4. Bitiruv ishini yozish va rasmiylashtirish
4.1. Bitiruv ish rejasining tuzish
Bitiruv ishini (BI) bajarish rejasi talaba tomonidan ilmiy rahbari ishtirokida tuziladi.
Ish rejaning dastlabki varianti ishning asosiy g`oyasini aks ettirishi kerak. Ish
rejasining dastlabki variantida alohida boblarining mazmunini aniqlash va boblar nomini
aniqlashtirish lozim; har bir bob mazmunini puxta o`ylash va unda qaraladigan masalalar
ketma-ketligini paragraflar sifatida belgilab olish zarur. BI ning dastlabki ish rejasi mavzu
kafedrada tasdiqlangandan so`ng bir oy ichida tuzilishi kerak.
6
BIning ish rejasi egiluvchan bo`lishi lozim. o`rganilayotgan muammo bilan batavsil
tanishish natijasida, yoki rejada ajratilgan mustaqil bo`limlar bo`yicha yetarlicha
materiallarning mavjud bo`lmasligi, yoki aksincha nazariy va amaliy ahamiyatga ega
bolgan yangi ma'lumotlarning paydo bo`lishi tufayli ish rejasida o`zgarishlar yuz berishi
mumkin. BI rejasidagi barcha o`zgartirishlar ilmiy rahbar bilan kelishilishi shart. BIning
asosiy rejasi ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanadi va ishning mundarijasi bo`lib xizmat
qiladi.
4.2. Materiallarni saralash, tahlil qilish va umumlashtirish Tanlangan mavzu
boyicha adabiyotlarni saralash va tanishish
Adabiyotlarni saralashni BI mavzusini tanlagandan so`ng darhol boshlash zarur.
Adabiyotlarni saralashda Universitet axborot resurs markazidagi, fanlar
akademiyasi, ixtiyoriy kutubxonalardagi predmetli-tematik kataloglar va bibliografik
ma'lumotnomalarga, hamda Internetdan foydalanish zarur.
Tanlangan mavzu bo`yicha adabiyotlarni o`rganishni BI da qaralayotgan asosiy
masalalar haqida umumiy tasavvurga ega bolish va keyinchalik yangi materiallarni izlash
maqsadida umumiy masalalardan boshlash lozim.
Adabiyotlarni o`rganganda quyidagi tavsiyalarga rioya qilgan ma'qul:
-
adabiyotlarni o`rganishni qaralayotgan masalaning nazariy jihatlarini ochib
beradigan adabiyotlardan (monografiya, jurnal maqolalari), keyin esa metodik
materialiardan foydalanish;
-
adabiyot
manbalarini
talaba
tomonidan
sinchiklab
o`rganish,
ularni
konspektlashtirish va sistemalashtirishdan iborat Konspekt xarakteri berilgan materialni
ishda foydalanish imkoniyati bilan aniqlanadi (ko`chirma, sitata, adabiy manba mazmuni
qisqa bayoni, yoki faktik materialni tavsifi); tanlangan ma'lumotlarni BI rejasida
belgilangan asosiy bo`limlar bo`yicha sistemalashtirish zarur;
-
adabiyotni o`rganishda undagi barcha axborotni o`zlashtirishga harakat qilmaslik
kerak, balki ish mavzusiga bevosita taalluqli axborotni saralab olish kerak; o`qiganni
baholash mezoni sifatida uni BIni bajarishda amalda qo`llash (foydalanish) hisoblanadi;
-
adabiyot manbalarini o`rganayotganda ko`chirmalarni rasmiylashtirishga alohida
e'tibor berish kerak, chunki bu holda ko`chirmalardan kelajakda foydalanish oson bo`ladi;
-
asosiy manbalarga (ilmiy jurnallarga) ko`rsatma berish kerak; - materiallar qaerdan
olinganligini aniq ko`rsatish zarur.
Daliliy materiallarning maxsus shakli bu sitatalardir. Ular muallifhing fikrmi aniq
berishda, turli nuqtai nazarlarni solishtirishda va boshq. foydalaniladi; sitatalar mazmuniga
tayangan holda o`rganilayotgan masalani ob`ektiv tavsiflash uchun zarur bo`lgan ishonchli
isbotlar sistemasini yaratish mumkin; sitatalar ishning alohida holatlarini tasdiqlashda
ishlatilishi mumkin; barcha hollarda foydalanilayotgan sitatalar soni optimal bo`lishi
kerak, ya'ni mavzuni ishlab chiqish ehtiyoji bilan aniqlanishi kerak, sitatalarni keragida
ko`p keltirish kerak emas, u muallifning o`z nuqtai nazarining zaifiigi kabi qabul qilinishi
mumkin.
|