|
25-Mavzu. Innovatsiya sam
|
bet | 8/27 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #259634 |
Bog'liq 25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholashInnovatsion loyihaga ta’sir etish sohalar bo‘yicha ilmiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik baholashni ajratib olishimiz mumkin.
Ilmiy-texnik baholash quyidagi savollarga javob berishi lozim. Birinchidan, qabul qilingan texnik qarorlar sanoati rivojlangan
mamlakatlarda zamonaviy texnologik talablarga qanchalik mos keladi, ishlab chiqarishning yangi texnologik ukladiga o‘tishga qanchalik yordam beradi?
Ikkinchidan, loyihaning, uning tarkibiy qismlarining yangilik darajasi va ko‘lami qanaqa, qanday patent bilan himoyalangan intellektual mulki mavjud?
Uchinchidan, loyihada ko‘zda tutilgan texnologiya tamoyillari va texnik jihozlanganligi qanchalik istiqbolga ega, yangi mahsulotni chiqarish qaysi bozor, ichki bozor yoki tashqi (rivojlangan, rivojlanayotgan davlatlar) bozor uchun mo‘ljallangan? Loyihani ilmiy-texnik baholash uchun mahsulot, xizmat, bajarilgan ishlarning texnologiya, uslublaridan foydalanuvchilarni qiziqtiradigan 1-4 asosiy parametrlari tanlab olinish mumkin. Boshqa barcha parametrlari alohida standartlar yoki umumqabul qilingan darajasi doirasida bo‘lishi, ya’ni baholashda chegara sifatida ishtirok etishi lozim.
Loyihaning iqtisodiy baholash unig har bir ishtirokchisining xarajat va natijalarining o‘zaro nisbatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi. Bozor mezonlari – foydani yuqori darajada oshirish va raqobat – loyihani iqtisodiy baholash tarkibida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-vaqt ko‘lamida bozor ehtiyoji va sotish hajmini baholash;
-mahsulot, investitsiyalarning haqiqiy oqimlarini, joriy xarajat, moliyaviy faoliyatini baholash;
-xarajatlar, yalpi va sof daromad hajmlari, ssuda foizlari, inflyatsiya sur’atlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq prognozli narxlarni baholash;
-iqtisodiyot samaradorligini integral ko‘rsatkichini baholash. Asosiy baholash usullaridan tashqari loyihani qo‘shimcha iqtisodiy
baholash, ya’ni resurslardan foydalanishni yaxshilashni baholash ham mavjud. Unga quyidagilar kiradi: mehnat, moddiy, moliyaviy resurslardan, hududning salohiyatidan foydalanishni yaxshilashni baholash; loyihani amalga oshirish chog‘ida shakllanayotgan intellektual mulkni sotishdan tushgan tushumni baholash va boshqa davlat, hududiy, tarmoq manfaatlari hamda xo‘jalik subyektlari manfaatlaridan kelib chiqadigan baholash usullari.
Ijtimoiy baholash ijtimoiy muhitni yaxshilashda loyihaning hissasini va pirovardida – quyidagilarni baholash bilan ifodalanadigan aholining turmush darajasini oshirishni aks ettiradi:
-turmush darajasi – aholi daromadlari (o‘rtacha ish haqi va boshqa to‘lovlar); iste’mol tovar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik; tovar va xizmatlarga bo‘lgan narx va tarif; aholi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulot va xizmatlarini iste’mol qilish; uy-joy va kommunal xizmatlari bilan ta’minlanganlik;
-turmush tarzi – aholi bandligi; kadrlarni tayyorlash (qayta tayyorlash, malakasini oshirishdan o‘tadigan, yangi kasbga ega bo‘ladigan ishchilar soni); aholini ta’lim, madaniyat, san’at, sport obyektlari, maktabgacha muassasalar tarmog‘i bilan ta’minlash, ulardan foydalanish imkoniyati va darajasi; ijtimoiy xavfsizligi (huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kamaytirish);
-sog‘lom hayot kechirish davomiyligi – mehnat sharoitlarini yaxshilash (og‘ir, zararli va xavfli mehnat sharoitlardagi ishchi o‘rinlar sonini kamaytirish (kasbiy kasallanish va ishlab chiqarishda shikastlanish holatlarini kamaytirish); sog‘liqni saqlash sohani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash obyektlari bilan ta’minlash, ularning xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish.
Innovatsion loyihani ijtimoiy baholash ikki turda bo‘lishi mumkin: loyihaning ijtimoiy-maqsadli yo‘nalganligini baholash va loyihaning ijtimoiy oqibatlarini baholash. Birinchi holatda ijtimoiy baholash uning maqsad tarkibiga kiradi, ikkinchi holatda esa – loyihani amalga oshirish natijasida vujudga kelayotgan ikkilamchi, yashirin oqibatlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Innovatsion loyhani ekologik baholash quyidagi baholash turlaridan tarkib topish mumkin:
-tashqi muhitga chiqindilarni tashlash. Baholash xavfli moddalarning REOT (ruxsat etilgan oxirgi to‘yinish) bilan va atrof-muhitga ta’sir etish REOD (ruxsat etilgan oxirgi darajasi) hamda me’yoriy miqdorlarning chegaralari o‘rnatilmagan ko‘rsatkichlar va tasnifiy belgilar bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi va obyektning hududni ekologik sig‘imiga (uning darajasi yangilikni foydalanishga topshirish paytida tushib ketmasligi lozim) ta’siri va ekologik xavf-xatari (innovatsiyalar bilan bog‘liq fojialarning ehtimolligi va darjasi) baholanishi mumkin;
-resurslarni qayta ishlashdagi tutashgan texnologik siklni hisobiga yoki chiqindilarni qayta ishlash tufayli chiqindisiz ishlab chiqarish. Baholash ishlab chiqarishning to‘liq yoki qisman chiqindisiz texnologi-yalarni hamda chiqindilarni foydali ishga sarflash, aylanma suv ta’minotini, kam chiqindi chiqaradigan va chiqindilar chiqmaydigan ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini qayd etadi;
-biosferaga mos texnologiya turiga yaqinlashish – tabiiy resurslarni qayta ishlab chiqarishdan tabiiy, tutashgan ashyo-energetik sikl yoki tabiiy resurslarni qayta ishlash hajmlarini kamaytirishga yaqin bo‘lgan jarayonga o‘tish darajasi nuqtayi nazaridan texnologiyalarni baholash. Baholash loyihada qabul qilingan tabiatdan foydalanish an’anaviy qoidalarini yoki istiqbolda tabiatdan foydalanishning yangi turini yaratish bo‘yicha ustuvor bo‘lgan texnologik o‘zgarishlarni qayd etishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Innovatsion loyihalarni ekologik baholashda ekologik xavfsizlik alohida ahamiyatga ega. Murakkab texnologik tizimlarni yaratish texnogen yuklamasi, ekologik xavfsizligiga xavfi va ekologik xavf-xatarning tez sur’at bilan oshishiga olib keladi. Ushbu vaziyatlarda baxtsiz oqibatlarning ko‘lami mashinali texnika va texnologiyalardan foydalanish natijasidagi baxtsiz oqibatlarga teng emas. Shu bois, murakkab texnik tizimlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, ulardan foydalanish sifatiga, ularning ishonchliligini oshirishga, mehnatni tashkil etish, avariyani bartaraf etish va ularning oqibatlarini barham berishning texnika va texnologiyalar darajasidagi kamchiliklarni avtomatik tarzda to‘sadigan texnik vositalarni yaratishga bo‘lgan talablari tobora oshib bormoqda.
|
| |