• 10. 2 -ra s m . Inno v a tsion lo y ihada investitsiy a l a r
  • 25-Mavzu. Innovatsiya sam




    Download 1,42 Mb.
    bet3/27
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #259634
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

    10.1-rasm. Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari
    10.2-rasmda innovatsion loyihani amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha investitsiyalarning taqsimlanishi hamda innovatsion loyiha-larning tayyor bo‘lishi bilan investitsiyalarning (sarmoya qo‘yilma-larning) pul daromadlari, ya’ni foydasiga aylanishi ko‘rsatilgan.
    Endi esa, loyihalarni davom ettirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlarni qabul qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan uning samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini batafsil ko‘rib chiqamiz. Loyihaning samaradorligi xarajatlar va natijalarning nisbatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan tasniflanadi. 10.3-rasmda innovatsion loyihaning samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan.



    10.2-rasm. Innovatsion loyihada investitsiyalar





    10.3-rasm. Innovatsion loyiha samaradorligi ko‘rsatkichlari
    Loyihaning tijorat samaradorligi talab qilinadigan daromadni ta’minlovchi moliyaviy xarajat va natijalarning nisbati bilan aniqlanadi. Tijorat samaradorligi butun loyiha uchun hamda uning ishtirokchilari uchun alohida hisoblanishi mumkin. Bunda t -qadamidagi TSt samarasi sifatida haqiqiy pul oqimlari namoyon bo‘ladi.

    i
    Har bir faoliyat turi doirasida pul oqimlarining kirimi Kp (t) va chiqimi Chp (t) yuzaga keladi. Ularning farqini F (t) deb belgilaymiz:

    bu yerda, i = 1,2,3.
    Haqiqiy pul oqimiga Chp (t) loyihani amalga oshirishning har bir davrda (hisob-kitobning har bir qadamida) investitsion va operatsion faoliyati natijasidan keladigan pul mablag‘larning kirimi va chiqimi o‘rtasidagi ayirmasiga tushuniladi:

    Budjetli samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihani amalga oshirish natijalarining tegishli (davlat, hududiy yoki mahalliy) budjetining daromad va xarajatlariga bo‘lgan ta’sirini aks ettiradi. Loyihada ko‘zda tutilgan davlat va hududiy moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini asoslash uchun qo‘llaniladigan byujetli samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi budjet samarasi hisoblanadi.
    Loyihani amalga oirishning t - qadami uchun budjet samarasi BSt mazkur loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq tegishli budjetning daromadlarining BDt uning xarajatlariga BXt nisbati bilan aniqlanadi:

    Xalq xo‘jaligi iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi butun xalq xo‘jaligi hamda loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan hududlar, tarmoq tashkilotlar manfaatlari nuqtayi nazaridan loyihaning samaradorligini aks ettiradi. Mamlakat iqtisodiyoti darajasida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi hisob-kitobida loyihaning natijalari tarkibiga (qiymat ifodasida) quyidagilar kiradi:
    -yakuniy ishlab chiqarish natijalari (barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni tashqi va ichki bozorlarda sotishdan tushum – mahalliy tashkilot-ishtirokchilar tomonidan iste’mol qilinadigan mahsulotdan tashqari). Bunga loyihani amalga oshirishda ishtirokchilar tomonidan yaratilayotgan mol-mulk va intellektual mulk (ixtiro, nou-xaudan foydalanish uchun litsenziyalar, EHM uchun dasturlar va boshqalar)ni sotishdan tushgan tushum;
    -loyihaning barcha ishtirokchilarining hududlardagi aholi salomatligi, ijtimoiy va ekologik holati;
    -to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy natijalar;
    -xorijiy davlatlar, bank va firmalarning kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari, import bojidan tushgan moliyaviy kirimlar va boshqalar.
    Shuningdek, egri moliyaviy natijalarni hisobga olish ham muhim hisoblanadi. Ular loyihani amalga oshirish bilan shartlangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashqaridagi tashkilot va fuqarolarning daromadlari o‘zgarishi, yer uchastkalar, bino va boshqa mol-mulkning bozor qiymatlari hamda ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar tufayli konservasiya uchun xarajatlar yoki ishlab chiqarish quvvatlarini tugatish, tabiiy resurslar va mol-mulkning yo‘qolishi.
    Qiymat baholashni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydigan ijtimoiy, ekologik, siyosiy va boshqa natijalar mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining qo‘shimcha ko‘rsatkichlari sifatida ifodalanadi hamda loyihalarni amalga oshirish yoki uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilishda inobatga olinadi.
    Loyihalarning xarajatlar tarkibiga loyihada ko‘zda tutilgan va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha ishtirokchilarning joriy xarajatlari kiradi. Innovatsion loyihalarning samaradorligini aniqlashda kutilayotgan xarajat va natijalarni baholash hisobot davri ichida amalga oshiriladi. Uning davomiyligi loyihani yaratish, foydalanish va tugatish davomiyligi, asosiy texnologik uskunaning xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha hisoblangan me’yoriy muddati, investor talablari kabi omillarni hisobga olgan holda qabul qilinadi. Natija va xarajatlarni qiymatini baholash uchun bazisli, jahon, prognoz va hisob-kitobli narxlardan foydalanish mumkin. Bazisli narxlarga muayyan vaqt birligida xalq xo‘jaligida shakllangan narxlar tushuniladi. U yoki bu mahsulot yoki resursning bazisli narxi butun hisobot davri
    davomida o‘zgarmaydigan narx deb hisoblanadi. Loyihaning iqtisodiy samaradorlikni bazisli narxlarda hisoblash, odatda, investitsion imkoniyatlarni texnik-iqtisodiy tadqiqotlar bosqichida amalga oshiriladi. Bazisli, prognoz va hisob-kitobli narxlar so‘mda va turg‘un valutada ifodalanishi mumkin.
    Innovatsion loyihalarning samaradorligini baholashda turli vaqtga mansub ko‘rsatkichlarni tenglashtirish ularni boshlang‘ich bosqichida qiymatga keltirish (diskontlash) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Turli vaqtga mansub xarajat, natija va samarasini qiymatga keltirish uchun diskont me’yori (u investor uchun ma’qul bo‘lgan kapitaldan tushgan daromad normasiga teng) qo‘llaniladi. Loyihani amalga oshirish hisob-kitobining t qadamida o‘rin olgan xarajatlarni, natijalarni va samarani bazisli vaqt makoniga texnik holda keltirishni ularni diskontlash koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshirish qulay hisoblanadi. U doimiy diskont me’yori uchun quyidagicha hisoblanadi:




    Download 1,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1,42 Mb.