|
25-Mavzu. Innovatsiya sam
|
bet | 4/27 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #259634 |
Bog'liq 25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholashbu yerda, t – hisob-kitobning qadamlar soni (t = 0, 1, 2,..., T ); T - hisob-kitobning chegarasi, ya’ni u loyihani amalga oshirish vaqtiga teng.
Shuningdek, loyihaning sof diskontlangan daromad, foydaning ichki me’yori, investitsiyalarning rentabelligi, ishlab chiqarish qo‘yilmalarining qoplash muddati kabi muhim baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash nazarda tutiladi, bu esa investor uchun loyihaning mavjud jozibadorligini baholashga imkon yaratib beradi.
Sof diskontlangan daromad dastlabki qadamiga keltirilgan butun hisob-kitob davri uchun joriy samaralar summasi sifatida yoki integral natijalarning integral xarajatlaridan oshishi sifatida aniqlanadi.
Qoplash muddati – eng kichik vaqt oralig‘i bo‘lib, undan oshgandan keyin integral samarasi musbat bo‘ladi va keyinchalik ham musbatligini saqlab qoladi. Boshqacha qilib aytganda, bu investitson loyihalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshlang‘ich qo‘yilmalar va boshqa xarajatlar loyihani amalga oshirishning umumiy natijalar bilan qoplanadigan davrdir.
Ammo, sanab o‘tilgan mezonlardan birontasi ham o‘z mohiyatiga ko‘ra loyihani qabul qilish uchun yetarli deb hisoblash noto‘g‘ri.
Loyiha uchun mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘risidagi qaror barcha sanab o‘tilgan mezonlar va innovatsion loyihaning barcha ishtirokchilarini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim. Ushbu qarorlarni qabul qilishda loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinayotgan sarmoyaning tarkibi va taqsimoti hamda boshqa omillar ham asosiy rol o‘ynashi lozim.
Loyihaning moliyaviy asosligini baholash moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji va ularni qoplashning mumkin bo‘lgan manbalari (o‘z va qarzga olingan mablag‘lar)dan kelib chiqqan holda loyihani moliyalashtirishning optimal shaklini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Buning uchun ta’sischilaring mablag‘larni jalb etish samaradorligi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi baholanadi, kreditni qaytarib olishning optimal jadvali tuziladi, loyihani amalga oshirishning belgilangan davri davomida qaytarilishi mumkin bo‘lgan kreditning yuqori ehtimol bo‘lgan stavkasi hisoblanadi, aktivlarning likvidligi, rentabelligi va aylanish tezligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi, moliyaviy hisobotlarning zarur shakllari (pul mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot, foyda bo‘yicha hisobot, loyihanig balansi) tayyorlanadi. Hisob-kitoblarda IKning kreditorlar, aksiyadorlar va davlat oldida majburiyatlari aks ettiriladi, soliq solish shartlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Loyihaga mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilishda u bilan bog‘liq xavf-xatarni ham tahlil qilishmuhim hisoblanadi. Ushbu tahlil loyihaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarining O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan inflyatsiya, noaniqlik, yuqori xavf-xatar kabi omillar ta’sirida tashqi muhitning o‘zgarishiga ta’sirchanligini baholashga imkon beradi, ushbu ta’sirlarni yumshatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining, ya’ni loyihani samarali amalga oshira oladigan chegaralari aniqlanadi, parametrik ssenariyasi va uni rivojlantirilishi tahlil qilinadi. Qarorni qabul qiluvchi shaxsga ushbu qarorni qat’i ravishda qabul qilishga imkon beradigan loyihani amalga oshirishdan olish mumkin bo‘lgan natijalarning to‘liq va asoslangan tavsiloti beriladi.
Sof to‘lovlarning oqimi, ya’ni har bir hisobot davridagi tushum va investitsion xarajatlar, funksional-ma’muriy xarajatlar, budjetga qarz mablag‘larning to‘lovlar summasi o‘rtasidagi farqi, sof diskontlangan to‘lovlar oqimi va loyihaning samaradorlik koeffitsiyentlarini quyidagi
ko‘rinishga keltirish mumkin (10.1-jadval). Investitsiyalarning samara-dorligini baholash uchun 10.1-jadvalda xalqaro hamda milliy amaliyotda umum qabul qilingan bir qator koeffitsiyentlarni hisoblash uslubi berilgan.
11.1-jadval
|
| |