• Tanani nimtalash
  • Qo‘y tanasi nimtalanmay butunligicha chiqari- ladi.
  • So‘yiIgan hayvon tanasini va nim talarini tozalash
  • Terini shilib olish ishlari




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/141
    Sana16.09.2024
    Hajmi5,56 Mb.
    #271209
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141
    Bog'liq
    Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

    Terini shilib olish ishlari 
    ko‘plab kushxonalarda 
    mollar vertikal osib qo‘yilganida amalga oshiriladi. 
    G o‘shtning sifati sanitariya jihatidan yaxshi bo‘lishi 
    uchun kushxonalarda terini shilish va tana (to‘sh) 
    ga dastlabki ishlov berishda turli vositalar (ilmoq, 
    blok ustidan o ‘tkazilgan arqon va h.k.lar)dan keng 
    foydalanib kelinmoqda.
    Terini tanadan shilib olish uchun tananing biqin- 
    lariga qalin taxta qo‘yilib tana chalqanchasiga yotqi- 
    ziladi. Keyin oldingi va orqa oyoqlarining hamda qorin 
    va ko‘krak qismining terisi shilinadi.
    Tana boshqa qismlarining terisi maxsus baraban- 
    larda yoki qo‘lda shilib olinadi. Bunda tanaga shikast 
    yetmasligi (teri osti yog‘i buzilmasligi) lozim. Agar 
    cho'chqa go‘shti dudlatish maqsadida (son go‘shti, ru- 
    let va boshqalar tayyorlanadigan) bo‘lsa, terisi shilib 
    olinmaydi, qaynoq suvga botirib olib juni yulingandan 
    so‘ng, tana qillari pechda kuydiriladi. Ichki organlar teri 
    shilib olingan yoki juni yulingandan keyin (cho‘chqa 
    tanasidan) olinadi. Bunda ichki organlarining yorilib 
    ketishiga va go‘shtning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik 
    kerak.
    Tanani nimtalash 
    uchun orqa umurtqa bo‘ylab 
    uzunasiga, ikki nimtaga bo‘linadi. Bunda orqa miyani 
    shikastlantirmasdan saqlab qolish uchun umurtqaning 
    o‘rta chizig‘idan biroz chetdan qirqiladi. Tana to‘g ‘- 
    ri chiziq bo‘ylab bo‘linishi lozim, aks holda, mikroor- 
    ganizmlar rivojlanib, go‘sht tez buzilishi mumkin.
    Qo‘y tanasi nimtalanmay butunligicha chiqari-
    ladi.
    Nimta yoki tanani yuvish va tozalash - uning tashqi 
    ko‘rinishini yaxshilaydi va uzoq vaqt buzilmasligini 
    ta'minlaydi.
    39
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    So‘yiIgan hayvon tanasini va nim talarini
    tozalash
    Tanani tozalashda dum, buyrak, buyrak atrofidagi 
    yog‘, go‘shtdagi qontalash joylar, qotib qolgan qon, 
    shikastlangan qism, orqa miya va boshqalar olib 
    tashlanadi.
    Qo‘y tanasini tozalashda, odatda, dumi olib tash- 
    lanmaydi, buyrak va buyrak atrofidagi yog‘lar ham 
    qoladi. Yuvish ishlari mol tanasi yoki nimtasini turli 
    ifloslikdan iliq suv bilan bosim ostida olib boriladi.
    Tozalangan mol va cho‘chqa nimtalariga va qo‘y 
    tanasiga veterinariya nazorati tamg‘asi va semizlik 
    kategoriyasi, yoshi va go'sht qanday maqsad uchun 
    mo‘ljallanganligini ko‘rsatuvchi belgilar bosiladi.
    Mol so‘yilib bo‘lgach, go‘shtdan tashqari subpro- 
    duktalar deb nomlangan ikkinchi darajali mahsulot- 
    lar - jigar, buyrak, yurak,. til, kalla, dum, qizilo‘ngach 
    va boshqalar bo‘ladi.
    Yilqi, qo‘tos va bug‘ulami so‘yish va go‘shtini 
    dastlabki ishlash ham qoramollami so‘yish va dastlabki 
    ishlash tartibida oalib boriladi.
    Mamlakatimiz go‘sht korxonalarida molni so‘yish 
    va dastlabki ishlashning barcha bosqichlarida qat’iy 
    veterinariya nazorati o‘matilgan. Binobarin, inson 
    uchun zararli bo‘lgan kasal molning go‘shtini sotishga 
    mxsat berilmaydi.
    Kasal molning go‘shti uning qanday kasal bilan 
    og'riganligini va kasalning zo‘rayish darajasiga qarab 
    yo iste'mol uchun butunlay yaroqsiz yoki shartli 
    yaroqli, yoki ayrim hollarda iste'mol uchun yaroqli deb 
    belgilanadi. Jumladan, sibir yarasi, manka, shuning- 
    dek, sil va kuchli finnoz bilan og‘rigan oriq molning 
    go'shtini ovqatga ishlatish qat’iy man qilinadi. Bunday 
    go‘shtlar ko‘mib tashlanadi yoki utilga topshiriladi. 
    Brutsellez va oqsil kasalligiga uchragan hayvonlar,
    40
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    hamda kuchsiz finnoz va sil kasalligiga uchragan, le- 
    kin oriqlamagan molning go‘shti ovqat uchun shartli 
    yaroqli hisoblanadi. Bunday go‘shtlami sterilizatsiya 
    qilib yoki ayrim hollarda tuzlab va past haroratda 
    zararsizlantirilgandan keyin sanoatda qayta ishlash 
    (kolbasa va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun 
    ishlatiladi) mumkin. Faqat ichki organlari kasallangan 
    yoki sil va oqsil kasalligiga chalingan hayvonlar, 
    shuningdek, so‘yishdan bir sutka davomida istmasi 
    bo‘lmagan mollaming go‘shti ovqat uchun yaroqli deb 
    topiladi.

    Download 5,56 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish