• Darsning ta’limiy maqsadi
  • Dars turi
  • O’tilgan mavzuni mustahkamlash
  • HUJJATNING KO‘RINISHLARI
  • MATN YOZISH QOIDALARI
  • «Defis»
  • Qavs, tutuq belgisi yoki qo‘shtirnoq
  • Daqiqa: 45 Mavzu: Wordda matn yozish qoidalari. Darsning shiori




    Download 1,06 Mb.
    Sana27.12.2019
    Hajmi1,06 Mb.
    #5739

    Sana:

    Fan: Informatika



    Sinf: 6 (14 o’quvchi)

    Daqiqa: 45

    Mavzu: Wordda matn yozish qoidalari.

    Darsning shiori: Doimo olg’a intilish

    Darsning maqsadi: Word matn protsessorida matn yozish qoidalari to’grisida ma’lumot berish.

    Darsning ta’limiy maqsadi: Wordda matn yozish qoidalari, Hujjatning ko’rinishlari, hujjat bo’yicha harakatlasnish haqida bilim va ko’nikma hosil qilish.

    Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarni yangi bilim egallashga va doimo tartib intizomga rioya qilishga o’rgatish.

    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O’quvchilarni kompyuterdan foydalana olish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

    Dars turi: yangi bilim berish, ma’ruza va amaliyot uyg’unligi.

    Dars metodi: Interfaol (“Kayfiyat” mashqi, “Islom Xo’ja minorasi”, “Zinama – zina” , “Tez-test”, “Imkoniyat” usullari)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Proektor, darsga oid taqdimot, “Islom Xo’ja minorasi” tasviri tushirilgan plakat, rag’bat kartochkalari.

    Darsning texnologik xaritasi:



    Darsning bosqichlari

    Bajariladigan ishlar

    Vaqt

    Usullar



    Tashkiliy qism

    Salomlashish, davomat aniqlash, sinf xonasini darsga tayyorligi va tozaligini ko’zdan kechirish. O’qituvchi va o‘quvchi o’rtasidagi iliq munosabatni vujudga keltirish

    3 daqiqa

    “Kayfiyat” mashqi



    O’tilgan mavzuni takrorlash va uyga berilgan vazifani tekshirish

    O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni tabaqalashgan tarzda savol beriladi, javoblar “Islom Xo’ja minorasi” tasviri tushirilgan plakatga “g’ishtlar” terishadi.

    7 daqiqa

    “Islom Xo’ja minorasi” usuli



    Yangi mavzu bayoni

    Yangi mavzu bayoni o’quvchilarga yangi tushuncha berish va amaliyot uyg’unligida olib boriladi.

    15 daqiqa

    “Zinama –zina” usuli



    Yangi mavzuni mustahkamlash.

    O’quvchilar juftliklarga ajratiladi va test jadvali asosida yangi mavzuni mustahkamlaydilar.

    10 daqiqa

    “Tez-test” usuli



    O’quvchilarni baholash

    O’quvchilar dars jarayonida jamlab borgan rag’bat kartochkalari asosida 5 ballik reyting asosida baholanadi. Ballari yetmagan o’quvchilarga imkoniyat beriladi.

    7 daqiqa

    “Imkoniyat” usuli



    Uyga vazifa berish

    O’quvchilar ismini va olgan baholarini 5x5 to’g’ri to’rtburchakli jadvalda tasvirlash va 10 ta test tuzish

    3 daqiqa

    Mustaqil

    Darsning borishi.



    1. Tashkiliy qism:

    1. O’quvchilar bilan salomlashish

    2. Davomat aniqlash

    3. Sinf xonasini darsga tayyorligini va tozaligini ko’zdan kechirish.

    O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi iliq munosabatni vujudga keltirish uchun “Kayfiyat” mashqida foydalaniladi. Bunda o’quvchilar ismini aytib, ismining bosh harfi bilan boshlanadigan insoniylik sifatlarini aytishadi. (Ona tili fani bilan bog’lagan holda)

    Masalan:Oybek – oliyjanob, Rustam – rostgo’y …



    1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Bunda “Islom Xo’ja minorasi” usulidan foydalaniladi. Bu usulda minora pastdan yuqoriga tamon qisqarib borganligi sababli savollar ham soddalashib boradi. Bu barcha o’quvchilarning faollashishiga olib keladi. Savollar tabaqalashgan tarzda olib boriladi va rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantiriladi. Savollar slayd ko’rinishida namayon bo’ladi va har bir to’g’ri javobga asosan “Islom Xo’ja minorasi” tushirilgan plakatga “g’ishtlar” terilib boriladi. “G’ishtlar” terilgandan so’ng minora to’liq aks etadi.



      Savollar

      1

      Matn muharrirlariga nisbatan matn protsessorlarining afzalligi nimada?

      2

      Word interfeysi nimalardan iborat

      3

      Wordda matn protsseroning sarlavha satrida nimalar aks etadi.

      4

      Word dasturida saqlangan hujjat qaysi papkada joylashadi.

      5

      Sahifa chetidagi toza saqlanadigan qism nima deb ataladi.

    2. Yangi mavzu bayoni:

    Bunda “Zinama- zina” usulidan foydalaniladi. Chunki o’quvchilarga yangi bilim berib qo’lmay ularni amalda ham topshiriqlar asosida bajartirib boriladi. Bunda barcha o’quvchilarni qatnashishi ko’zda tutilgan.

    HUJJATNING KO‘RINISHLARI

    Word matn muharriri hujjatni tayyorlash maqsadidan kelib chiqib, uning quyidagi ko‘rinishlarini tavsiya etadi.





    Oddiy ( ) holat matnni kiritish, tahrir qilish va formatlash uchun mo‘ljallangan. Bu holatda sahifa hoshiyalari, rasmlar ko‘rinmaydi. Bu holatdan matnning mazmuni ko‘proq ahamiyatli bo‘lganda foydalaniladi.

    Web-hujjat ( ) holati matnni Internet dasturlarida (masalan, Windows tarkibidagi Internet Explorerda) ko‘rsatish uchun tayyorlanganda foydalanishga qulay. Bu holatda fon, rasmlar va matn Internet sahifasidagi ko‘rinishda aks etadi.

    Sahifa () holati (A-rasm). Bu holatda hujjat alohida sahifalar ko‘rinishida aks etadi. Odatda, bu ko‘rinishda vertical va gorizontal chizg‘ichlar aks etib turadi.

    Struktura ( ) holati (B-rasm) matn tarkibini ko‘rib turish, matn qismlarini nusxalash, ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan matnni qayta tashkil etishda ishlatiladi.

    O‘qish ( ) holati hujjatni ekranda o‘qish uchun juda qulay. Bu holatda uskunalarning ba’zi panellari aks etmasligi mumkin.

    To‘liq ekran ( ) holati hujjatni ekranda ko‘zni charchatmasdan ko‘rib chiqish uchun qulay. Bu holatda hujjat sahifasining o‘lchamlari ekran o‘lchamlariga mos o‘zgaradi va ekranda faqat sahifa aks etadi.

    MATN YOZISH QOIDALARI

    Wordda matn yozganda quyidagilarni bilish maqsadga muvofiq:

    • Barcha matn muharrirlarida bo‘lgani kabi Wordda ham matnning bir satrga sig‘magan qismi yangi satrga avtomatik tarzda ko‘chadi.

    Yangi abzasga o‘tish uchun Enter klavishini bosish zarur.

    • Har qanday tinish belgisidan keyin probel (bo‘sh joy) klavishi bosilishi shart, tinish belgisidan oldin probel bosilmaydi.

    «Qat’iy probel»ni joylashtirish uchun Ctrl , Shift , probel klavishlari birgalikda bosiladi. Qat’iy tire satr oxirida yozilgan probel qatnashgan jumla (masalan, N. Solihova) ajralib qolmasligi uchun, ya’ni bir satrda joylashishi shart bo‘lganda ishlatiladi.

    «Defis» (-) belgisi probellarsiz yoziladi, masalan: qovuntarvuz.

    «Uzun tire» (–) ikki tomondan probellar bilan ajratiladi. Uni yozish uchun Ctrl , Alt va yordamchi klavishlar majmuyidan «uzun tire» klavishlari birgalikda bosiladi.

    «Qat’iy tire»ni yozish uchun Ctrl , Shift va – klavishlari birgalikda bosiladi. Qat’iy tire satr oxirida yozilgan defis qatnashgan so‘z (masalan, 5-sinf) ajralib qolmasligi uchun, ya’ni bir satrda joylashishi shart bo‘lganda ishlatiladi.

    Qavs, tutuq belgisi yoki qo‘shtirnoq ichiga olingan so‘zlar ulardan probellar bilan ajratilmaydi, masalan: «Windows XP».

    Rim raqamlarini yozish uchun I, V, X, L, C, M kabi bosh harflardan foydalaniladi.


    1. Yangi mavzuni mustahkamlash:

    “Tez - test” usuludan foydalanaman. O’quvchilar juftliklarga ajratilib test ko’rinishidagi jadval tarqatiladi va o’quvchilarga qanday qilib ishlash tushuntiriladi. Test natijalarini o’quvchilar boshqa juftlikka baholashi uchun almashadilar. Slaydda to’g’ri javob ko’rsatiladi.

    Tez-test” usuli

    O’quvchilar ismi __________________ ___________________




    Enter

    Oddiy holat

    Sahifa holati

    O’qish holati

    Hujjatni ekranda o’qish uchun qulay holat













    Vertikal va gorizantal chiziqlarni aks ettirib turuvchi holat













    matn kiritish, tahrir qilish va formatlash uchun mo‘ljallangan holat.













    Yangi abzasga o’tish uchun qaysi klavishni bosish kerak.













    Tez-test” usuli



    O’quvchilar ismi __________________ ___________________




    Enter

    Oddiy holat

    Sahifa holati

    O’qish holati

    Hujjatni ekranda o’qish uchun qulay holat










    x

    Vertikal va gorizantal chiziqlarni aks ettirib turuvchi holat







    x




    matn kiritish, tahrir qilish va formatlash uchun mo‘ljallangan holat.




    x







    Yangi abzasga o’tish uchun qaysi klavishni bosish kerak.

    x












    1. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars jarayonida jamlab borgan rag’bat kartochkalari asosida 5 ballik reyting asosida baholanadi. Ballari yetmagan o’quvchilarga imkoniyat beriladi. Buning uchun “Imkoniyat” metodidan foydalanaman.






    4 ball

    3 ball

    2 ball

    1 ball

    1

    3

    5

    7

    2

    4

    6

    8

    Savollar slaydda ballarga mos tarzda ssilka yordamida amalga oshiriladi.



    1. Uyga vazifa berish.

    “Mening oilam” mavzusida besh satrli hujjat tayyorlab kelish va 10 ta test tuzib kelish.
    Download 1,06 Mb.




    Download 1,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Daqiqa: 45 Mavzu: Wordda matn yozish qoidalari. Darsning shiori

    Download 1,06 Mb.