|
Ii-mashg’ulot mavzu: O’simliklarga abiotik, biotik va antropogen omillar ta’sirini farqlash. 1 Kerakli jihozlar
|
bet | 2/3 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 377,18 Kb. | | #119363 |
Bog'liq 2-amaliy mashg\'ulot2)Kerakli jihozlar: 1. Dunyo va Yevrosiyo kontur xaritasi 2. leneyka. 3. o’chirgich. 4. qora qalam,5. rangli qalamlar,6. Sirkul, 7. o’simlik gerbariylari.8. Subtropik va tropik zona o’simliklarining rasmlari. 9. albom.
Ishning borishi:
1. O’simliklaning rivojlanishi va tarqalishi haqida tushunchaga ega bo’lish. 2. Hayvonlarning o`simliklarga ko`rsatadigan ta'sirini o’rganish. 3. Rasmlarini albomga chizib o’rganish. Hayvonlarning o`simliklarga ko`rsatadigan ta'sirini barcha o`txo`r hayvonlarniig o`simliklar bilan ovqatlanishida, hasharotlarning o`simliklar gulini changlatishida, ba'zi hayvonlar (chumolilar, qushlar)ning o`simlik urug’-rmevalarini tarqatishda, ayrim o`simliklarning urug’-mevalari hayvonlarga ilashib tarqalishi va shunga o`xshash xollarda ko`rish mumkin. Hasharotlar yordamida ko`pchilik o`simliklar guli changlanadi va ularda urug`mevalar hosil bo`ladi. Masalan, MDH territoriyasida uchraydigan gulli o`simliklarning 80 foizi hasharotlar yordamida changlanadi.
O’simliklarning nomi I tur o`simlikda hosil bo`ladigan sitota yoki urug’ soni
1. Po`kak zamburug` II 000000000
2. Yerxina (bovista) zamburug`i 7000000000000
3. Machin o`simligi 1 671 600
4. Sho`ra 1 369 167
5. Ituzum s 214 200
6. Shumml s 100000-150000
7. qurtena 60000
Bedana, chumchuq, zog`cha, chug`urchuq va shunga o`xshash parrandalar ituzum, kurmak, itqo`yaoq kabi begona o`tlaraing urug`mevalari bilan ovqatlanadi, Ammo ularning. oshqozonida ko`pincha bu urug’lar hazm bo`lmay, najas bilan tashqariga chiqadi. Bunday urug’lar qulay vaziyatda tezroq va osonroq unib chiqib, kelgusi yili dalalarni o`t bosishiga sababchi bo`ladi. Yirik shoxli mollarni har yili bir joyda boqilishi natijasida shu yerdagi bir necha o`simlik turlarini yo`qotishiga, boshqalarini kamayishiga va uchinchi bir (qo`lansa hidli yoki zaharli) o`tlarni ko`payib ketishiga sababchi bo`lishi mumkin. Qoramollar yegan o`simliklarning urug’lari hazm bo`lmay, tezak orqali yangi-yangi dalalarga o`tishi mumkin. O`simliklar urug’ini xayvonlar tomonidan tarqalishi zooxoriya hodisasi deyiladi. Chumolilar yordamida tarqalgan o`snmliklar mirmekoxor o`simliklar deyiladi, umuman hayvonlar yordamida urug’mevalari tarqaluvchi o`simliklar zooxor o`simliklar deyiladi.
|
| |