15-mavzu: pedagogik kompetentlik va kreativlikni shakllantirish reja




Download 15,86 Kb.
bet1/3
Sana12.12.2023
Hajmi15,86 Kb.
#117549
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu pedagogik kompetentlik va kreativlikni shakllantirish-fayllar.org


Mavzu: pedagogik kompetentlik va kreativlikni shakllantirish




15-MAVZU: PEDAGOGIK KOMPETENTLIK VA KREATIVLIKNI 
SHAKLLANTIRISH 

REJA: 
1. “Kompetentlik” va “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mohiyati.
2. Pedagogik kompetentlik sifatlari.
3. Kreativlik-pedagogik ijodkorlikning asosi sifatida.
Tayanch
tushunchalar:
kompetentlik,
kasbiy
kompetentlik,
kasbiy
kompetentlik sifatlari, pedagogik kasbiy kompetentlik, “Individual rivojlantirish
dasturi”, o‘z-o‘zini rivojlantirish, pedagogning o‘z ustida ishlashi, pedagogning o‘z
ustida ishlash bosqichlari, o‘z-o‘zini baholash.
“Kompetentlik” va “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mohiyati. Bozor
munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga
bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil
ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy
kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday
kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur? Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh
g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi. “Kompetentlik” (ingl. “competence” –
“qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi
kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish 4 “Kompetentlik”
tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan.
Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan
hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan
o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda,
ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va
murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kasbiy
kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini
emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning
o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik
bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy
talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va
o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik quyidagi



holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi: Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis: - o‘z


bilimlarini izchil boyitib boradi; - yangi axborotlarni o‘zlashtiradi; - davr talablarini
chuqur anglaydi; - yangi bilimlarni izlab topadi; - ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy
faoliyatida samarali qo‘llaydi - murakkab jarayonlarda; - noaniq vazifalarni
bajarishda; - bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda; - kutilmagan vaziyatda
harakat rejasiga ega bo‘la olishda Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila
boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion
hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ
pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida
shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va
kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim
texnologiyasi va kasbiy etika kabi
fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining
umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol
topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmit qiladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z
mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson
ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror
topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60
yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va
rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to
umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga
bog‘liq.
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida
aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat



amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni


samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga
kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni
rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada
o‘zlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy
faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash
mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar,
shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy
muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog‘liq.Zamonaviy sharoitda
pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi.
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va
talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher,
Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.),
Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab
tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab
kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta
tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy
kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni
kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir
adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video
lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim
departamenti, 2013 y.).
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik
o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini
qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.



Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori


samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab
chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham
o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy
harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni
muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv- bilish qobiliyatlarini bir qadar
rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning
fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti.
Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida
o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni
o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan
xohish-istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni
istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-
tadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib
qo‘yilishi talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki balki ta’lim mazmunining
muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir,
rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan
voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish,
ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga
bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda
asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘lotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi
2
[Patti].
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini
to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib
olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega
original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida
tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshirilaigan



amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy


qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan
ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan
birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir.
Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida
turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday
bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt
darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin
4
.
O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil
etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat
“pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini
o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini
o‘zlashtirishga jalb etish;



Download 15,86 Kb.
  1   2   3




Download 15,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-mavzu: pedagogik kompetentlik va kreativlikni shakllantirish reja

Download 15,86 Kb.