|
Jadvallar, rasmlar, grafiklarni rasmiylashtirish qoidalariBog'liq Bitiruv Ishi Uslubiy kursatma-20224.5.3. Jadvallar, rasmlar, grafiklarni rasmiylashtirish qoidalari
Jadvallar va rasmlar BI matnida nomlanishi va ketma-ket nomerlanishi
(masalan 1-jadval, 1-rasm) iozim. Jadvalning tartib nomeri uning nomlanishining tepasida
o’ng yuqori burchakda yoziladi.
Rasmning tartib nomeri va uning nomlanishi rasmning ostiga yoziladi. Boshqa
adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanganda, turli mualliflar fikrini keltirganda
ularga mos havolalar berilishi, adabiyotlar ishning so’ngida berilishi lozim. BIga kiritilgan
nafaqat sitatalar, balki adabiyotiardan olingan muhim holatlar olingan manbalarga
havola , berilishi kerak.
4.5.4. Foydaianilgan adabiyotlar royxatini rasmiylashtirish qoidalari
Foydalanilgan adabiyotlarni ishning so’ngida yagona royxatda berish tavsiya etiladi.
Royxat albatta nomerlangan bo’lishi kerak. Har bir manba royxatda bir marta keltiriladi.
Rasmiy hujjatlar (Konstitutsiya; Qonunlar; Prezident farmonlari; Xukumat
qarorlari; boshqa normativ aktlar (xatlar, buyraqlar va boshq.). har bir guruh ichida
hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi.
Xorijiy (rus) tilidagi adabiyotlar royxat so’ngida, alohida harfiy qator tashkil qilgan
holda yoziladi.
Har bir hujjat uchun quyidagi biografik tavsifnoma keltirilishi kerak: muallif
familiyasi, ismi, sharifi; nomi; mavzu ostidagi ma'lumotnoma (darslik, o’quv qo’llanma va
boshq.); chiqishi haqida ma'Iumot (nashrdan chiqish vaqti, nashriyot, nashr yili); miqdoriy
tavsifnoma (kitobdagi umumiy varaqlar soni).
4.6.6. Foydalangan adabiyot manbalariga ko’rsatmalar berish qoidalari
Manbalardan va adabiyotlardan olingan sitatalar ma'lum muammo (masala)
yuzasidan o"z fikrini tasdiqlash maqsadida keltiriladi. Sitatalar matn jihatdan to’g’ri va
timoqchalar orasida yozilishi lozim. Agar sitataga matnning qismi, ya'ni frazaning
boshidan emas yoki sitata qilinayotgan matn ichida qoldirgan joylar bolsa, qoldirilgan
joylar kop (uchta) nuqta orqali belgilanadi. Matnda sitata olingan manba albatta
ko’rsatilishi shart.
|
| |