|
25-Mavzu. Innovatsiya sam
|
bet | 10/27 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #259634 |
Bog'liq 25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash10.4-rasm. Iqtisodiy samaraning Is, ITs va Ts bilan o‘zaro bog‘liqligi
Keltirilgan ma’lumotlar taxminiy hisoblanadi. Ilmiy va ilmiy-texnik ishlarning muayyan natijalari uchun ular aniqlashtirilishi mumkin. Bunda ilmiy samara ilmiy-texnik samarasiga aylanadi, u esa, o‘z navbatida, yangi buyum to‘g‘risida axborot rivojlangani sayin – texnik samarasiga aylanadi. Barcha sanab o‘tilgan samaralar iqtisodiy jihatdan baholanishi mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, «tadqiqot-ishlab chiqarish» (yoki yangi texnikani, yangilikni yaratish jarayoni) sikli bosqichida ilmiy g‘oya qanchalik chuqur tus olsa, samarani shunchalik aniq va to‘liq aniqlash ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Yangi texnikani joriy etish fundamental bilim va ilmiy yutuqlarni moddiylashtirish hamda amaliy foydalanishga o‘tish jarayoni sifatida o‘zining tuzilishi, ichki va tashqi o‘zaro aloqalari bo‘yicha juda murakkab hodisa hisoblanadi va bir qator ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy muammolarni yechish bilan bog‘liq.
«Samara» va «samaradorlik» toifalari iqtisodiy adabiyotlarda doimo qo‘llanib kelinmoqda. Bu atamalar – u yoki bu jarayonlarni tavsiflash uchun eng mashhur belgilardan biri hisoblanadi. Yangi tushunchalar kiritilayotgan hozirgi sharoitda keltirilgan toifalar turg‘un holda joriy etilmoqda. «Iqtisodiyot» o‘zi – samaradorlik, resurslarni samarali foydalanish to‘g‘risidagi fan5. Ammo hozirgi kungacha «samaradorlik» tushunchasining umum qabul qilingan yagona izohi mavjud emas. Har qanday ishlab chiqarish munosabatlarning o‘zgarishi insonlarning bevosita faoliyatida amalga oshiriladi, shu bois ushbu munosabatlarni tavsiflashda inson faoliyati natijalarini e’tiborga olish lozim. Mazkur munosabatlar bir qator bog‘liqlikda aniqlab olinishi mumkin, ishlab chiqarish munosabatlarning o‘zgarish miqdorlari to‘g‘risida fikr yuritishga imkoniyat beradigan muayyan parametrlar sonidan iborat va ularga ega bo‘lishi mumkin. Ulardan bittasi “samaradorlik” toifasi hisoblanadi.
Agar ishlab chiqarish munosabatlarning amaldagi tizimi doimiy rivojlanish holatida turishi deb faraz qilsak, uning holati va parametrlarning dinamikasini vektor bilan ifodalash mumkin. Uning yo‘nalishiga bizning harakatlarimiz natijalari o‘z ta’sirini qanday o‘tkazadi (samaradorlik ijobiymi, yoki salbiymi), uning o‘lchami (vektor o‘lchami) esa – nisbiy miqdor, uning samarasini ko‘rsatib beradi. Hammasi tasnifiy belgilarni berishga harakat qilayotgan parametrga (ushbu harakatlar samaralimi yoki yo‘qmi) nisbatan vektorni qo‘yish nuqtasiga bog‘liq. Samaradorlik (vektor) ishlab chiqarish munosabatlarining o‘zgarish yo‘nalishlarini (ijobiy yoki salbiy) ko‘rsatadi. Samara (vektorning o‘lchami) – rejalashtirilgan yoki olingan natijani ko‘rsatib beradi, natijada alohida ishlab chiqarish munosabatlari va uning natijalarining o‘zgarish yo‘nalishlari hosil bo‘ladi.
Innovatsiyani sotishdan olingan samaraning miqdori bevosita ularning kutilayotgan samaradorligi bilan aniqlanadi. U quyidagi qiymatlar bilan ifodalanadi:
a) mahsulotlar bo‘yicha (tovar assortimentlarning sifatini yaxshilash va oshirish);
b) texnologik (mehnat unumdorligini oshirish va uning sharoitlarini yaxshilash);
d) funksional (boshqaruv samaradorligini oshirish); e) ijtimoiy (turmush sifatini oshirish).
Demak, xaridorlar uchun yangiliklarni iqtisodiy qiymati u yoki bu jalb qilingan resurslarning chegaralanganligi muammosini bartaraf etishga imkon beradigan uning kutilayotgan (prognozlanayotgan) foydasi bilan bevosita aniqlanishi lozim. Innovatsiyalarning qiymati ularning xaridorlari uchun bevosita ularni sotishdagi kutilayotgan foydaliligi bilan bog‘liq. Iqtisodiy ma’noda innovatsiyaning qiymati va foydalilik tushunchalari quyidagilarni sifat va miqdorini o‘zaro bog‘langan holda tahlil qilish bilan tenglashtiriladi:
a) ishlab chiqarilayotgan buyum (mahsulot); b) bajarilayotgan ish (mehnat va vazifa);
d) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarning o‘zgarishi;
e) sotish hajmi, bozordagi ulushi, daromad va amaldagi talab doirasida raqobatbardoshlikning boshqa ko‘rsatkichlari.
Innovatsiyaning samaradorligi yaratilayotgan mahsulot, texnik tizim, tuzilmaning barcha zarur va kutilayotgan foydali samaralarning birligi hisobiga mehnat, vaqt, resurs va pullarning tegishli miqdorni tejashga qobilligi bilan aniqlanadi. «Fan samaradorligi» tushunchasi esa, ilmiy faoliyatni baholash muammolari majmuasiga bir qator jihatlarda keng tarqalgan, ular quyidagilardan iborat: iqtisodiy samaradorlik, ilmiy-texnik darajasi, ijtimoiy samaradorlik va h.k. Hizirgi kunda ITTKI samaralari majmuali yondashuvlariga asoslanadigan tadqiqotlar paydo bo‘ldi. Ularning uchta turi mavjud: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnik va iqtisodiy. Ushbu samaralar o‘zaro muayyan uyg‘unlikka ega va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Shunda ITTKIni sotishdan olinadigan natijalar iqtisodiy, ijtimoiy yoki faqat ilmiy tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy natijani mehnat, moddiy yoki tabiiy resurslarni tejashga olib keladigan yoki qiymat bahosiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, iste’mol va xizmat turlarini ko‘paytirishga imkon beradigan natijaga aytiladi.
Ijtimoiy natijani, odatda, qiymat bahosiga ega bo‘lmagan inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish (salomatlikni yaxshilash, estetik talablarni qondirish va h.k.) uchun xizmat qiladigan natijaga aytiladi. Aksariyat ijtimoiy samarani bevosita yoki bilvosita o‘lchash mumkin emas, bu yerda faqatgina sifat ko‘rsatkichlar bilan cheklanadi. Ijtimoiy yutuqlar qanchalik muhim bo‘lsa, uni integral miqdoriy baholash shunchalik qiyin kechadi. Buning uchun ko‘plab samaralarni (ularning biri faqatgina miqdoriy, ikkinchilari esa taqqoslanmaydigan birlik tizimida o‘lchanadi) qo‘shib olish lozim bo‘ladi. Shu bois, jamoa farovonlik ko‘rsatkichlarining butun yig‘indisini ekspert baholash usulidan foydalanishni qamrab oladigan afzallik shkalasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. 10.4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, FT va ATning natijalari sifatida ilmiy samara mavjud iqtisodiy samara orqali baholanishi mumkin. Ilmiy-texnik samara AT, TKI va UZ natijasi bo‘lishi va kutilayotgan iqtisodiy samara orqali baholanishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, amaliy tadqiqotlar natijalarining 15% mavjud iqtisodiy samara bilan, 85% esa – kutilayotgan (keyinchalik ATdan foydalanish) iqtisodiy samara bilan tavsiflanadi.
Texnik samara xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishdagi TKI ‘zlashtirish natijasida hosil bo‘lib, haqiqiy iqtisodiy samara bilan baholanadi. Xususan, o‘z natijalari 70% haqiqiy iqtisodiy samara bilan, 30% esa – kutilayotgan iqtisodiy samara bilan6 baholash mumkin. Axborotlarning texnik takomillashuvi, yuqorida ta’kidlan-ganidek, parametrlar miqdorining, buyumlar ko‘rsatkichlari o‘sishida ifodalanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, yangi texnikaning samarasi kutilayotgan ilmiy-texnik axborot negizida yotadi. Ko‘rsatilgan samara turlari asosida ularni baholash muammolarini hamda baholash mumkin bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
|
| |