|
Bitiruv ish mavzusini tasdiqlash tartibiBog'liq Bitiruv Ishi Uslubiy kursatma-20222. Bitiruv ish mavzusini tasdiqlash tartibi
BI mavzularini va ilmiy rahbarlarini tanlash dekanat va mutaxassis chiqaruvchi
kafedra mudirlari tomonidan tashkillashtiriladi.
BI mavzulari banki mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tomonidan 3 yilga ishlab
chiqiladi, zarurat bo`lsa har yili yangi mavzular kiritilishi mumkin. Mavzular banki fakultet
ilmiy kengashida tasdiqlanadi. BI mavzular banki dekanat tomonidan uchinchi kurs
talabalariga tarqatiladi.
BI mavzularini talabaga biriktirish kafedra mudirining nomiga talabaning shaxsiy
arizasi bo`yicha amalga oshiriladi. Ilmiy rahbar bilan kelishgan holda mavzuga
o`zgartirishlar kiritish mumkin.
Talabalaming arizasi kafedra majlisida ko`rib chiqiladi va kafedra qarori majiis
bayoni bilan tasdiqlanadi. Kafedra qarorida quyidagilar qayd etiladi: talaba BI mavzusini
uning arizasiga ko`ra tasdiqlash yoki uni o`zgartirish; BI rahbarini va zarurat bo`lsa,
maslahatchini tayinlash. Talabaning arizasi kafedra xujjatlarida saqlanadi. Talabaning BI
mavzusini tasdiqlash va ilmiy rahbarlami tayinlash haqidagi qarori dekanatga beriladi va
talabalarga ma'lum qilinadi. Dekanat kafedralar qarorlarini umumlashtiradi, uni fakultet
ilmiy kengashida ko`rib chiqadi va rektoratda tasdiqlashga tayyorlaydi. BI rahbarini
o`zgartirish rektor roziligi bilan himoyaga kamida 3 oy qolganga qadar amalga oshirish
mumkin.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra metodik ko`rsatmalar ishlab chiqadi, bunda
kafedraning xususiyatini hisobga olgan holda BI ning majburiy talablari ko`rsatiladi. Bu
metodik ko`rsatmalar talabalar BI ni bajarishga kirishmasdan oldin talabalarga yetkaziladi.
Odatda, talabalar BI ni universitetda, ularga zaruriy sharoitlarni yaratilgan holda, bajaradi.
Alohida hollarda BI boshqa ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ham bajarilishi
mumkin.
Universitet rektori fakultet dekani taklifiga ko`ra talabalarning BI mavzusini
tasdiqlash, ilmiy rahbarlar va maslahatchilarni tayinlash haqida I buyruq chiqaradi.
|
| |