|
Oliy ta’lim,fan va
|
bet | 6/8 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 16,71 Mb. | | #132164 |
Bog'liq TUNGI YORITGICH YASASHh
Dars yakunida o’quvchilar tungi yoritgich yashash malakasiga ega bo’ladilar.
O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlab jurnalga belgilash, o‘quvchilarning darsdagi tayyorgarligini va uyga vazifalarni tekshirish , guruhlarga bo‘lish.
Otilgan mavzuni mustahkamlash :
I guruh: o‘tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o‘tkazish, plakatda “Bahor” manzarasi tasvirlangan ,undagi daraxtda osilgan olmalarda savollar yozilgan. Guruhdan o‘quvchilar chiqib, olmalarni uzib savolarga og’zaki javob berishadi .
Bir yilda nechta fasllar mavjud va ular qaysilar ?
Mehnat darslarida biz qanday sanitariya – gigiyena talablari va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishimiz kerak ?
Yangi mavzu bayoni :
Qalam, chizg’ich, sirkul, quruq pastel, rangli qalam va qalam kukuni, yelimli pistolet, pichoq, qaychi, ombur, izolatsiya lentasi, sim, gultuvak, to’q qizil, yashil va och pushti rangli foamiran, silindr, yashil PVA yelimi, kapron, ip, paxtali tayoqcha, yog’och, cho’p, LED yortigichli girlyanda, svetodiod, svetodiodlar uchun ulagich, vilkali sim, rezistor, kavsharlagich va qalay, texnologik xarita, xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid yo’riqnoma.
|
| |