Elektronarkoz yordamida hushsizlantirish
usuli
ham mavjud bo‘lib, u keng qoMlaniladi. Bunda elektr
toki hayvonning boshi, bo‘yni va oldingi oyoqlaridan
yuboriladi. Yosh hayvonlami hushsizlantirish uchun
70-90 volt, yirik katta yoshlilari uchun 100-120 volt
quvvat va 6-12 sekund vaqt talab etiladi. Elektr toki
ta'sirida hushsizlantirilgan mol boks (kichik xonajning
ichiga yiqiladi, so‘ngra boks ochiladi va hayvon so‘yish
va nimtalash sexining poli ustiga tushadi va uning orqa
oyoqlari zanjir bilan bog'lanib, qonsizlantirish relsi (te-
mir osmajga ko‘tariladi.
36
www.ziyouz.com kutubxonasi
H ayvonlarni so ‘yish va qonsizlantirish
Mollami so'yish va tanasini nimtalash ishlari
qushxona, muzxonali kushxona va go‘sht kombinatlari-
da olib boriladi. Go‘sht kombinatlari mol so'yilgach,
uning go‘shtiga to‘liq ishlov beriladigan korxona
hisoblanadi.
Mollami kushxona yoki go‘sht kombinatiga olib
kelishda barcha, turli xil sharoitlar, ulaming salomat-
ligi, so‘yish oldidan ulami boqish, go‘shtini ishlash
tartibi, so‘yiladigan hayvon go‘sht sifatiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
So‘yish
uchun
keltirilgan
hayvonlar
yaxshi parvarish qilingan, oziqlantirilgan, yo‘lda to-
liqib qolmasligi va vazni pasayib ketmasligi lozim.
So‘yiladigan mollaming salomatligi yaxshi bo‘lishi
talab etiladi. Aks holda, uning ba’zi bir kasalligi
inson uchun ham xavfli hisoblanadi. Hayvon kasalligi
asosan ikki xil turda uchrashi mumkin. Birinchisi
mikroorganizmlar tomonidan vujudga kelsa (sibir ya-
rasi, manka, oqsil kasali, brutsellyoz, sil va boshqalar),
ikkinchisi gijjalardan kelib chiqadigan invazion (finnoz,
trixinoz kabi) kasalliklar hisoblanadi.
Kushxona yoki go‘sht kombinatiga so‘yish uchun
olib kelingan hayvonlar avval mol bazasiga yuboriladi,
u yerda mollar qabul qilinib, veterinariya vrachi
tomonidan tekshiriladi. So‘ngra hayvonlar turi, jinsi,
yoshi va oriq-semizligiga qarab gumhlarga ajratiladi
va so‘yish oldidan asraladigan bazaga o ‘tkaziladi. Bu
yerda qoramol va qo‘y-echkilarga so‘yishgacha bir kun,
cho‘chqaga esa 12 soat oziq berilmaydi va hayvonlarga
so‘yishdan oldin dam beriladi.
Hayvonlarga so‘yishdan oldin oziq berilmasligiga
asosiy sabab ulaming oshqozon-ichak yo'lini tozalash-
dan iborat. Aks holda go‘sht nimtalanayotganda
ifloslanishi yuz berishi mumkin.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
So‘yishdan oldin charchagan mollarda qonning
oqib chiqishi qiyinroq bo'ladi, bimdan tashqari, ichki
organlarida mikroorganizmlar to'planadi va ular ichak-
dan qonga va qon orqali organizmga tarqalishi mumkin.
Binobarin, hayvonlarga dam berish ko‘p ijobiy natija
beradi. Bundan tashqari, charchagan molning go‘shti
sifatsiz bo‘ladi.
Hayvonlami qabul qilishda ular orasida kasallari
bo‘lsa, yoki gumon qilinganlari izolyatorga yuboriladi,
yoki ular sanitariya kushxonasida so‘yilishi mumkin.
Kasalligi gumon qilingan mollar asosan karantinga qo‘-
yiladi.
Qoramol, qo‘y va cho‘chqalami so‘yish tartibi
asosan bir xil bo‘lib, faqat ayrim bosqichlari bilan bir-
biridan farq qiladi.
Qoramollami so‘yish tartibi quyidagicha amalga
oshiriladi: molni hushsizlantirish (karaxtlash), qonsiz-
lantirish, terisini shilish, ichki organlarini olish,
tanani teng ikkiga bo'lish, nimtalami tozalash, hamda
tamg‘alash (muhrlash)dan iborat.
So‘yilgan molning quloq, bumn va lablari atrofidagi
terisi kesib olinadi, so‘ng bosh terisi o ‘ng burun
katagidan chap shoxgacha shilib olinadi. Tomog‘idagi
kesik pastki labidagi halqasimon kesikkacha yetkaziladi
va boshining qolgan qismidagi terisi shilinadi, so‘ngra
birinchi bo‘yin umurtqasi bilan ensa suyagi orasidan
kesilib, bosh tanadan ajratiladi.
Qonsizlantirish. Mollar yotqizilgan yoki osib
qo‘yilgan holda qonsizlantiriladi. G o‘sht kombinatlarida
asosan mollami osib, vertikal usulda qonsizlantirish
usuli qo‘llaniladi. Qoramollaming tanasidan vazniga
ko‘ra 4,2 foiz qon chiqsa, u qonsizlantirilgan bo'ladi.
Lekin bu miqdor hayvon tanasidagi umumiy qon
miqdorini 40-65 foizini tashkil etadi. Qonsizlantirish
ishlari 6-8 minut davom etadi.
38
www.ziyouz.com kutubxonasi
|