• Kalit sozlar
  • Eksperemental psixodiagnostikaning tarkib topishida proektiv metodikalarning o’rni ilmiy rahbar Jo'raqulova Dilfuza Farhodovna, talaba Sultonmurodov San'at Sobirovich




    Download 49.5 Kb.
    Sana22.04.2023
    Hajmi49.5 Kb.
    #53188
    Bog'liq
    EKSPEREMENTAL PSIXODIAGNOSTIKANING TARKIB TOPISHIDA PROEKTIV METODIKALARNING O
    cnt 8o4s4g4yvsbvah5f42h8il2rzu80tzupen09v4xgly3l7vszm2vxcme39b3s2l97295l2psceko, 11EDDF6FBDA39F84B9921E0008000075, Dilda dasturlash asoslari, 2 5460718091258310690, wordbook unit-10 keys, Одоб ахлоқ қоидаси 321 буйруқ Вилоят, 1-Mavzu, Sticking to a vegetarian diet may be partly genetic, 1-mavzu, AXBT fanidan amaliyot-1, 1-Topshiriq KX, 2-amaliy ish Mavzu Zararli dasturiy vositalarni aniqlash va ula-hozir.org, 2-Mustaqil ish mavzulari, Filiali 5330300-Axborot xavfsizligi(sohalar bo’yicha) yo’nalishi

    EKSPEREMENTAL PSIXODIAGNOSTIKANING TARKIB TOPISHIDA PROEKTIV METODIKALARNING O’RNI
    Ilmiy rahbar Jo'raqulova Dilfuza Farhodovna,
    talaba - Sultonmurodov San'at Sobirovich
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
    Psixologiya ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti
    Annotatsiya: Psixologiya fani va amaliyotida shaxsni o’rganishning proektiv metodikalari alohida o’z o’ringa ega. Rivojlanish tarixiga ega proektiv metodikalar bugungi kunda inson haqidagi psixologik bilim sohalaridan biri bo’lib, uni o’zlashtirmay Shaxs haqidagi yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin emas. Shaxsni tadqiq qilishning proektiv metodi proeksiyalarni aniqlash va tasvirlashga asoslangan.
    Kalit so'zlar: Proektiv metodlar, fan, amaliyot, psixologiya, rivojlanish, proektsiya, yaxlit qarash, tadqiqot usuli, shakllanish.
    Psixologiya fani va amaliyotida shaxsni o’rganishning proektiv metodikalari alohida o’z o’ringa ega. Rivojlanish tarixiga ega proektiv metodikalar bugungi kunda inson haqidagi psixologik bilim sohalaridan biri bo’lib, uni o’zlashtirmay Shaxs haqidagi yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin emas. Shaxsni tadqiq qilishning proektiv metodi proeksiyalarni aniqlash va tasvirlashga asoslangan.
    “Proeksiya” tushunchasi dastlab Z.Freyd tomonidan sub’ektning ongli va ongsiz tarzda ko’chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob’ektlarga nisbatan holatlarning mazmunini ifodalash uchun qo’llanilgan. Proeksiya -oldinga irg’itish, tashlash ma’nosini bildiradi. Shaxsni o’rganishning proektiv metodi eksperiment natijalariga asosan proeksiyalarni aniqlash va so’ngra ularni tahlil qilishni ko’zda tutadi.
    Proeksiya tushunchasini tavsiflash «Men»ning himoya mexanizmlari bilan uzviy bog’liq. Proektiv metodlar yordamida inson proeksiyalarining psixologik mexanizmlari o’rganiladi. G.S.Friman proeksiyani:
    1) ongsizlik holati, ya’ni insonning bu holatda boshqa kishilarning g’oya, qarash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o’ziga olishi sifatida;
    2) O’z Shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko’chirish sifatida;
    3) Qandaydir tajribaga asoslangan noto’g’ri xulosa chiqarish sifatida qaraydi, xislatlari namoyon bo’ladi. Proeksiya so’zli assotsiatsiyalar, tugallanmagan jumlalar, rasm va dog’lar, tekshiriluvchining chizgan rasmlari kabi verbal hamda rasmli metodlarning barchasini qo’llaganda kuzatiladi. Proektiv metodikalarga o’ziga xos eng muhim xususiyatlar quyidagilardan iborat:
    - nisbatan aniq tuzilishga ega bo’lmagan va turli-tuman javob berishga yo’l qo’yuvchi topshiriqlardan tashkil topgan;
    - bir xil mazmunga ega bo’lmagan, tarqoq, tartiblashtirilmagan qo’zg’atuvchilar Shaxs xususiyatlari, holati va muammolari uchun “ekran” vazifasini o’taydi;
    - Shaxsning yashirin, anglanmagan tomonlarini aniqlash va baholashga yondashuvning keng tarmoqliligi.
    Аmaliyotda shaxsni o’rganishning рroektiv metodikalar shaxsning xususiyatlari va intellektini o’lchashga yo’naltirilgan bo’lib, standartlashtirilgan metodlardan qo’zg’atuvchi materialning tabiatiga, respondent, ya’ni so’ralayotganlarning oldiga qo’yilgan vazifasiga va natijalarni qayta ishlash va sharhlash (interpretatsiya qilish) xususiyatiga ko’ra farq qiladi.
    Аmaliyotda shaxsni o’rganishda рroeksiya voqelikni, odamlarni, namoyon qilingan stimullarni idrok etish muayyan darajada Shaxsning psixik holati, ehtiyoj, motiv, ustanovkalariga asoslangan. Bunda voqelikni Shaxsning psixik holati, ehtiyojlari, xususiyatlariga mos ravishda tavsiflash tendensiyasi mavjud. Proeksiya anglanmagan psixologik mexanizm hisoblanadi, ya’ni proeksiya elementlari ongsiz tarzda idrok qilinadi.
    Proektiv metodikalarning asosiy, o’ziga xos xususiyati -foydalaniladigan stimullarning ko’p ma’noli, noaniq ekanligidir. Biroq, tekshiriluvchiga tavsiya qilinadigan stimul (rasm, rang, dog’, verbal axborot bo’lishidan qat’iy nazar) noaniq, ko’p ma’noli ekanligiga qaramay ob’ektiv xarakterga ega va sub’ekt tomonidan yaratilgan obraz yoki yuzaga kelgan vaziyatga kiritiladigan muayyan xususiyatlarga ega. Olingan natijalar tekshiriluvchi Shaxsi haqidagi bilimlar, uni psixologik jihatdan chuqur o’rganish asosida, shuningdek, psixodiagnostikaning boshqa metodlarini qo’llagan holda tavsiflanishi zarur.
    Proektiv diagnostikaning kelib chiqishi 1921 yilda G. Rorshax tomonidan Bernda, nemis tilida “Psixodiagnostika” asarining nashr qilinishi bilan bog’langan. O’zi rassom bo’lishiga qaramay, German Rorshax san’at va rassomlik tarixi bilan ko’proq qiziqardi. Unga ma’lum bo’lishicha, buyuk Leonardo da Vinchi o’z xayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt davomida kuzatish va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirar edi. Bu xususiyat, ya’ni atrofimizdagi predmetli dunyoni “jonlashtirish” barchaga, ayniqsa rassomlar va yosh bolalarga xos bo’lgan xususiyatdir.
    G. Rorshaxning taxminiga ko’ra, siyoh dog’lari, ya’ni ko’rishga yo’naltirilgan siyoh dog’lari motor (harakat) fantaziyalarini jonlantiradi.
    Hozirda proektiv metodikalarga bo’lgan e’tibor tobora ortib bormoqda, ularga bag’ishlangan ilmiy maqolalar soni 6000 dan oshib ketdi. Biroq, shu bilan birga ular tanqid uchun doimiy nishon bo’lib kelmoqda. Psixodiagnostikaning boshqa metodlaridan farqli ravishda proektiv metodikalar Shaxs xususiyatlarini miqdoriy emas, balki sifat jihatdan tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham ularning ishonchliligi va validligini tekshirish usullari ishlab chiqilmagan.
    L.Frank (1939,1948) birinchilardan bo’lib proektiv metodlarni quyidagicha tasniflagan:
    1.Konstitutiv metodikalar ― tekshiriluvchi unga taqdim etilgan qandaydir amorf, tartibsiz, tizimlashtirilmagan materialga sub’ektiv mazmun bag’ishlashi kerak bo’ladi.
    Bu guruh proektiv metodikalarga Rorshaxning “Siyoh do’g’lari metodikasi”, Vartegning “Doirachalar” metodikalarini kiritish mumkin.
    2. Konstruktiv metodikalar ― tajriba davomida tekshiriluvchiga tavsiya etilgan alohida qismlardan (shakllar, kubiklar) foydalanib muayyan mazmunga ega yaxlit bir butun ob’ekt hosil qilishi va uni sharhlashi lozim;
    3. Interpretatsion metodikalar ― tekshiriluvchi tavsiya etilgan lavha, voqea yoki hodisani sharhlab berishi so’raladi (TAT, AAT);
    4. Katartik metodikalar. Katartik so’zi “tozalash” degan ma’noni anglatadi.
    Psixoanalizda katarsis usulidan foydalanib shaxsning o’zidagi mavjud salbiy kechinmalarni qayta his qilishidan muhofaza qilinadi. Proektiv metodikalarning bu turida o’yin yoki psixodrama ko’rinishida tekshiriluvchi turli hayotiy vaziyatlarni aks ettirish orqali o’zining ichki kechinmalarini tashqariga chiqarishga muvaffaq bo’ladi (“Psixodrama”).
    5. Ekspressiv metodikalar ― tekshiriluvchi tasviriy faoliyat orqali yashirin, bosim ostida turgan motiv va munosabatlarini ifodalab beradi (yozuv, chizgan
    6. Impressiv metodikalarda tekshiriluvchi o’ziga tavsiya etilgan qo’zg’atuvchilardan yoqimli va yoqimsizlarini tanlashi kerak bo’ladi. Masalan, Lyusher testida tekshiriluvchi unga tavsiya etilgan 8 ta rangli kvadratlarni yoqish darajasiga ko’ra, tartib bilan joylashtirishi zarur bo’ladi. Ranglarning tanlangan o’rniga ko’ra, Shaxsning eng muhim ehtiyojlari haqida xulosa chiqariladi. (”Zondi testi”)
    7. Additiv metodikalar. Additivlik ― bir butun predmet yoki xususiyatning hajmiga xos jihat bo’lib, u kichik tarkibiy qismlarga bo’linsa ham mazkur sifat yoki xususiyat unga tegishli bo’lib qolaveradi. Proektiv metodikalarning bu turida tekshiriluvchidan boshlangan gap yoki hikoyani oxiriga etkazishi talab qilinadi. Bu metodikalar Shaxs hayotidagi o’zgarishlardan tortib xulq-atvor motivlari hamda yoshlarning jinsiy tarbiyaga munosabatigacha o’rganishi mumkin. (“Tugallanmagan gaplar”, “Tugallanmagan rasmlar”) Zamonaviy proektiv psixodiagnostikada qo’llaniladigan metodikalar juda ko’p.
    M.K. Akimovaning ta’kidlashicha, mazkur metodikalar keng tarqalgan bo’lib, ularning strukturalash, kostruksiyalash, interpretatsiyalash, to’ldirish, katarsis, ekspressiya va impressiyani o’rganishga mo’ljallangan turlari farqlanadi. U yoki bu proektiv metodikalardan foydalanish texnikasiga oid nashrlarning soni esa 6000 dan ortiq. Biroq ko’p hollarda proektiv metodikalarni ob’ektivligi etarli emasligi uchun tanqid qilishadi.
    Muayyan kamchiliklarining mavjudligiga qaramay proektiv metodikalarning tobora ommalashib borishiga sabab, birinchidan, tekshiriluvchi tomonidan qalbakilashtirish (falsifikatsiya) imkoniyatining kamligi; ikkinchidan, tekshiri-luvchi (ayniqsa bolalar bilan) aloqa o’rnatishning samaradorligidadir.
    Xulosa qilib aytadigan bo’lsak shaxs psixologiyasining proektiv metodikalarning o’rni va ahamiyati ilmiy Testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va o’lchash g’oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo’yilgan katta qadam. Proektiv metodikalar shaxsning xususiyatlari va intellektini o’lchashga yo’naltirilgan bo’lib, natijalarni qayta ishlash va sharhlash xususiyatiga ko’ra farq qiladi. Proeksiya voqelikni, odamlarni, namoyon qilingan stimullarni idrok etish muayyan darajada Shaxsning psixik holati, ehtiyoj, motiv, ustanovkalariga asoslangan.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



    1. Burlachuk L.F. Psixodiagnostika. - SPb.: Piter, 2002 yil

    2. Burchak A.F. Proektiv texnikaning imkoniyatlari chegaralarini nazariy o'rganish. Proektiv psixologiya / Ilmiy. ed R. Rimskaya, I. Kirillov; Per. ingliz tilidan M. Budynina va boshqalar - Moskva: Aprel matbuoti: EKSMO -Press, 2000 yil

    3. Evdokimov VI Aviatsiya mutaxassislari uchun psixologik diagnostikada proektiv metodlar - M.; Voronej, 2001 yil

    4. Romanova E.S. Psixodiagnostika - SPb.: Piter, 2008

    5. Sokolova E.T. Shaxsni psixologik tadqiq qilish: proektsion usullar. - M., TEIS, 2002 yil

    6. Tutushkina M.K. Amaliy psixologiya: Ed. Darslik 2001.

    Download 49.5 Kb.




    Download 49.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eksperemental psixodiagnostikaning tarkib topishida proektiv metodikalarning o’rni ilmiy rahbar Jo'raqulova Dilfuza Farhodovna, talaba Sultonmurodov San'at Sobirovich

    Download 49.5 Kb.