|
Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ish hujjatlari
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 338,08 Kb. | | #230449 |
Bog'liq 3mavzu
` ```
Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ish hujjatlari
05-01. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyuldagi 1-MH-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” va O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. 8O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” qo’llanmasi har bir tarbiyachi ishlayotgan guruh yoshiga mos ravishda ta’minlangan bo’lishi shart.05-02. Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali). Jurnalning titul varag’idan keyingi betda tavsiyalar joylashtirilgan bo’lib, tarbiyachi bu tavsiyalardan faoliyati davomida foydalanishi mumkin. Keyingi sahifada joriy o’quv yilida o’z oldiga qo’ygan asosiy vazifalari yoritiladi. Asosiy vazifalar tashkilotning dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda olinadi. Undan tarbiyachi o’zining pedagogik salohiyatini oshirish uchun amalga oshirmoqchi bo’lgan, markazlar faoliyatini boyitishga qaratilgan, zamonaviy jihozlash, rejalashtirilgan tadbirlar, ota-onalar, pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlari yoritiladi.Guruh yoshiga va MTTning ish vaqtiga qarab, kun tartibi belgilanadi. Bir oy uchun 2 ta ertalabki badan tarbiya komplekslari rejalashtirilib, 1-15 sanagacha predmetsiz mashqlar 16-31 sanalarda predmetlar bilan ertalabki badan tarbiya mashqlari bajarishga e’tibor qaratilishi lozim. Ertalabki badan tarbiya mashqlarini alohida daftarga yozib borish yoki oldindan kartotekalar tayyorlab olish maqsadga muvofiq.Keyingi varaqlarda tarbiyachining ta’limiy va tarbiyaviy faoliyati aks ettirilib, hafta mavzusi, davri ko’rsatiladi. Ertalabki doirada bolalar bilan olib boriladigan qabul, suhbat, o’yinlar, ertalabki badan tarbiya kompleksining tartib raqami kiritiladi.Markazlardagi faoliyatlarga o’zgartirish kiritilgan taqdirda, o’sha markaz nomi va mavzu, unga kerakli jihozlar yoziladi. Markazlardagi faoliyatlar o’zgarmagan holatlarda bu joy bo’sh qoladi.Umumiy guruh bo’lib ishlash-bu frontal mashg’ulot bo’lib, unga nutq o’stirish, matematika, savodga o’rgatish, ingliz, rus va o’zbek tillari, jismoniy tarbiya hamda musiqa mashg’ulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxasislar bilan kelishilgan holda ushbu frontal mashg’ulotlarni o’tish vaqti belgilanadi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.Yosh tarbiyachilarga frontal mashg’ulotlarni to’liq ochib yozish tajribaga ega bo’lgan tarbiyachilarga esa frontal mashg’ulotlarni tezis sifatida yoritib berish mumkin. Frontal mashg’ulotni yozish daftari rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi.Ish jurnalining sayr bo’limi besh qismdan iborat. Bu qismlarda tarbiyachi eng avvalo, kuzatilayotgan ob’ektni yoritishi, ob’ektga mos bo’lgan mehnat turini, harakatli o’yin, ixtiyoriy o’yinlarni rejalashtiradi. Tarbiyachi bolalarni ixtiyoriy o’yinga jalb qilgan vaqtda, asosiy harakat turlarini mustahkamlashga muhtoj bo’lgan bolalar bilan ishlaydi va ularda sakrash, yugurish, tirmashib chiqish, uloqtirish, irg’itish, turli usullarda yurish va boshqa harakatlar bo’yicha olgan malakalarini mustahkamlaydi.Ish jurnalidagi kunning ikkinchi bo’limi bolalar bilan yakka ishlash, badiiy adabiyotlar, o’yin va faoliyatlar qismlarga bo’lingan bo’lib, unda tarbiyachi bolalar bilan qaysi mavzuda yakka ishlashini, o’qib beriladigan, sahnalashtiriladigan, hikoya qilib beriladigan, yod olinadigan asarlar nomini, syujetli-qoidali, ta’limiy, stol ustida o’ynaladigan, rivojlantiruvchi o’yinlar, tug’ilgan kunlar, uchrashuvlar, qo’g’irchoq teatrlari, to’garaklar va boshqa ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlar rejalashtiriladi.Kechki sayrda esa tarbiyachi kuzatish, ixtiyoriy o’yinlar, ota-onalar bilan suhbat qismlarini rejalashtiradi. Jurnalning davomida bolalar faoliyatini tashkil etishdagi o’zgarishlar bo’limi kiritilgan bo’lib, unda tarbiyachi kun davomidagi faoliyatlarda o’zgartirishlar kiritgan bo’lsa, bu haqda albatta ma’lumot yozib qo’yadi. Masalan, kun sovuq bo’lgani uchun rejalashtirilgan sayohatning o’tkazilmaganligi.Ish jurnalida “Hafta yakuni” bo’limi bo’lib, u 4 qismdan iborat:-“Bolalar ilgari nimani bilishar edi?”-bu savolga tarbiyachi hafta davomida berilayotgan mavzular haqida bolalarning qanchalik tushunchalari borligini yozadi;“Bolalar nimani bilishdi?”-savoliga tarbiyachi hafta davomida bolalar tomonidan markazlar va umumiy guruhlarda ishlash jarayonlarida olgan yangiliklarini yozadi;-“Bolalar nimani bilishni xohlaydilar?”-bu savolga tarbiyachi bolalarda hosil bo’lgan savollar, qiziqishlardan kelib chiqqan holdagi mavzularni kiritadi;“Kelgusi haftaga g’oyalar”-da esa tarbiyachi bolalarning qiziqishlari va xohishlari asosida tashkil etiladigan faoliyatlarni yozadi.Ish jurnalidagi haftalik ish rejasining so’ngida rejaning qay holatda yozilganligi bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyatining tavsiya va ko’rsatmalari beriladi. Bu tarbiyachiga kelgusi hafta ish rejasini tuzishda metodik yordam hisoblanadi.
Ish jurnali maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan, imzolangan, tikilgan, muhrlangan bo’lishi shart.
Quyida ish jurnalidan namuna berilgan.
ESSE
Ish xujjatlari haqida umumiy tushuncha.
|
| |