yetiluvchan zotlari, asosan: yirik oq cho‘chqa, Ukraina
cho‘l oq cho‘chqasi, mirgorod, breytov, liven, kalinin,
shimoliy sibir, berkshir kabilar hisoblanadi.
Y irik oq cho‘chqa zoti - Angliyada yaratilgan
bo‘lib, u Rossiyaga o ‘tgan asming 80-yillari olib
kelingan. Ular ustida tanlash va saralash ishlarini olib
borish natijasida o ‘lka sharoitiga yaxshi moslashib ket-
di va hozirgi vaqtda barcha respublikalarda boqiladi.
Bu zotning yaxshi boqilgan yiriklari 350-380 kggacha
tosh bosadi. Urg‘ochilari - 250-280 kg, ayrim hollarda
350 kg vaznga ega. Bo'rdoqiga boqilgan 6-7 oylik
bolalari 90-110 kgga yetadi. Go‘sht uchun boqilgan
cho‘chqalaming go‘sht chiqimi 73-78 foiz, sermoy
cho‘chqalamiki 87 foizgacha yetib boradi.
U kraina cho‘l oq cho‘chqasi - Ukraina janubida
cho‘l zonasida yaratilgan. Bu zot go‘sht-moy yo‘na-
lishiga mansub. Bu zot o‘zining mustahkam va pishiq
konstitutsiyasiga egaligi bilan yirik oq cho‘chqa zoti-
dan ajralib turadi. Ular yaylovda boqishga yaxshi
moslashgan. Erkaklarining vazni 300-350 kg, urg‘o-
chilari 220-250 kg. Bo‘rdoqiga boqilgan 9-12 oylik
bolalarining tirik vazni 180-200 kg atrofida bo‘ladi.