25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet2/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiya samaradorligini baholash
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqishning investitsion oldi bosqichida ITTKI yangiliklari deyarli yakunlangan hisoblanadi, loyihaning texnik parametrlarining noaniqligi hisoblanmaydi. Ushbu
sharoitda loyihani davom ettirish bo‘yicha masalani yechishda uning samaradorligini baholash uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion loyihani ishlab chiqishning ushbu bosqichida uning tasnifiy belgilari quyidagilardan iborat:
-ishlab chiqarishni tashkil etish va yangiliklarni (tovar, xizmat) sotish uchun investitsiyalarga ehtiyoj sezish (u loyihaning amalga oshirishning rejalashtirilgan ko‘lami asosida yetarli ishonchlilik darajasi bilan aniqlanishi mumkin);
-sotish hajmidagi noaniqlik (tijorat muvaffaqiyatining ehtimoli) mavjudligi (uning darajasi ichki omillar (masalan, marketing tadqiqotlarning chuqurligi va yo‘nalganligi) hamda tashqi omillar (bozor konyunkturasi)dan bog‘liq) har qanday investitsion loyihalardagidan deyarli farq qilmaydi.
Ushbu holatda investiison oldi bosqichida innovatsion loyihalar investitsiyalar samaradorligini aniqlovchi ko‘rsatkichlar yordamida baholanishi mumkin. Loyihaning samaradorligini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
-butun loyihani baholash – unda loyihaga jalb qilinayotgan mablag‘larning ularning paydo bo‘lish manbalari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda (o‘z va qarzga olingan, ichki yoki tashqi) mablag‘larning iqtisodiy samaradorligi baholanadi;
-loyihani moliyalashtirish uchun o‘z kapitalidan foydalanish samaradorligini baholash bosqichi.
Ehtimol loyiha samaralidir, ammo qimmatli kreditlar hisobiga moliyalashtirilganligi bois tashabbuskor yoki mavjud investorlar uchun jozibali bo‘la olmaydi. Investitsion oldi bosqichida loyiha samaradorligining ikkita baholash usullari mavjudligi aynan shu bilan izohlanadi.
10.1-rasmda innovatsion loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar innovatsion jarayonning bosqichlari (innovatsiyalarning hayotiy sikli) bo‘yicha batafsil tarzda keltirilgan. Rasmda investitsiyalar qaysi turi (budjetdan moliyalashtirish, xavf-xatarli investitsiyalar, tijorat) loyihani amalga oshirish bosqichlarga qarab eng maqbul bo‘lish mumkinligi ko‘rsatilgan. Ushbu modelda investitsiyalarni qaytarish, foyda olish, sotish hajmlarning tushish payti va h.k. ko‘rsatilgan.




Download 1,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,42 Mb.