13-mavzu: sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi. Reja




Download 22,75 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2024
Hajmi22,75 Kb.
#233708
  1   2   3
Bog'liq
13-mavzu


13-MAVZU: SANOATDA TANNARX, FOYDA VA ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI.
REJA:
1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning ilmiy asoslari
2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni guruhlash.
3. Foyda va uni maksimallashtirish . Rentabellik va uni oshirish yo’llari
4. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut ishlab chiqarish subyektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi – mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir1.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda tegishli me’yoriy hujjatga muvofiq2 amalga oshiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:

  • ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarilib tashlangan holda);

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari;

  • asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. I. Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar.

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:

    1. Xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajariladigan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajariladigan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar.

    2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar.

Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusidagi to’lovlar.

    1. Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar.

Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:

    1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo’yicha mehnatga haq to’lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.

Nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar.
Tannarx tarkibi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog’liqdir.3
Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
-mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:

Download 22,75 Kb.
  1   2   3




Download 22,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



13-mavzu: sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi. Reja

Download 22,75 Kb.