2)
o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini
rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish
orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi
tufayli talabalar ham
qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda
sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan
metodlar
talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat
qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan
tavsiya qilingan vosita va
strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi
hamda talabalarda o‘quv fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, intilishni
rivojlantiradi
5
.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ular quyidagilardir:
Me’yoriy hujjatlar (o‘quv fanlari bo‘yicha DTS, o‘quv
dasturi va
rejalari)ni tayyorlash; O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik
va metodik
qo‘llanma, tavsiyanoma, lug‘at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish;
Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash;
O‘quv axborotlari, nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish;
Ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish;
Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish;
Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish;
Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish;
Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o‘tish.
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali
tashkil etilishi uning kreativligi qay daraja ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.