25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet6/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

bu yerda, It bir yilda t umumiy investitsion xarajatlar.
b) foydaning ichki meyori (IRR).
Foydaning ichki me’yoriga sof daromadning joriy miqdori 0 ga teng bo‘lgan diskontlangan koeffitsiyenti tushuniladi, ya’ni quyidagi ifodada ko‘rsatilgan me’yordir :

Ushbu koeffitsiyent loyiha rentabelligining aniq miqdorini (loyiha uchun ichki diskontlangan koeffitsiyentini) ko‘rsatib beradi. IRR umumiy investitsion xarajatlarning haqiqiy rentabellik darajasini ko‘rsatadi. Investitsiyalash to‘g‘risida qaror IRR uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalaridan yuqori bo‘lgan paytda qabul qilinadi. IRR, shuningdek, kreditorlarga qarz berish shartlarini aniqlashda ham qo‘llanilishi mumkin, chunki foiz stavkalari loyihaning likvidlikni pasaytirish xavfini qoplash miqdorida belgilanadi. IRR joriy narxlarda aniqlab olinayotganligi bois uni kapitalning haqiqiy qiymati bilan solishtirish kerak, ya’ni agar qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalari - , diskontlash davrida inflyatsiya fozini tashkil etsa, kapitalning haqiqiy qiymati (- ) teng bo‘ladi, va IRRni aynan shu ko‘rsatkich bilan solishitirish lozim.
2. Moliyaviy baholashning oddiy ko‘rsatkichlar:
a) umumiy investitsion xarajatlardan olinadigan foydaning oddiy me’yori:

bu yerda, SF – sof foyda; Qf – qarzga olingan kapital uchun foizlar; Ij umumiy investitsiyalar;
b) aksiyadorlik kapitaldan olinadigan foydaning oddiy me’yori:



bu yerda, Ka – aksiyadorlik kapital. d) qoplash muddati.
Bu muddat loyihadan tushgan foyda (soliqlarni chegirib tashlangandan so‘ng sof foyda + moliyaviy xarajatlar + amortizatsiya) hisobidan kiritilgan sarmoya qo‘yilmalarni qoplash uchun muddat hisoblanadi:




t

A
bu yerda, T – qoplash muddati; Ij – umumiy investitsiyalar; SF – yilida sof foyda; t – amortizatsiya; Kt – kapitalning qarzga
olingan qismi bo‘yicha foiz.
Agar loyiha bo‘yicha pul kirimining oqimlari belgilangan vaqt mobaynida doimiy bo‘lsa, qoplash muddati quyidagicha hisoblanishi mumkin:

Ushbu ko‘rsatkich barqaror bo‘lmagan iqtisodiy holatlarda xavf-xatar darajasini baholash uchun qo‘llaniladi. Biroq bu ko‘rsatkich foydani tez muddatda olishni baholab, qoplash muddatidan so‘ng moliyaviy oqimlar dinamikasini hisobga olmaydi. Diskontlashni hisobga oladigan usullar loyihaning samaradorligini baholash uchun qulaydir, chunki loyihaning butun faoliyat muddatini va uni amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha mablag‘lar oqimining dinamikasini hisobga olishga imkon beradi.
e) loyihaning moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti (Kmm). Bu o‘z mablag‘larning (O‘Zm) qarz mablag‘larga (Qm) bo‘lgan nisbatidir, bu esa, loyihaning moliyaviy jihatdan mustahkamligini ifodalaydi. Agar Kmm = 1 bo‘lsa, moliyaviy mustaqilligi tanglik nuqtasiga yetadi.

f) joriy likvidlilik koeffitsiyenti (Kjl). Loyihaning aylanma aktivlar miqdorining (AA) qarz mablag‘lar (qarzlar - Qm) miqdoriga nisbatidir:

Aylanma aktivlar – yo‘naltirish mumkin bo‘lgan mablag‘lar. Tashkilotning innovatsion faoliyati samaradorligini tavsiflovchi
integral ko‘rsatkichi sifatida IK ishlarining haqiqiy natijaviylik koeffitsiyentidan foydalanish mumkin (r ).


Amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirayotgan mavjud investori raqobatbardoshlik mahsulotini yaratishga mablag‘larni qo‘yishda tijorat xavf-xatari darajasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Ushbu mahsulot yangi avlod texnikani ishlab chiqish yoki chiqarilayotgan mahsulotni modernizatsiyalash natijasida bozorga chiqishi mumkin. Tijorat xavf-xatarning miqdori ko‘pincha IKning ITTKIni olib borishda haqiqiy natijaviyligiga bog‘liq. Ma’lumki, mamlakat bo‘yicha IK ishlarining haqiqiy natijaviyligi 30–50% atrofidagi miqdori bilan aniqlanadi, ya’ni u koeffitsiyent r - 0,4 bilan ifodalanadi. Shu bois mavjud investor uchun hisob-kitob yo‘li bilan u yoki bu IK ishlarining haqiqiy natijaviyligini aniqlash katta qiziqish uyg‘otadi3. Bunday hisob-kitob quyidagi formula yordamida bajariladi:

bu yerda, r – IK ishlarining haqiqiy natijaviylik koeffitsiyenti; R seriyali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun qabul qilingan
(tavsiya qilingan) yakunlangan ishlar bo‘yicha umumiy xarajatlar; H1 – tahlil qilinayotgan davr boshida yakunlanmagan ishlab chiqarish, so‘m; H2 – tahlil qilinayotgan davr oxirida yakunlanmagan ishlab chiqarish, so‘m; N tahlil qilinayotgan davrning yillar soni; Qi i yil uchun tadqiqot va ishlanmalar uchun haqiqiy xarajatlar, so‘m.
Innovatsion loyihalarning samaradorligini aniqlash algoritmi ularni amalga oshirish bosqichida ikkita masalalarni yechishni ko‘zda tutishi lozim:
-sinov tarzida innovatsiyalarni sotishni amalga oshirishda loyihaning samaradorligini baholash;
-loyihaning haqiqiy samaradorligini baholash.
Mazkur masalalarning birinchisi ishlab chiqarishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini va yangilikni sotishni tahlil qilish bilan bog‘liq. Samarani baholash usuli bu yerda investitsion oldi bosqichida loyihaning samaradorligini baholash usullaridan deyarli farq qilmaydi, ammo bunday baholash uchun qo‘llanadigan ko‘rsatkichlar prognozli emas, balki haqiqiy hisoblanadi, shu bois olingan natijalar haqiqatga yaqin bo‘ladi. Samaradorlikni tahlil qilish natijalari amalga oshirila-yotgan innovatsiyalar bo‘yicha marketing dasturlarni o‘zgartirish, ya’ni sinov tarzda sotishlar natijasi bo‘yicha yangi mahsulot (xizmat)larga nisbatan narx-navo, sotish va innovatsiyani qo‘llab-quvvatlash siyosatini o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Ikkinchi masala xo‘jalik subyekti – IK tomonidan olib borilayotgan butun innovatsion siyosat bo‘yicha qarorlarni qabul qilishni ko‘zda tutadi. Innovatsion siyosatning integral xususiyatini (unda ko‘plab innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliyotlar umumlashtiriladi) inobatga olib, bu yerda samaradorlikni baholash mezonlari umumiy shaklga ega bo‘lishi kerak va u alohida – ilmiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan haqiqiy natijalarni baholashni o‘z ichiga olishi lozim.



Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,42 Mb.