25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet14/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.2.4. Iqtisodiy samaradorlik
Innovatsion loyihaning iqtisodiy samaradorligi sarmoya qo‘yilma-larining samaradorligini majmuaviy baholash bilan bevosita bog‘liq, chunki bu vaziyatda loyiha investitsiyalash obyekti sifatida qaraladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish investitsiyalar iqtisodiyotda samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydigan egiluvchan yechimlarini talab qiladi. Samaradorlik nazariyasining eng muhim masalalaridan biri mezonlash yondashuvi hisoblanadi, chunki turli mezonlar mavjud paytda iqtisodiy samaradorlikning turli mos bo‘lgan ko‘rsatkichlari (koeffitsiyentlar) o‘rin olgan. Mezonlash yondashuvi negizida investitsiyalar unumdorligining uch qismli mezonlari yotadi: iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy. Bu samaradorlikni izohlashni bir muncha murakkablashtiradi va dastavval har bir keltirilgan soha uchun maqbul variantlarini aniqlaydigan, so‘ng ularning ma’lumotlarini integratsiyalashga imkoniyat beradigan uslubiyatini talab qiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan sohalarga ta’sirini hisobga olishga nisbatan aniq yondashuvni iloji boricha ko‘rsatkichlarning chegaralangan soniga keltirish kerak. Bu esa, ko‘p omilli masalalarning yechimini bir muncha osonlashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan investitsiyalar hozirgi va o‘tgan mehnat xarajatlari bilan tavsiflanadi. Ushbu konsepsiyaga mos ko‘rsatkichlar (jamg‘arma sarflash hajmi, mehnat sarflash hajmi, materiallarni sarflash hajmi va h.k.) investitsiya samaradorligini yanada oshirishni ta’minlash uchun kamayish tendensiyasiga ega.
Ijtimoiy mezoni kommunal-maishiy mehnat sharoitlarini
yaxshilash, qo‘l mehnati xarajatlarini pasaytirish hamda bir ishchi hisobiga daromadlarning oshishini hisobga oladi.
Ekologik jihati havo, suv, yer resurslarining qurilishida va boshqa sohalarda foydalanishni kamaytirishga qaratilgan (10.3-jadval).
10.3-jadval

Download 1,42 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Download 1,42 Mb.