|
13-mavzu: sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi. Reja
|
bet | 2/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 22,75 Kb. | | #233708 |
Bog'liq 13-mavzuYaF = SST – MIT,
bu yerda: YaF – yalpi foyda; SST – sotishdan olingan sof tushum;
MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va qo’shimcha asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF =YaF – DX +BD + BZ,
bu yerda:
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DF – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ – asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar;
-xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus moliyaviy xarajatlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD – MX,
bu yerda:
UF – umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
-soliq to’lagungacha olingan foyda – bu umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda, plyus favqulotda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus favqulotda ko’rilgan zarar sifatida aniqlanadi: STF = UF + FP – FZ,
bu yerda:
STF – soliq to’lagungacha olingan foyda:
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda:
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar;
-yilning sof foydasi – bu soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o’zi dadaromad (foyda)dan to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlangan xolda soliqlar to’lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – DS – BS, SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda)dan to’lanadigan soliq; BD – boshqa soliqlar va to’lovlar.
|
| |