TEMIR UGLERODLI VA PO‘LATLARNING TURLARI, ISHLATILISHI. LIGERLANGAN PO‘LATLAR
REJA:
Pо‘lat tо‘g‘risida umumiy ma’lumot.
Pо‘latlarning turlanishi va markalanishi.
Maxsus pо‘latlar.
Legirlangan pо‘latlarning tarkibiga kiruvchi elementlar
Legirlangan pо‘latlarning markalanishi
Tayanch tushunchalar:
St - stal ya’ni pо‘lat ma’nosini bildiradi.
Kp ~ kipyashiy - kaynaydigan
Mn - margenets, B-bissemer, K – konvertor usulida pо‘lat olish.
Legirlovchi element-suyuq metallning tarkibiga qо‘shilib uning xossalarini о‘zgartiruvchi modda.
Pо‘lat tо‘g‘risida umumiy ma’lumot
Metallurgiya zavoddarida temir rudalaridan avval chо‘yan, chо‘yandan esa pо‘lat ishlab chiqariladi. Uglerodli pо‘latlarning asosi temir (97-99,5%) bо‘lganligi bilan unda ma’lum miqdorda (Mn,S,Si,P,N) va ba’zi tasodifiy qо‘shimchalar (Cr,W,Cu) va boshqa elementlar xam bо‘ladi. Temir uglerod qotishmalarining xossalariga uglerodning ta’siri juda katta. qotishmada uglerod miqdori ortgan sari uning puxtaligi ortib, plastikligi kamayib boradi.
Uglerodli pо‘latlarda doimo bо‘ladigan elementlar mikdori ma’lum
darajada, masalan: Mn-0,7%, Si-0,5%, R-0,005%, S-0,05% dan oshmasligi kerak.
Mashinasozlikda ishlatiladigan pо‘latlar ishlatish soxalariga va kimyoviy tarkibiga kо‘ra tubandagi guruxlarga bо‘linadi.
Ishlatilishiga kо‘ra:
Konstruksion pо‘latlar
Asbobsozlik pо‘latlar
Kimyoviy tarkibiga kо‘ra:
Uglerodli pо‘latlar
Legirlangan pо‘latlar