IK R O M O V T.X., Q O ‘C H Q O R O V 0 ‘.R.
CHORVA, PARRANDA
VA BALIQ
MAHSULOTLARINI
YETISHTIRISH,
QAYTA ISHLASH
TEXNOLOGIYASI
«DAVR NASHRIYOTI»
TOSHKENT — 2013
www.ziyouz.com kutubxonasi
UO‘K: 641/642
KBK: 36.92
1 -5 3
1 - 5 3
Ikromov T.X., Qo‘chqorov 0 ‘.R.
Chorva, panranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish,
qayta ishlash texnologiyasi: Kasb-hunar kollejlari
uchun darslik. - T.: «DAVR NASHRIYOTI» MChJ,
2 0 1 3 ,- 2 2 4 b.
I. Muallifdosh.
0 ‘zbekiston 'Respublikasi Oliy va o'rta maxsus
ta'limi vazirligi, 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi,
0 ‘rta maxsus, kasb-hunar taMimini rivojlantirish institu-
ti tomonidan kasb-hunar kollejlarini «Chorvador fermer
xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish» yo'nalishi bo'yicha
o'quvchilar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-4227-1-1
UO‘K: 641/642
KBK: 36.92
ISBN 978-9943-4227-1-1
O «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2001
O «DAVR NASHRIYOTI» MChJ. 2013
www.ziyouz.com kutubxonasi
K I R I S H
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, ulardan
turli xil oziq-ovqat ishlab chiqarish kishilar uchun
muhim hayotiy ahamiyat kasb etadi. Chorva mahsu-
lotlaridan ayni mahalda tibbiyotda ba’zi davolash
ishlarida nihoyatda zarur bo‘lgan dori-darmonlar, sanoat
uchun turli texnik mahsulotlar hamda chiqitlaridan har
xil bezak va galanteriya mahsulotlari ham tayyorlanadi.
Odamlaming kundalik hayotini chorva mahsulot-
larisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada go‘sht va
go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarining tutgan
o ‘mi beqiyosdir. Rossiya tibbiyot fanlar akademiyasi
olimlarining tavsiyalariga qaraganda, har bir inson
uchun yiliga go‘sht o ‘rtacha m e’yori, go‘sht mahsu-
lotlari va moyni ham qo‘shib hisoblaganda, 80 kgni
tashkil etishi kerak ekan.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari inson hayoti uchun
nihoyatda qimmatli oqsil manbai bo‘lib, organizmni
plastik va energetik moddalar bilan ta’minlashda
hayotiy ahamiyat kasb etadi. G o‘sht oqsillari o ‘simlik
oqsillaridan birmuncha yuqori turadi. Binobarin, hay-
vonlaming oqsili va yog‘lari odamlaming kundalik
ratsionida ancha salmoqli o‘rin egallaydi. Shuning
uchun ham odamlaming hayvon oqsili va yog‘iga
bo‘Igan talabi kun sayin ortib bormoqda. Shunga ko‘ra,
o‘zbekistonda go‘sht va sut sanoatining rivojlanishiga
katta ahamiyat berilmoqda.
Hukumatimiz qarorlarida sut va go‘sht mahsulotlari
yetishtirishni oshirish bilan birga ulaming sifatini
yaxshilash, turlarini ko‘paytirish, tannarxini arzonlash-
tirish masalalari o ‘z aksini topgan. Shimingdek, yen-
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
gil sanoatimiz uchun muhim xom ashyo hisoblangan
hayvon terilari, mo‘ynasi, juni va hokazolaming sifati
ham yaxshilanishi lozim.
Go‘sht tarkibida barcha muhim elementlar tayyor
holda mavjud bo‘Iadi, ular inson organizmida moddalar
almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Go‘sht mi-
yaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: miya yaxshi rivojlanishi
uchun oziqni asosan go‘shtdan oladi.
MaMumki, har bir organizm o‘z faoliyati davomida
ma’lum miqdorda oqsil, yog‘, uglevod, tuz va vita-
minlar sarflaydi. Shu bilan birga, ana shu sarflangan
moddalaming o‘mi mintazam to‘ldirilib turilishi lozim.
Inson ratsionida uning organizmiga zarur hisoblangan
moddalar yetarli bo‘lishi kerak. Bu moddalar (oqsil,
uglevod, yog‘ va h.k.) Asosan organik va anorganik
birikmalardan tashkil topgani holda murakkab suv
aralashmasi sifatida organizmga tarqaladi.
Oqsil - mahsulotning asosiy tarkibiy qismi sifatida
turli aminokislotalardan tashkil topgan. Tibbiyot
olimlarining kuzatishlaricha, vazni 75-105 kg kela-
digan, katta yoshli odamlar kuniga o ‘rtacha 105-150 g
oqsil iste’mol qilishi lozim ekan. Bunday miqdordagi
oqsil asosan go‘sht, sut, baliq va tuxumdan olinadi.
Organizm uchun tez hazm bo‘ladigan va o‘zlash-
tiriladigan oqsillar hayvon tana muskullarida, aniqrog‘i,
ko‘ndalang targ‘il muskullarida ko‘proq uchraydi. Silliq
yassi muskullarda va biriktiruvchi to‘qimalar tarkibida
inson organizmi uchun nihoyatda zarur hisoblangan
(triptofan, lizin, tirozin va h.k.) Aminokislotalar ancha
kam miqdorda uchrashi aniqlangan. G o‘sht tarkibida
o‘rtacha 20 foiz oqsil uchrashi yetarlicha dalillar
asosida isbotlab berilgan. Inson organizmi uchun sut
mahsulotlarining tutgan o ‘mi go‘shtga qiyosan ol-
ganda deyarli farq qilmaydi. Binobarin, sut va go‘sht
mahsulotlarini yetarli darajada iste'mol qilish har bir
organizm uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
|