25-Mavzu. Innovatsiya sam




Download 1,42 Mb.
bet21/27
Sana03.06.2024
Hajmi1,42 Mb.
#259634
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
25-MAVZU. Innovatsiya samaradorligini baholash

10.3.5. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha misol
Bir yilga mo‘ljallangan investitson loyiha quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Investitsion xarajatlar asosiy vositalarni sotib olish xarajatlarini (500 ming so‘m tashkil etadi) va aylanma vositalarning o‘sish xarajatlari (250 ming so‘m tashkil etadi)ni o‘z ichiga oladi. Asosiy vositalarning eskirishiga to‘lovlar me’yori yiligi 12 foizni tashkil etadi. Loyihaning investitsion bosqichi, ya’ni bir chorak oxirida ishlab chiqarishni tashkil etish va yangi mahsulotni sotish rejalashtirilgan, undan tushgan tushum II chorakda 500 ming so‘m., III – 350 ming so‘m va IV – 200 ming so‘m miqdorida olish kutiladi. Loyihaning yakunida loyihaga kiritiladigan asosiy vositalarni sotish, hamda aylanma vositalarni to‘ldirish uchun investitsiya qilingan sarmoyalarni qaytarish rejalashtirilgan. Ushbu operatsiyadan olinadigan taqsimlanmagan daromadlar 550 ming so‘m miqdorida baholanadi.
Bunda joriy ishlab chiqarish-sotish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
 material va bo‘tlovchi qismlarning yetkazib beruvchilarga ishlab chiqarish va sotishni rejalashtirilgan hajmidan 20% miqdordagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar;
 xodimlarga mehnat haqini to‘lash uchun ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish va sotishning rejalashtirilgan hajmdan 15% miqdordagi xarajatlar;
 mazkur loyihaga qilingan qo‘shimcha xarajatlar har chorakda 20 ming so‘mni tashkil etadi va uy-joy ijarasi, kommunal to‘lovlari, sotish xarajatlari hamda tannarxiga qo‘shiladigan soliq to‘lovlarini o‘z ichiga oladi.
Loyihani amalga oshirish davri mobaynida pul vositalarning harakatlar prognozi 10.7-jadvalda keltirilgan.
Faraz qilaylik, loyihaning samaradorligini baholashning dinamik ko‘rsatkichlarini hisoblashda o‘z kapitalining muqobil qiymati 15% stavkasi bilan baholanadi. Bu holatda loyihaning sof joriy qiymati quyidagicha aniqlanadi:



Ushbu ko‘rsatkichning ijobiy miqdori, ayniqsa o‘z sarmoyalaridan foydalanish muqobil yo‘nalishlari bilan solishtirgan paytida, loyihaning iqtisodiy jozibadorligidan dalolat beradi.

Loyihaning ichki rentabelligi – IRR grafik usuli bilan aniqlanib,(10.9-rasm) chorak hisobiga 36% ni tashkil etadi, bu moliyaviy bozorlarda daromadlilik foizlar bilan solishtirganda yuqori daromadlilik me’yoridan dalolat beradi.


Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, loyihaning ichki rentabelligi IRR kredit uchun foiz stavkasi (yiliga 30%)ga nisbatan yuqori. Bu vaziyatda kredit mablag‘larni jalb qilish o‘z mablag‘laridan foydalanish samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi, chunki qarzga olingan mablag‘larni jalb etishdan olingan daromad kreditlarni to‘lash uchun yetarlidir. Bundan tashqari daromadning bir qismi loyihaning tashabbuskori tasarrufida bo‘lib, u o‘z sarmoya rentabelligini
oshirishga qaratiladi. Xususan, mazkur loyihani faqatgina o‘z hisobidan moliyalashtirish (bu holda NPV = -29,7 ming so‘m, va IRR = 7,9%) loyiha iqtisodiy jihatdan jozibador hisoblanadi.

Download 1,42 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Download 1,42 Mb.