• 4.4. Bitirnv malakaviy ishni yozish va rasmiylashtirish
  • Isbot dalil materiallarni saralash




    Download 268,21 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/17
    Sana29.05.2024
    Hajmi268,21 Kb.
    #256402
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Bitiruv Ishi Uslubiy kursatma-2022

    4.3. Isbot dalil materiallarni saralash
    Daliliy materialni to`plash BIni bajarishning eng muhim bosqichlaridan biri. BIni 
    o`z vaqtida va sifatli yozish, ko`p hollarda, faktik material qanchalik to`la va to`g`ri 
    tanlanganiga bog`liq bo`ladi. Shu sababli materialni to`plashdan oldin talaba ilmiy rahbari 
    bilan birgalikda qanday faktik materiallar BI uchun zarurligini, va mumkin bo`lsa, uni 
    amaliyot davrida to`plash bo`yicha maxsus reja tuzish kerak.
    Talaba, agar zarur bo`lsa, malakaviy amaliyot davrlarida statistik materiallar 
    to`plashi, ta'lim muassasi xujjatlaridan kerakli ko`chirmalar olishi, harakatdagi 
    yo`riqnomalar, metodik ko`rsatmalami, me'yoriy xujjatlarni o`rganishi zarur. Talaba 
    to`plangan materiallarni umumlashtirish, uning BMIni tayyorlash uchun ishonchliligini va 
    yetarliligini aniqlashi kerak.
    Mavzu bo`yicha saralangan adabiyotlarni o`rganish va sistemalashtirish, hamda 
    faktik materiallar to`plangan va qayta ishlangandan so`ng BI dastlabki rejasida ba'zi bir 
    o`zgartirishlar kiritilishi mumkin.
    4.4. Bitirnv malakaviy ishni yozish va rasmiylashtirish 
     
    BIda materialning bayoni izchil (ketma-ket) va mantiqiy bo’lishi lozim. Barcha 
    bo’limlari bir-biri bilan bog’langan bolishi kerak. Ayniqsa, bir bobdan ikkinchi bobga, 
    paragrafdan paragrafga, paragraf ichida bir masaladan ikkinchi masalaga o’tgandagi 
    mantiqiy bog’lanishlarga e'tibor berish lozim.
    BI matnini yozishda kirish va birinchi bobdan boshlab, rejaga kiritilgan barcha 
    bolimlarni ketma-ket yoritib chiqish lozim. BIdagi materialning bayoni konkret va 
    amaliyot natijalariga asoslangan bo’lishi, shuningdek olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, 
    tanqidiy ishlab chiqish lozim (5-ilovaga qarang).
    Kirish
    BI ishning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Kirishda tanlangan 
    mavzuning dolzarbligi asoslanadi, qoyilgan masalaning maqsadi va vazifalari belgiianadi, 
    tadqiqot ob'ekti va predmeti shakllantiriladi, tanlangan tadqiqot metodlari ko’rsatiladi, 
    olingan natijalarning muhiroligi (ahamiyati) tavsiflanadi.

    Download 268,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 268,21 Kb.
    Pdf ko'rish