|
Bitiruv ishiga Ilmiy rahbarlik va maslahatchilikBog'liq Bitiruv Ishi Uslubiy kursatma-20223. Bitiruv ishiga Ilmiy rahbarlik va maslahatchilik
BI ilmiy rahbari majburiyatlari:
-
talabaga BI mavzusini tanlashda va uni bajarish rejasini tuzishda yordam
berish;
-
tadqiqotni olib borish metodlarini tanlashda yordam berish;
-
adabiyotlarni va faktik materiallami saralashda maslahatlar berish;
-
ishlab chiqilgan reja asosida BI bajarilishini sistemali nazorat qilish va bu haqida
kafedra majlislarida malumot berib borish;
-
BI ni bajarish sifatini unga qo`yilgan talablar bo`yicha baholash (ilmiy rahbar
taqrizi);
-
talabaning himoyaga tayyorligini tekshirish maqsadida dastlabki himoyani
o`tkazish.
BI rahbari talaba bajargan malakaviy ishning sifati va mustaqil bajarilganligiga
javob beradi, mavzulaming takrorlanishiga yoki ko`chirilishiga yo`l qo`ymaydi.
BI rahbarlikni universitet professorlari, dotsentlari, shtatdagi yoki o`rindoshlik
asosda ishlayotgan fan doktorlari yoki fan nomzodlari amalga oshiradi. Bir nafar rahbar
ko`pi bilan yettita talabaga rahbarlik qilishi mumkin. Ilmiy unvonga ega bo`lgan ilmiy
tadqiqot institutlari hodimlari, boshqa oliy ta'lim muassasidagi turdosh kafedraning yuqori
malakali professor - o`qituvchilari ham BIga rahbarlik qilishi mumkin.
BIning ilmiy rahbari BI tayyorlanishi, yozilishihing barcha bosqichlarini himoyaga
qadar nazorat qiladi. BI yozuvchi talaba
belgilangan jadval asosida rahbarga bajarilgan ishlar haqida hisobotlar taqdim etadi.
Ilmiy rahbar mavzu bo`yicha kerakli adabiyotlarni, ma'Iumotlarni taklif qiladi;
jadval asosida sistemali ravishda maslahatlar beradi; talabaga ishning mazmuni va uni
rasmiylashtirish bo
ʻ
yicha maslahatlar beradi; talabaning o`rnatilgan grafik asosida
ishlayotganligi yoki ishlamayotganligi haqida kafedra majlislarida axborot beradi; ishni
himoyaga taqdim etish uchun rozilik beradi.
BI ning ma'lum boʻlimlari bo`yicha maslahatchilar tayinlanishi mumkin.
Maslahatchi etib oliy taʻim muassasalarining professorlari va dotsentlari hamda ilmiy
tekshirish instituti ilmiy hodimlari tayinlanishi mumkin. Ular talaba bajargan ishning
muvofiq qismini tekshiradilar.
|
| |