9
4.5.2. Harfiy abbreviaturalarni (qisqartmalarni) yozish tartibi
BI matnida umum qabul qilingan harfiy qisqartmalardan tashqari muallif tomonidan
kiritiladigan harfiy qisqartmalar ham foydalaniladi. Harfiy qisqartmalar ma'lum bilim
sohasidagi biror tushunchani qisqacha tushuntirishga, belgilashga xizmat qiladi. Odatda,
bunday qisqartmalar dastlab to’liq yozgandan so’ng qavs ichida keltiriladi va kelgusida
qisqa shaklda foydalanilaveradi. Masalan: akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (AL va
KHK).