1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
DASTURIY INJINIRING FAKULTETI
BITIRUV ISHINI
BAJARISH VA HIMOYA QILISH
BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMALAR
Toshkent - 2022
2
Mundarija
Kirish
3
1. Bitiruv ishiga qoyiladigan talablar
3
2. Bitiruv ishi mavzusini tasdiqlash tartibi
4
3. Bitiruv ishiga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik
5
4. Bitiruv ishini yozish va rasmiylashtirish
6
5. Bitiruv ishining himoyasi
10
6. Baholash mezoni
11
Foydalanilgan adabiyotlar
12
1-ilova. Bitiruv ishini bajarishning kalendar rejasi
13
2-ilova. Ilmiy rahbar taqrizi
15
3-ilova. Bitiruv ishlarni ilmiy rahbar va talabaning o’zini-o’zi baholash
mezoni
16
4-ilova. Retsenzent taqrizi
18
5-ilova. Bitiruv ish mundarijasini shakllantirish
19
3
KIRISH
Bitiruv ishi (BI)ni bajarish – oliy ta'lim muassasi bakalavriatida talabalagni
o`qitishning yakuniy bosqichi bo`lib, O'zbekiston Respublikasi Davlat atestatsiya
komissiyasi haqidagi Nizomga ko`ra bitiruv malakaviy ishni himoya qilish Davlat
Attestatsiya Komissiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Bitiruv ishni bajarish maqsadi ta'lim bo"yicha nazariy va amaliy bilimlarni
mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab
chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llash; ijodiy ishlash,
ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo`yilish jarayonidan boshlab, uni to`la
nihoyasiga yetkazish bo`yicha qaror qabul qilishda bo`lgan mas'uliyatni his etishga;
o`rgatish; zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning, axborot
texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini
ta'minlash;
Bajarilgan ishning natijalari sifatida tadqiqotda olingan bilimlarni sistemalashtirish,
tahlil qilish, yangi natijalar va qonuniyatiarni shakllantirish tajribasini egallash;
Talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.
Bitiruv ish talaba tomonidan mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlar va
tadqiqiy, amaliy ko`nikmalari negizida bajariladi.
Ushbu metodik qo`llanmada bitiruv malakviy ishlarga bo`lgan umumiy talablar,
bitiruv malakaviy ishga rahbarlik, maslahatchilik qilish, bitiruv malakaviy ishni bajarish,
rasmiylashtirish, bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bo`yicha tavsiyalar berilgan.
Shuningdek, bitiruv malakaviy ishni baholashning umumiy mezonlari berilgan.
Ilova qismida BIni rasmiylashtirish haqida tavsiyalar keltirilgan.
So`ngi ilovada matematik analiz o`quv fanida o`rganilgan materiallar asosida
bajarish mumkin bo`lgan BI mavzulari keltirilgan. Ba'zi mavzular uchun ko`rsatmalar
(rejalar) keltirilgan.
|