|
Oliy ta’lim,fan va
|
bet | 1/8 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 16,71 Mb. | | #132164 |
Bog'liq TUNGI YORITGICH YASASHh
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI
«Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turaqulov
«_ »
202
-yil
“Texnologik ta'lim”ta’lim yo‘nalishi
bosqich talabasi
NING
" " fanidan
“TUNGI YORITGICH YASHASH”
mavzusida yozgan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
Termiz 2023
KIRISH
I BOB. YORITKICHLARNING ZAMONAVIY TURLARI………..…………5
Yoritkichlar va ular haqida ma`lumot………………………………………….5
Yoritkichlarning zamonaviy vositalari………………………………………..12 II BOB. TUNGI YORITGICH YASASHNING NAZARIY VA AMALIY BOSQICHALARI ……………………………….……………………………. 16
2.1.Tungi yoritgich yashashning asosiy etaplari…………………………………..16 2.2." Tungi yoritgich yasash" mavzusida dars ishlanma……………………….….25 III.Xulosa……………………………………………………………….……….32 VI.Foydalanilgan adabiyotlar………………………...………………………...33 V.Ilovalar……………………………………………………………………. 36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida sanoatning mashinasozlik va metallarga ishlov berish sohalarida yuz berayotgan chuqur sifat o’zgarishlari ishlab chiqarish malakalariga oshirilgan talablar qo’yadi. SHu munosabat bilan o’quv-tarbiya jarayonining darajasini ancha oshirish zaruriyati tug’ildi, yoshlarga umumiy kasb ta’limi berishga o’tishni amalga oshirishda uning rolini oshirish vazifasi qo’yilgan, uning faoliyatida mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish, talabalarning fan asoslarini chuqur egallashini ta’minlash, ularda chuqur e’tiqodni, mehnatsevarlikni, axloqiy soflikni shakllantirish, Vatanimizga muhabbat va uni himoya qilishga tayyor turish ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Fan- texnika revolyusiyasi sharoitlarida ta’lim olayotganlarga ham, ta’lim berayotganlarga ham katta talablar qo’yiladi. Inson uchun zarur bo’lgan bilimlar hajmi keskin va tez o’sib borayotgan hozirgi sharoitlarda ma’lum bo’lgan narsalarnigina o’zlashtirib olishga suyanish kifoya qilmaydi. Talabalarga o’z bilimlarini mustaqil boyitish va ilmiy hamda siyosiy bilimlarning shiddatli oqimida mo’ljal bilan ish tutish o’quvini singdirish muhimdir.
Hozirgi yoshlarning faoliyati uning kasbiy mahoratiga aniq talablar qo’yadiki, ularning eng muhimlari quyidagilardir: chuqur umumta’lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik; kasbiy faoliyatning to’xtovsiz ravishda takomillashib borishi va uning natijasi — mehnat unumdorligining o’sishida va bajarilayotgan ishlarning sifatini oshirishda yuqori natijalarga erishish; o’z bilimini o’zi muntazam ravishda oshirib borishi, novatorlar va ishlab chiqarish ilg’orlarining ijobiy tajribalarini qidirish, o’rganish va ulardan ijodiy foydalanish. SHu boisdan ishlab chiqarish faoliyati jarayonida bilimlarni to’xtovsiz chuqurlashtirib borish bizning davrimizning eng muhim, ajralmas belgilaridan biri bo’lib qoladi. YOshlarga bilimlarning biror minimumini berishgina zarur bo’lib qolmasdan, balki ularga yangi qiyin muammolarni mustaqil hal etishga o’rgatish, haqiqiy novator bo’lish, mustaqil bilim olishga o’rgatish ham zarurdir.
Yuqorida aytib o’tilgan talablarga muvofiq o’z kasbiy mahoratini oshirish yuzasidan mustaqil ish qilish usulidir. To’la mustaqillik ko’rsatish asosida, ya’ni
bilim va o’quvlarni tatbiq etish, o’zo’zini o’qitish asosida, o’qituvchi yoki o’quv masterning - bevosita rahbarligisiz amalga oshirilganidagina aktiv fikrlash faoliyati borligi to’g’risida so’z yuritish mumkin
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohatlar, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalash, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni izchil tashkil eta oladigan, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
|
| |