|
25-Mavzu. Innovatsiya sam
|
bet | 27/27 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #259634 |
Bog'liq 25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash10.4.3. Ssenariylar ishlab chiqish usullari
Ushbu usul yuqorida ko‘rib chiqilgan investitsion xavf-xatarni hisobga olish uslublarining muqobil varianti hisoblanadi. U uslubiy tavsiyalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat yoki hududiy yoxud bilvosita (kafolat, subsidiya, subvensiya, soliq imtiyozlari, soliq investitsion kreditlari, moddiy va nomoddiy aktivlarni tezlashtirilgan amortizat-siyasi bo‘yicha imtiyozlari va h.k.) moliyalashtirish ko‘zda tutilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlashda majburiy operatsiyadan biri deb qayd etilgan. Tegishli davlat yoki hududiy organlar esa bu holatda loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini yuqorida nomi keltirilgan tavsiyalarga muvofiq holda tekshirishi lozim.
Ushbu usuldan diskont stavkasi sifatida foydalanilgan paytda innovatsion loyihalar uchun ssuda foizining nominal xavf-xatarsiz stavkasi qo‘llaniladi. Yakka tartibdagi loyihaning xavf-xatarlari esa loyiha bo‘yicha kutilayotgan pul oqimlarining hisob-kitobida ishtirok etayotgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
At pul oqimi hisob-kitobida har bir kelgusi t davrda pul oqimining prognoz qilinadigan umumiy miqdorini tashkil etuvchi barcha kutilayotgan ko‘rsatkichlar, ushbu usulga muvofiq kelgusida tegishli ko‘rsatkichning aynan shu miqdorning chiqish ehtimolligiga (subyekti va eksperti baholagan holda, ammo zarur miinimal hujjatlashtirish marketing va boshqa tadqiqotlar asosida) qarab o‘zgartirilishi lozim. Bunda ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlarning yakuniy miqdorlari ularing muqobil miqdorining ehtimollik yig‘indisi sifatida hisoblanadi.
h
Ssenariya usulining ko‘rinishi 10.10-rasmda keltirilgan. Agar kelgusi davrda foydaga soliq solish stavkasi Z ehtimolligi bilan ht1 darajasida kutilayotgan bo‘lsa, (1-Z) ehtimolligi bilan esa ushbu ko‘rsatkich t2 ga teng bo‘lsa, loyihaning sof diskontlangan daromadni NPV yoki t davrida kutilayotgan loyihaning qoldiq joriy qiymati PVqoldiq ni hisob-kitobiga kiritganda At pul oqimi
teng bo‘lgan t davrda ehtimoli eng yuqori bo‘lgan ht soliq solish stavkasidan kelib chiqadigan rejalashtirilgan foydadan olinadigan soliq miqdorini o‘z ichiga olishi lozim.
Ssenariya usullarini qat’i qo‘llanilishi pul oqimini tashkil etuvchi ayrim ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lishida mumkin bo‘lgan turli oqibatlar to‘g‘risida juda katta axborotlarga ega bo‘lishini talab etadi. Shuningdek, ushbu oqibatlarning keng yoyilgan ssenariyalarini ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Natijada ushbu usuldan foydalanish bir ko‘rishda oson tuyilganligiga qaramasdan, u ko‘p mehnat talab qiladigan va mas’uliyatli ish hisoblanadi.
|
| |