Agar hayvonlar noto‘g ‘ri hushsizlantirilgan bo‘lsa,
ularda yurak urishi davom etadi,
bu esa tanani qon-
sizlantirishda katta qiyinchiliklarga olib keladi. Le-
kin ko‘plab mutaxassislaming fikricha, hayvonlami
hushsizlantirganda,
ulaming yuragi urishi davom
etayotganida tanani to‘la qonsizlantirish lozimdir.
Hayvonlami hushsizlantirishning bir necha usullari
bo‘lib, hammasida ham agar hayvon qonsizlantirilmasa,
oradan bir necha minut o ‘tgach u yana o ‘ziga keladi.
Bolg‘a bilan urib hushsizlantirish. Bunda og‘irligi
2 kg va dastasi 1 m bo‘lgan bolg'adan foydalaniladi.
Bunda molni chap qulog‘idan o‘ng ko'ziga va o‘ng
qulog'idan chap ko‘ziga o ‘tgan chiziqlaming kesishgan
yeriga bolg‘a bilan uriladi.
Urish kuchi bosh suyagi-
ni shikastlamasdan, faqat
miyasi molekulyar aloqasini
o‘zgartira olishi yetarli hisoblanadi.
Otuvchi a p p arat bilan hushsizlantirishda to‘p-
ponchadan foydalaniladi. Unda diametri 9 mm bo'lgan
gazsiz sochma o ‘q solinib, hayvonning miyasiga
otiladi. Miyaga kirgan o‘q hayvonni hushsizlantiradi.
Bunda yurakning urishi davom
etadi va qonsizlantirish
jarayoni yaxshi natija beradi.