• “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
  • Mavzu: Turli materiallardan dekorativ buyumlar yasash texnologiyasi Reja
  • Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti




    Download 438.5 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana29.02.2024
    Hajmi438.5 Kb.
    #164555
      1   2
    Bog'liq
    5ifjUTmtSqvXKa8ffCjMVHCIrpRvHNgN4i6bYixu
    O`RTACHA MIQDORLAR STATISTIKA - MUSTAQIL ISH-2.pdf, Kurs ishi namuna, env python, Python programmalastırıw tili 4 kurs, artel, bandlikni tanlash, 27, Azizbek diplom ish, FOTIMA3, Media savodxonlikni rivojlantirish y llari, Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan kurs ishi mavzu O, Mavzu Ilmiy kashfiyotlar va uning asosiy turlari Reja, Mavzu Furye integrali Reja I. Kirish. II, Tekislikda va fazoda orientatsiya. Qutb, silindrik va sferik kor



    A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH 
    VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 
     
     
     
     
    “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
     
     
     
    Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
    moduli bo‘yicha 
     
     
    “TEXNOLOGIYA FANI MASHG‘ULOTLARIDA O‘QUVCHI 
    IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH”

     
    o‘quv kursining
    “Turli materiallardan dekorativ buyumlar yasash texnologiyasi” mavzusidan
    ma’ruza matni 
     
     
     
     
     
     
     
    Ma’ruzasi: D.S.Mirahmedova 
    Toshkent 2022 



    Mavzu: Turli materiallardan dekorativ buyumlar yasash texnologiyasi 
    Reja: 
    1. Dekorativ-amaliy san’ati haqida. 
    2. Texnologiya darslarida foydalaniladigan dekoratsiyalar haqida. 
    3. Texnologiya darslarida yasaladigan dekorativ buyumlar texnologiyasi. 
    Inson uchun zarur bilimlar miqiyosi tobora kengayib borayotgani xozirgi 
    sharoitda muayyan faktlar yig‘indisini o‘zlashtirish bilan cheklanib bo‘lmaydi. 
    Shuning uchun o‘quvchilarga o‘z bilimlarini mustaqil ravishda to‘ldirib va boyitib 
    borishni, o‘zining diqqat e’tiborini ilmiy va siyosiy axborotlarning eng muximlariga 
    qaratishini o‘rgatish kerak. Bu vazifa o‘quvchilarning texnologiya darslarida badiiy 
    bezash ishlarini ta’lim-tarbiya jarayoni bilan uzviy bog‘lik xolda kengaytirish va 
    rivojlantirishni taqozo etadi. Ma’lumki, dekorativ san’atning ko‘p turlari mehnat 
    bilan omuxta bo‘lib ketadi va shuning uchun o‘quvchilarda ishga ijodiy 
    munosabatni tarkib toptiradi, ularni ma’naviy jihatdan boyitadi. Amaliy-dekorativ 
    san’ati jonli tabiat bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiatdagi muxit insonni go‘zallik 
    qonuniyatlari asosida yashashga, xayotdagi rang-barang xolatlarni ko‘ra bilishga 
    o‘rgatish kerak. Texnologiya darslarida o‘tiladigan mavzularning aksariyati amaliy 
    mashg‘ulot bilan bog‘liq. Atrof-muxitning tuzilishi, jonli va jonsiz tabiatning 
    uyg‘unligidan ilxomlanib, o‘quvchi yasa1tgan buyumiga bezak beradi.
    Dekorativ amaliy san’at keng miqyosda rivojlanayotgan san’atimizning xalq amaliy 
    ijodi turlaridan biridir. Unda kishining xaqiqiy san’atiga estetik munosabati yaqqol 
    namoyon bo‘ladi. Xalq amaliy san’atining bu turi haykaltaroshlik, rangtasvir, 
    arxetektura, raqs va musiqa bilan hamohangdir.
    Dekorativ san’atning o‘ziga xos estetik jihatlarini tushunish uchun uning 
    mavzusi, mazmuni, asardagi tiplar badiiy texnika vositalari diapazonining odatdan 
    tashqari katta miqiyosini nazarda tutib qarash kerak. Bu badiiy bezak o‘ymakorligi 
    monumental stanokli, turli xalqlarning milliy kiyimlari, so‘zanalari, taqinchoqlari va 
    istirohat bog‘lari san’ati, devorlardagi monumental dekorativ rasmlar, vitrina, 
    devoriy gazeta, tabriknomalarning bezaklari hamda jihozlardagi o‘ymakorlik va 
    xokozolardir. Shakllari bir-biriga o‘xshagan bu asarlarning o‘zaro biriktirib turgan 
    jixati ularning asosiy vazifasi funksiyasi insonni qurshab turgan muhitni nafosat 
    vositasida bezashdan iboratligidir. Dekorativ san’atda turg‘unlik etakchi o‘rinlardan
    birini egallaydi. To‘g‘ri to‘rtburchak, oval va aylana shakllaridagi kandakorlik, 
    o‘ymakorlik va naqqoshlik buyumlari, shuningdek, badiiy bezash buyumlari
    Ko‘p hollarda turg‘unlikka ega bo‘ladi. 
    Texnologiya darslarida badiiy bezashning dekorativ amaliy san’at turlaridan 
    naqqoshlik ko‘proq uchraydi. Naqqoshlik ishida yetakchilik rolini o‘ynovchi 
    mustaqil vazifaga ega emas, u faqat badiiy bezash ishlarining badiiy sifatini 
    boyitadigan omil bo‘lib xizmat qilishi lozim. Unda ishtirok etadigan elementar 
    tabiat ne’matlari (paxta, barg, gul, g‘uncha, anor, bodom, nok, olma, lola, kurtak va 
    xokozolar)ning formasidir. Dekorativ-amaliy san’at hisoblanadigan shunday 



    zamonaviy turlari ham mavjud. Misol uchun materiallarga badiiy ishlov berish, 
    payvandlash, bukish, chekanka qilish, qirqish, bo‘yash va laklash orqali ulardan
    turli buyumlar, ya’ni gullarga taglik va derazalarga panjara to’siq, yoritgich va 
    boshqa bezaklar yasash mumkin.
    O‘quvchilarning estetik tarbiyasini takomillashtirishda applikatsiya ishlari
    katta yordam beradi.Applikatsiya - baddiy asarlarni yaratishning eng sodda va oson 
    usulidir.Bunda tasvirning asosi sakllanadi. Bu applikatsiyadan fakat bezash 
    maksadidagina ko’rgazmali qurollar turli o’yinlar uchun qo’llanmalar o’yinchoqlar 
    bayroqlar suvinerlar devoriy gazetalar stendlar ko’rgazmalar va kastyumlarni 
    tayyorlash emas balki kartina pano naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng 
    qo’llash imkonini beradi.
    Dekorativ applikatsiya - u naqsh gullaridan tashkil topib alohida-alohida 
    tasvirlar shox qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilardan tarkib topuvchi 
    predmetli xodisa xarakatlar uyg‘unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo‘lishi 
    mumkin. 
    Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlanishida katta 
    ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani 
    boyitadi, kuzatuvchanlikni diqqat va tasavvurni aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi,
    rangni sezishni o‘stiradi.
    Har bir mashg‘ulotga o‘quvchilar oldindan tayyorgarlik ko‘rishadi. Har bir 
    mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerak bo’ladigan narsalarni 
    yozib oladilar. O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda 
    bo‘lishlari o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari materialni tejamkorlik bilan sarflashlari 
    vaqtidan to‘g‘ri foydalanishlari va ish joyini toza saqlashlari kerak. Barcha ish 
    turlarini ish daftarining o‘ng varag‘iga bajarish tavsiya etiladi. Yelim bilan ishlash 
    texnikasiga rioya qilishlozim.
    Applikatsiya 
    ishida 
    asosiy 
    material 
    qog‘ozdir.Dazmollangan 
    va 
    kraxmallangan gazmol bo‘laklaridan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan 
    bir katorda somon,quritilgan o‘simlik urug‘ va tabiiy materiallardan xam 
    foydalaniladi. 
    Dekorativ 
    applikatsiya 
    uzining 
    ornamentliligi 
    shaklining 
    umumlashganligi rangi bilan ajralib turuvchi tasvirlardir. Texnologiya darslarida 1-
    4-sinflarda asosanqog‘ozdan qilinadigan dekorativ applikatsiya keng qo‘llaniladi. 
    Applikatsiyaning bu turi bilan tabrik telegramalar, taklifnomalar bezatiladi. 
    Applikatsiya yasashda turli materiallardan foydalanish
    Qog‘ozdan 
    Gazlamadan 



    Urug‘lardan 
    Barglardan 
    Applikatsiya usulida tabriknomani bezash. 
    1-4-sinflarda o‘qitiladigan mavzularni amaliy mashg‘ulot jarayonida 
    dekoratsiya ishlarini amalga oshirish jarayonlaridan misollar keltiramiz. 
    Masalan, 2-3-sinflarda kviling dekokativ-amaliy san’atining dastlabki 
    bosqichlari o‘rgatiladi. O‘quvchiga o‘qituvchi ishni borish tartibi bilan har xil 
    metod, ko‘rgazmali qurollar orqali tanishtirib bo‘lgach, xavfsizlik texnikasi 
    qoidalarini ham eslatib o‘tadi. Amaliy olgan bilimlarini mustaqil ijod qilishlariga 
    sharoit yaratib beradi. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga tayanib, o‘quvchi mustaqil 
    fikrlaydi. Buyum yasashga hosil bo‘lgan moslashuvi natijasida yangi dekoratsiya 
    ishlarini amalga oshiradi. 
    Kviling yordamida tabriknomani bezash. 



    Shardan archa o‘yinchoqlarini yasash. 



    Yuqori sinflarda esa, barcha yo‘nalishlarda mavzularni o‘rgatilishida buyumni 
    bezash usullaridan foydalanish mumkin.
    Kashta usulida naqsh orqali 
    Zardo‘zi usulida naqsh orqali
    Quroq usulida naqsh orqali
    Applikatsiya usulida naqsh orqali
    Texnologiya va dizayn yo‘nalishida dekorativ buyumlarni yasash 

    Download 438.5 Kb.
      1   2




    Download 438.5 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

    Download 438.5 Kb.
    Pdf ko'rish