25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet20/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.3.4. Innovatsion loyihalarning investitson muqobil variantlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish
Investitsion muqobil variantlariga investor tomonidan investitsiyalash imkoniyatlari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilayotgan ko‘plab turli xil investitsion takliflar va innovatsion loyihalar tushuniladi. Investitsion portfel tarkibiga turli loyihalar kirib, ularni qarorlarni qabul qilish nuqtayi nazaridan quyidagicha tasniflanishi mumkin:
-mustaqil loyihalar – ulardan biri bo‘yicha investitsiyalash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishi boshqasi bo‘yicha o‘xshash qarorlarning qabul qilinishiga ta’sir etmaydi;
-bogliq bo‘lgan loyihalar – ulardan biri bo‘yicha investitsiyalash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish majburiy holda u bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha ushbu qarorni qabul qilinishiga yoki boshqa loyihalardan voz kechish (bir-birini rad etuvchi takliflar) bo‘yicha qarorni qabul qilinishiga olib keladi.
Investitsion takliflarni iqtisodiy tahlili o‘z mohiyatiga ko‘ra qarorni qabul qilishning o‘rnatilgan iqtisodiy mezonlari va investitsiyalash imkoniyatlarining mavjud chegaralari asosida investitsion muqobil variantlarini tartiblash va tanlash mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda tahlil qilish maqsadlari uchun barcha investitsion takliflarni bir-birini rad etish sifatida qarash mumkin, chunki iqtisodiy mezonlar asosida mustaqil takliflarni tartiblash ularning maqbul bo‘lish darajasini o‘rnatish va mavjud chegaralar doirasida eng samarali takliflarni tanlab olishga imkon beradi. Shartli takliflar uchun dastlab iqtisodiy o‘zaro bog‘liqliklar o‘rnatilishi lozim va aynan shu holatda ular yagona muqobil varianti sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.
Bir-birini rad etuvchi muqobil variantlarni solishtirganda ular o‘rtasidagi farqni aniqlash uchun ular o‘rtasidasi iqtisodiy jozibadorlik nisbatini aniqlash yordamida amalga oshiriladi. Masalan, ikkita muqobil varintlarni (A1 va A2) solishtirishda ularning pul oqimini o‘rganish va ularning o‘rtasidagi farqini bilish kifoya qilinadi.

Muqobil variantlardan qaysi biri iqtisodiy jihatdan eng jozibador ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagi qoidaga rioya qilishi lozim: agar «o‘sgan» pul oqimi (A2 - A1) iqtisodiy jihatdan jozibador deb hisoblansa, A2 muqobil varianti A1 muqobil variantidan ko‘ra jozibador hisoblanadi; agar «o‘sgan» pul oqimi (A2 - A1) iqtisodiy jihatdan jozibador emas deb hisoblansa, A1 muqobil varianti A2 muqobil variantidan ko‘ra jozibador hisoblanadi.


Taqqoslanadigan muqobil variantlarning jozibadorligini baholashga imkon yaratib beradigan iqtisodiy mezonlar sifatida yuqorida nomi keltirilgan ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin. Taqqoslanadigan muqobil variantlar bo‘yicha kutilayotgan natija va xarajatlar miqdorlariga qarab, 10.6-jadvalda ko‘rsatilganidek, mezonlar miqdorlari ham o‘zgarishi mumkin.

Endi A1 va A2 muqobil variantlarni iqtsiodiy tahlil qilish uchun yuqorida keltirilgan mezonlarni ko‘rib chiqamiz (10.5-jadval). Taqqoslanadigan muqobil variantlar xarajat va natija xususiyatlari bo‘yicha 3 variantga (10.6-jadval) mansub bo‘lganligi uchun eng yaxshi variantni topish mezoni natijaning xarajatiga ayirmasini maksimallashtirish mezoni hisoblanadi. Faraz qilaylik, muqobil variantlarni taqqoslaganda diskontlash stavkasi (eng kichik jozibador foiz stavkasi) yiliga 30%ni tashkil etadi. Bunda:



Bu esa, A2 muqobil varianti A1 muqobil variantidan ko‘ra jozibador ekanligini ko‘rsatib turibdi. Mezon sifatida yillik ekvivalent ko‘rsatkichni qo‘llaganimizda o‘xshash natijani hosil qilamiz: ya’ni A2 muqobil varianti har yilgi 93,53 shartli pul birligi miqdori ekvivalentiga teng bo‘lgan sof daromadning “o‘sishi”ni ta’minlab berishi mumkin. IRR ko‘rsatkichning miqdori (A2 - A1) pul oqimi uchun 93,5% ga teng, bu esa qabul qilingan diskontlash stavkasidan yuqori hamda A2 muqobil varianti A1 muqobil variantidan ko‘ra iqtisodiy jihatdan jozibador ekanligini tasdiqlaydi.
Olib borilgan hisob-kitoblar quyidagi xulosani chiqarishga imkon berdi: investitsion muqobil variantlar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar negizida turgan mezonlar bir-biriga mos tushadi, ya’ni bir muqobil variantni ikkinchisiga nisbatan afzal ko‘rish munosabatlarida bir xil natijalarni beradi.

Download 1,42 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Download 1,42 Mb.