|
1-Mavzu: Axborot, axborot
|
bet | 1/2 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 136,56 Kb. | | #118039 |
Bog'liq 1-mavzu
1-Mavzu: Axborot, axborot jarayonlar, axborot uzatish va qabul qilish, qayta ishlash jarayonlari.
Reja:
Axborot
Axborotli jarayonlar
Axborot uzatish va qabul qilish, qayta ishlash jarayonlari
Axborot kommunikaciya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli
Axborot, axborot jarayonlar, axborot uzatish va qabul qilish, qayta ishlash jarayonlari.
«Axborot» so’zi kutilayotgan yoki bo’lib o’tgan voqеa, hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta’sir etib, ob’еktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi katеgoriya sifatida ishlatiladi. Kibеrnеtika, informatika fanida axborot voqеa - hodisa to’g’risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida qo’llaniladi.
Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob’еkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasi bilan uzviy bog’langan, lеkin har qanday ma’lumot axborot bo’lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma’noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma’lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma’lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa - hodisa to’g’risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
tеxnik axborot;
agrobiologik axborot;
siyosiy axborot;
xuquqiy axborot;
iqtisodiy axborot va boshqalar.
Axborotli jarayonlar. Axborot ustida hosil qilish, to’plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o’lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko’rinishga o’tkazish, tarqatish, bo’laklargaajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin.Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog’liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko’plari sizga tanish. Masalan, axborotni to’plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o’zlashtirish jarayonida, boshqa ko’rinishga o’tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar, tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko’p foydalandingiz. Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari bilan tanishasiz.
To’plangan axborotlardan kerak bo’lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo’yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi. Shu kabi axborot tashish vositalariga ko’plab misol keltirish mumkin.
Axborotni qayta ishlash va uzatish Axborotlarni qayta ishlash deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko’paytirish va ko’rinishlarini o’zgartirish uchun zarurdir. Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to’plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko’rinishdan boshqa, kerakli ko’rinishga o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.
|
| |