25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet25/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.4.2. Yakka tartibdagi diskont stavkasini mahalliy sharoitlarda baholash
Mahalliy sharoitlarda diskont stavkasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
1. Xavf-xatarsiz va loyihaning xavf-xatarlarni hisobga oladigan nominal foiz stavkalari ham so‘mli, ham valutali (dollarda) bo‘lishi mumkin. So‘mli stavkalarni daromadlari takroran ichki bozorga kirita oladigan va mamlakat ichida iste’mol qilish maqsadida investor uchun jamg‘armalarni yarata oladigan loyihalar bo‘yicha hisob-kitoblardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tabiiyki, foizning nominal so‘mli stavkalariga ichki mamlakat inflyatsion kutishlar (so‘mning xarid qilish qobiliyatining o‘zgarishini kutish)ni kiritish lozim. Agar u yoki bu loyiha bo‘yicha davlatdan tashqariga chiqib ketadigan, xorijda investitsiyalangan va iste’molni ta’minlaydigan bo‘lsa, butun jahon iqtisodiyoti uchun mos bo‘lgan inflyatsiya foiz stavkalarini (1–4%) hisobga olish lozim bo‘ladi.
Bu narsa haqiqiy foiz stavkasiga ham taalluqli. Foizning so‘mli stavkalari uchun haqiqiy stavka investitsiyalarning o‘rtacha bozor daromadliligi sifatida inflyatsiyadan kelgan daromadlarni indekslash-
tirishni hisobga olmagan holda milliy iqtisodiyoti sharoitiga, valutali stavkalar esa – jahon iqtisodiyoti sharoitlariga mos kelishi lozim (1–1,5%).
Inflyatsion kutishlar va foizning haqiqiy bozor stavkalarni hisobga olgan holda foizning nominal so‘mli xavf-xatarsiz stavkalari milliy davlat obligatsiyalar bozorida haqiqiy daromadliligi (ham kelgusi inflyatsiya borasida bozor ishtirokchilarining jamoatchilik kutishlari, ham foizning haqiqiqatdan ham daromad olingan o‘rtacha haqiqiy stavkasi) asosida aniqlanishi lozim. Valutali nominal stavkalari esa milliy uzoq muddatli mablag‘larni qaytarib berish uchun o‘rtacha hisoblangan joriy (haqiqiy bitimlar narxlari bo‘yicha) daromadliligi bo‘yicha hisoblanishi lozim. Bunda agar bozor daromadliligi yanada uzoq muddatli obligatsiyalar bo‘yicha aniqlansa, bu daromadlilik ko‘pincha xavf-xatarsiz investitsiyalar daromadliliginig tavsifiy belgisi sifatida xizmat qiladi, chunki yanada uzoq muddatli davlat obligatsiyalar vaqt makonda kam tebranadi.
Bu holatda InL bo‘yicha pul oqimini dollarda ifodalash lozim, chunki InL sotishdan tushgan foydani olish yoki import qiluvchi sotib olinadigan resurslarni xarid qilish uchun xarajatlarning aksariyat qismi bo‘yicha hisob-kitoblar dollar hisobida amalga oshiriladi. Keyinchalik ichki bozorda sotuvlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan so‘mli pul oqimlarini diskontlash uchun foizning so‘mli stavkalari tahlil qilinadi.
2. Bunda dollarli sarmoya qo‘yilmalari uchun qo‘yilgan nominal xavf-xatarsiz stavkasi qo‘llanilishi mumkin. So‘mli investitsiya va so‘mli pul oqimlarini diskontlash uchun xavf-xatarsiz stavkalar o‘rtasidagi aloqa, bir tomondan O‘zbekistonda dollarli sarmoya qo‘yilmalar uchun qo‘yilgan xavf-xatarsiz stavkasi, boshqa tomondan dollarga nisbatan so‘m kursining o‘rtacha yillik kutilayotgan o‘zgarishini hisobga olib belgilanadi (xuddi shu aloqa yevrodagi investitsiya va pul oqimlari uchun o‘rnatilishi mumkin, agar milliy yevrobondlar yevroga nominallashtira olsa).
Ushbu aloqadorlik quyidagi oddiy tenglama bilan tavsiflanadi:

bu yerda, Rso'm – O‘zbekistonda so‘mli sarmoya qo‘yilmalari va so‘mli pul oqimlarini diskontlash uchun nominal xavf-xatarsiz stavkasi (xavf-xatarsiz daromad me’yori); Rdollar xuddi shu faqat dollarli investitsiyalar va dollarli pul oqimlarini diskontlash uchun; kso'm-dollar -InL muddatida so‘mning dollarga nisbatan almashish kursining kutilayotgan o‘rtacha yillik tushishi (ko‘tarilishi).


3. Mahalliy sharoitda ko‘plab tarmoqlarda (aksiya bozorlariga ega bo‘lmagan sohalarda) koeffitsiyent «beta»ni (davlat obligatsiyalarga kiritilgan umumiy investitsiyalarning o‘rtacha xavf-xatariga nisbatan muayyan korxona yoki muayyan mahsulotga kiritilgan qo‘yilmalar xavf-xatari kojeffisiyenti) kichik hajmi, axborot shaffofligining darajasi past (ochiq turdagi kompaniyaning faqatgina moliyaviy hisobotlardan kerakli ma’lumotlarni olishda yuqori tranzaksiya xarajatlari mavjud) va bozorda aksiyalarning likvidlik yetarli darajada emasligi tufayli klassik uslub bilan aniqlashning imkoniyati yo‘q. Bu yerda mahsulotni ishlab chiqaruvchi IK bo‘yicha emas, balki mahsulot o‘zi bo‘yicha bozor axborotidan foydalanishi lozim26.
Har bir mahsulotlar bo‘yicha yo‘nalishlarning (mahsulotning butun hayotiy sikl davomida) foydaliligi mahsulot narxining nisbatan daraja va dinamikasi, mahsulot tannarxining asosiy qismini tashkil etuvchi uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy sotib olinadigan resurslar, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgaruvchan xarajatlar bilan aniqlanadi. Bularning barchasi mamlakatda umumiy inflyatsiyaning (tovar va xizmatlar bo‘yicha umumiy narxlar darajasining o‘zgarishi) darajasi va dinamikasiga mos kelish kerak. Mahsulotlar bo‘yicha yo‘nalishlarga kiritilgan investitsiyalar (mahsulotni foydaliligida tebranishlarning mavjud miqdorida ifodalanadi) xavf-xatarning asosiy omillari inflyatsiya tebranishlarga nisbatan sotib olinadigan resurslar va mahsulot o‘zining narxlari tebranishlarini hisobga olishi lozim. Agar so‘nggi ko‘rsatkich doimo oshib borsa, ushbu omillarga inflyatsiya tebranishlarga nisbatan sotib olinadigan resurslar va mahsulot narxlarning tebranishlari kiradi27.
Haqiqatan ham umumiy inflyatsiya sur’ati aniq ifodalanganda (davrdan davrgacha inflyatsiyaning o‘zgarishi tebranishlari katta emas) sotib olinadigan resurslar va mahsulotlarning narxlari o‘sish
sur’atlarida trend (katta tebranish) aniq kuzatilsa, baxtsiz vaziyatlar ko‘proq yuz beradi, agar sotib olinadigan resurslarning narxi uning o‘rtacha o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lsa, mahsulot narxlarining o‘sish sur’ati yanada uzoq muddatli davrda pasayadi va iqtisodiyotda narxlarning umumiy o‘sish indeksi turg‘un darajada (sotib olinadigan resurs va mahsulot narxlarining indekslariga nisbatan so‘nggi ko‘rsatkichning nisbatan kam tebranishida) saqlanadi.
Ushbu mantiqqa rioya qilgan holda «beta» koeffitsiyenti yoki mahsulot uchun (agar bu bozor uchun yangi mahsulot bo‘lsa, quyida keltirilgan formula bozorda mazkur yangilikka o‘xshash mahsulot bozori bo‘yicha axborot olish asosida hisoblanishi lozim) yoki ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan IK uchun quyidagi tarzda hisoblanadi:


Download 1,42 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 1,42 Mb.