25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet5/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

Sof to‘lovlar oqimi va loyihaning samaradorligini
koeffitsiyentini hisoblash

1. Integral ko‘rsatkichlar:


a) sof diskontlangan daromad (NPV) butun hisob-kitob davrida sof to‘lovlarning diskontlangan oqimlarining yig‘indisi bilan hisoblanadi:

bu yerda,  diskont me’yori; Ct sof tolovlarning oqimi. Diskontlash yo‘li bilan kelgusi daromad va xarajatlarning joriy qiymatlari aniqlanadi. Shu bois, diskont me’yorini kapitalning qiymati (cost of capital) deb ataladi, ya’ni uni ko‘pincha investor kapitalining talab qilinadigan unumdorligi bilan aniqlaydi. Diskontning iqtisodiy mohiyati pul mablag‘lardan farqli o‘laroq – belgilangan davrda boy berilgan foyda me’yoridan iborat. Diskontlash koeffitsiyentini investorlarning xohishiga qarab o‘zgartirish mumkin, ammo, bu o‘zgarish xavf-xatar tufayli vujudga kelayotgan yo‘qotishlarni qoplashi lozim. Diskontlashning yuqori koeffitsiyenti, uning kichik koeffitsiyentidan farqli o‘laroq prognoz qilinadigan boshlang‘ich mablag‘larining kirimini kamaytirishni tezlashtiradi. Agar innovatsion loyihaning firma faoliyatini an’anaviy sohasidan ko‘ra, xavf-xatari past deb faraz qilsak, uning odatdagidan ko‘ra, yanada past ko‘rsatkichi olinadi.
Kelgusi pul oqimlarining noaniqligi – diskontni tanlashda asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Agar kelgusi pul oqimlari noaniq bo‘lsa, oddiygina xavfsiz qaytarib olish me’yori 0 (r0 ) bo‘yicha diskontlash lozim bo‘ladi. Agar NPV 0 bolsa, investitsiyalarning rentabelligi diskontlashning minimal koeffitsiyentidan oshadi; agar NPV 0 bo‘lsa, loyihaning rentabelligi minimal me’yoridan past bo‘ladi va loyihadan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Agar muqobil variantlar bo‘lsa, NPV ijobiy miqdorini olish uchun kerak bo‘lgan investitsiya hajmini aniqlashtirish talab etiladi. NPV ning investitsiyaning joriy qiymatiga It I K bo‘lgan nisbati sof diskontlangan daromad koeffitsiyenti deb ataladi va investitsiyalardan tushadigan mablag‘larning diskontlangan me’yoriga teng.




Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,42 Mb.