya’ni axborotlarning o‘sishi sharoitlarida yoki ularni shakllantirish jarayonida bir-biridan farq qiladi.
Fan to‘plagan bilimlar tizimi sifatida «tik» – bilim va ilmiy fanlar tarmog‘ini takomillashtirish va to‘plangan axborotlarni avloddan avlodga yetkazib berish yo‘li bilan rivojlanib bormoqda. Shuningdek, ilmiy axborot «yotiq» holda almashinadi. U quyidagi xilma-xil kanallar bo‘yicha amalga oshadi: kitoblar, davriy ilmiy nashriyotlar, patentlar, standartlar, me’yorlar, hisobotlar, to‘g‘ridan to‘g‘ri yozishmalar, muloqotlar, anjumanlar va h.k. Bunda bilimlarni to‘plash tizimi sifatida fanning «tik» va «yotiq» rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Fanning tabaqalanishi va integratsiyasi yangi bilim, mutaxassislik sohalarining, yangi axborotlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratib beradi. Masalan, oxirgi 40 yil ichida chop etishlar hajmi 8-10 martaga ko‘paydi, mana shu davr ichida ilmiy-texnik natijalar hisobiga ilmiy-texnik samara 2-3 martaga oshdi7. Barcha ilmiy va ilmiy-texnika axborot turlarida ilmiy va ilmiy-texnik samaralar mavjud to‘plangan samara sifatida namoyon bo‘ladi. Nashrlarda aks ettirilgan axborotning ko‘payishini qo‘llash imkoniyatlari, iste’mol qiymatidan kelgusida foydalanishdan olinadigan samaraga teng. O‘xshash samara fanning dinamik qismi – ilmiy mehnatdan foydalanishdan olingan axborotning ko‘payishida paydo bo‘ladigan ilmiy va ilmiy-texnika natijalarda namoyon bo‘ladi.
Bu ilmiy tadqiqotlarning natijaviyligini baholash uchun bibliometrik ko‘rsatkichlar (nashrlar, havolalar soni, olinadigan patentlar soni)dan foydalanishga asos bo‘la oladi. Bu esa ma’lumotlarni to‘plash osonligi, alohida ilmiy jamoalar bilan taqqoslash uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, AQSHda yetakchi jahon ilmiy jurnallaridagi nashrlar to‘g‘risida axborotlarni o‘z ichiga olgan bibliometrik ma’lumotlar bazasi yaratilgan, doimiy ravishda sitata qilish indekslari hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar ITI natijalarini, maqolaning sifat darajasi va yangilikni to‘liq aks ettirish imkoniyatini bermaydi.
Ko‘plab ilmiy nashrlar fanlararo tavsifga ega, bu esa tegishli ko‘rsatkichlarni hisoblashga qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ITI samaradorligini baholash sifatida bibliometrik ko‘rsatkichlardan foydalanish nashrlar soni sun’iy ravishda ko‘payib ketishiga olib keladi. Ammo, yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklarga qaramay, amali-yotdailmiy faoliyat natijaviyligini baholash uchun ushbu o‘rsatkichlardanfoydalanib kelinmoqda. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, nashrlar soni, ITI moliyalashtirish darajasi va olimlarning ilmiy maqomi o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik mavjud. Ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini tahlil qilish uchun bibliometrik ma’lumotlardan tashqari boshqa miqdoriy ko‘rsaktichlardan foydalaniladi: xalqaro anjumanga taklif etilgan ma’ruzachilar soni, olimlarning migratsiyasi, xorijiy manbalar hisobidan ilmiy tadqiqotlar uchun loyihalarni olish, xorijiy akademiya va ilmiy jamiyatlarda a’zoligi va h.k.
Darhaqiqat, nashr – bu ilmiy mehnatning natijasidir. Biroq nashr etish mezonini chetlagan holda yuqori samarali ilmiy mehnatning natijalaridan foydalanishni ta’minlay oladigan ilmiy-texnik samarani ajratib olishimiz mumkin. Yuqorida izohlanganidek, ushbu samaralarni o‘lchash qiyin, chunki u ko‘plab omillar bilan aniqlanadigan va turli oqibatlarga olib keladigan axborot ko‘payishining negizida yotadi. G.A. Laxtin mamlakat xalq xo‘jaligida mehnat unumdorligi va ilmiy ishchilarning faoliyati o‘rtasidagi aloqadorlikni tadqiq etishga urinib ko‘rgan. Ushbu aloqadorlikni u quyidagicha ifodalagan:


Download 1,42 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Download 1,42 Mb.