8
BIning metodik qismida faktik materiallarni-dastlabki axborotlar va ularga ishlov
berish (kuzatish, taqqoslash, Mchash, eksperiment, abstraktlashtirish, analiz va sintez,
induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktdan konkretga otish va boshq.)
metodlarini tavsiflash nazarda tutiladi.
BI asosiy qismining boblarida tadqiqot natijalari batavsil qaraladi va
umumlashtiriladi. Asosiy qismning boblari mazmuni mavzuga aniq mos bo’lishi va uni
to’liq ochib berishi kerak. Bu boblar muallifning materialni qisqa, mantiqan va dalilliy
bayon qilish ko’nikmasini ko’rsatishi lozim.
Ishda qoyilgan masalani yechish uchun zarur bo’lmagan barcha. materiallar ilovada
keitiriladi.
Xulosa
qismida BIda olingan natijalarning ishning kirish qismida qo'yilgan va
shakllantirilgan umumiy maqsadlar va konkret masalalar bilan muvofiqligi mantiqan qat'iy
bayon qilinadi.
Kalendar rejada (kalendar rejani rasmiylashtirish namunasi 1-ilovada berilgan)
ko’rsatilgan muddatlarda ishning tugallangan boblari ilmiy rahbarga topshiriladi.
Tekshirilgan boblar ilmiy rahbardan olingan ko’rsatmalar boyicha qayta ishlanadi,
shundan so’ng talaba ishni rasmiylashtirishga kirishadi.