10
hisobot materiallaridan ko’chirmalar; yo’riqnomalar, qoidalar, Nizomlardan alohida
ko’chirmalar. Ilovalar shaklan matn, jadval, xarita va boshq. ko’ rinishda berilishi mumkin.
Ilovalarga foydalanilgan adabiyotlarni kiritish mumkin emas.
Ilovalar BI davomi
sifatida uning so’ngi varaqlarida keltiriladi. Har bir Ilova yangi betdan boshlanishi va
yuqori o’ng burchakda "Ilova" so’zi va ilovaning nomlanishi keltirilishi kerak. Ilovalar
ikkitadan ortiq bo’lganda ularni arab raqamlari bilan nomerlash kerak. Asosiy matnning
ilovalar bilan aloqasi havola orqali o’rnatiladi (masalan,
qarang 4-ilova).
Har bir ilova
odatda mustaqil ahamiyatga ega va asosiy matnga bog’liq bo’hnagan
holda foydalanish
mumkin. Ishning mundarijasida har bir ilova nomlanishi bilan alohida keltiriladi.
5. Biriruv ishining himoyasi
5.1. Bitiruv ishini himoyaga tayyorlash
Tugallangan va yuqoridagi talablarga mos ravishda rasmiylashtirilgan bitiruv
malakaviy ish talaba va maslahatchi tomonidan imzolanadi va himoyagacha to’rt hafta
qolgunga qadar ilmiy rahbarga beriladi. Ilmiy rahbar ishga yozma taqriz beradi va uni
imzolaydi. Ko’rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan bitiruv malakaviy ish himoyaga
qoyilmaydi.
Ilmiy rahbarning taqrizi.
Ilmiy rahbar BIning so’ngi variantini olgandan so’ng
kafedra eksperti sifatida bir hafta ichida yozma taqriz tayyorlaydi. Taqrizda ishning sifatini
har
tomonloma baholaydi, ijobiy tomonlarini ko’rsatadi, oldin ko’rsatilgan va talaba
tomonidan tuzatihnagan kamchiliklarga e'tibor beradi, BIni Davlat attestatsiya komissiyasi
(DAK) himoyaga qoyish yoki qoymaslikni asoslaydi. Ilmiy rahbar taqrizida ishni
tasdiqlangan rejaga mos bajarilganligiga, vijdonliliga e'tibor beradi, mustaqil bajarganlik,
faollik darajasini aniqlaydi, taiabaning BIni bajarishga
ijodiy yondashganligini, BIning
talablarga javob berish darajasini aniqlaydi, baho beradi. Taqriz namunasi 2-ilovada,
baholash mezoni 3-ilovada keltirilgan.
Ilmiy rahbarning yozma xulosasi va muqovalangan ish kafedra mudiriga muhokama
uchun beriladi. Kafedra mudiri BI ga qoyiladigan majburiy talablarga mosligini tekshiradi.
Agar kafedra mudiri ilmiy rahbar taqrizi mazmunidan va ishni rasmiylashtirishdagi
kamchiliklardan kelib chiqqan holda talabani BIni DAKda himoyaga qoyish mumkin emas
deb hisoblasa, u holda bu masala kafedra majlisida ilmiy rahbar va talabaning ishtirokida
muhokama qilinishi kerak. Kafedra qarori o’quv ishlar boyicha prorektorga taqdim etiladi.
BI lar majburiy ravishda taqrizga beriladi.
To’liq rasmiylashtirilgan, himoyaga tavsiya etilgan BI taqrizga yuboriladi.
Taqriz,
Taqrizda taqrizlanayotgan ishning mohiyati va asosiy holatlariga malakali
tahlil
berilishi, tanlangan mavzuning dolzarbligining bahosi, uni yoritib berishdagi
mustaqil yondashuvi, muallifning o’z nuqtai nazarining mavjudligi, axborotlami to’plash
va qayta ishlash metodlaridan foydalanish ko’nikmasi, xulosa va takliflarning
asoslanganlik
darajasi, olingan natijalarning ishonchliligi, ulaming yangiligi va amaliy
ahamiyati ko’rsatilishi lozim. Ishning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda uning
kamchiliklari, xususan bayonining mantiqiyligidan
chetga chiqishi, materialni savodli
bayon qilinishidagi kamchiliklar, faktik xatolar aniqlanadi. Xulosa qismida taqrizcbi
11
BI ninig umumiy darajasi haqida o’z fikrini bayon qiladi va uni baholaydi, shundan so’ng
ishning titul varag’iga imzo qoyadi. Taqriz hajmi bir betdan uch betgacha bo’lishi lozim.
Retsenzentning taqrizi Silovaga mos rasmiylashtirilishi lozim. Taqriz himoyaga kamida
uch kun qolgangacha taqdim etilishi zarur.
Retsenzentdan ijobiy taqriz olgandan so’ng kafedra ishni DAKga beradi.