• Ishning borishi
  • Ii-mashg’ulot mavzu: O’simliklarga abiotik, biotik va antropogen omillar ta’sirini farqlash. 1 Kerakli jihozlar




    Download 377,18 Kb.
    bet1/3
    Sana15.12.2023
    Hajmi377,18 Kb.
    #119363
      1   2   3
    Bog'liq
    2-amaliy mashg\'ulot


    II-MASHG’ULOT

    Mavzu: O’simliklarga abiotik, biotik va antropogen omillar ta’sirini farqlash.


    1) Kerakli jihozlar:1. Dunyo va Yevrosiyo kontur xaritasi 2. leneyka. 3. o’chirgich. 4. qora qalam,5. rangli qalamlar,6. Sirkul, 7. o’simlik gerbariylari.8. Subtropik va tropik zona o’simliklarining rasmlari. 9. albom.
    Ishning borishi:
    1.Abiotik omillar haqida tushunchaga ega bo’lish. 2. Abiotik omillarning turlarini va o’simliklarga tasirini o’rganish. 4. Asosiy abiotik omillarni sanab beradi.5. O’simliklarni abiotik omillarga nisbatan guruhga ajrata oladi. 7. Rasmlarini albomga chizib o’rganish.
    O`simliklarning yer yuzasida tarqalishiga ta'sir etuvchi faktorlar (omillar) Yerda hayot bundan 1 milliard 700 million yil ilgari paydo bo`lgan deb taxmin qilinadi. Shu davr ichida dastlabki hujayragacha bo`lgan nihoyatda sodda organizmlar - bir hujayrali geterotrof va avtotrof organizmlar, taraqqiyotning so`nggi va eng yuksak bosqichida turgan gulli o`simliklar tashqi muhitning ta'siri hamda aksincha shu organizmlarning tashqi muhitga ko`rsatadigan ta'siri asosida rivojlanib kelgan. Ya'ni tashqi muhitning o`zgarishiga moslasha olgan o`simlik saqlanib qoladi.
    Demak, tashqi muhitning ta'sirisiz Yer yuzidagi tirik organizmlarning (shu jumladan o`simliklar) hayotini tasavvur etish mumkin emas. Tashqi muhit o`simliklarga uch xil - minimal, optimal va maksimal darajada ta'sir etadi. Optimal darajada ta'sir etuvchi tashqi ta'sir o`simlik hayotini normal o`tishini ta'minlaydi. Tashqi muhit odatda ekologik faktor deb yuritiladi. O`simliklarning Yer sharida tarqalishiga va rivojlanishiga ta'sir ko`rsatuvchi har bir tashqi muhit elementi ekologik faktordir. Ekologik faktor 3 gruppaga bo`lib o`rganiladi:
    1. Abiotik faktorlar. Bunga iqlim (issiqlik, yoruglik, havo oqimi yoki shamol, suv), tuproq va relef kabi faktorlar kiradi.
    2. Biotik faktorlar. Bunga o`simliklarning o`zaro ta'siri, shuningdek, o`simliklarning hayvonlarga va hayvonlarning esa o`simliklarga ta'siri kiradi.
    3. Antropogen faktor. Bunga o`simliklarga kishilarining ta'siri kiradi. Ba'zan tarixiy faktor ham alohida faktor sifatida ko`rsatiladi.
    Shuni ta'kidlash kerakki, birinchidan barcha ekologik faktorlar o`simliklar hayotiga doimo birgalikda (kompleks ravishda) ta'sir ko`rsatadi: ikkinchidan ularning ba'zilari bevosita, ba’zilari bilvosita (vositali) ta'sir etadi. Masalan, yorug`lik, issiqlik, suv, tuproqning kimiyoviy tarkibi, havo, o’simliklarning o`rilishi, mol boqilishi va yong’in kabilar bevosita ta'sir etuvchi faktorlardir. Bilvosita ta’sir etuvchi faktorlarga esa muayyan hududda umumiy iqlim sharoitining o`zgarishi, relef, tor jinslari va tuproq sharoitining o’zgarishi, boshqa o’simliklar guruhining ta’siri va hokazolar kiradi.



    Download 377,18 Kb.
      1   2   3




    Download 377,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii-mashg’ulot mavzu: O’simliklarga abiotik, biotik va antropogen omillar ta’sirini farqlash. 1 Kerakli jihozlar

    Download 377,18 Kb.