Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/141
Sana16.09.2024
Hajmi5,56 Mb.
#271209
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

Mollarni so‘qimga
boqishda ular ratsionida ma’lum miqdorda osh tuzi
ham bo‘lishi lozim.
Mollami go‘shtga boqishni jadal usulda olib 
borish qisqa vaqt ichida yuksak darajada sifatli go‘sht 
yetishtirish bilan bir qatorda mol organizmidagi 
barcha imkonini go‘sht tayyorlashga yo‘naltiriladi. 
Yosh hayvonlari esa bir vaqtni o ‘zida ham o ‘sadi, 
ham semiradi. Bu borada mollami so‘qimga boqish 
tadbirlarini sanoat asosiga ko‘chirish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu degani, yirik ixtisoslashtirilgan yuksak 
ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan sanoat tipidagi 
komplekslarda hozirgi zamon ilg‘or texnologiyasi 
asosida mahsulot yetishtirishdan iborat.
Mol go‘shti yetishtirishga ixtisoslashgan komp- 
lekslar barcha turdagi fermalardan o ‘zining texnolo- 
giyasi va mexanizatsiya darajasi, hamda mehnat 
unumdorligi yuksakligi, mahsulot tannarxining arzon- 
ligi bilan farq qiladi. Boshqacha aytganda, barcha 
texnologik ishlar insonning qo‘l mehnatisiz, avtomatlar 
va mexanizmlar yordamida bajariladi. Jumladan, mol- 
xonalami isitish, yem-xashak tarqatish, mollami sug‘o- 
rish, go‘ng chiqarish va h.k.lami ko ‘rsatish mumkin.
Mollami go‘shtga boqishda, albatta, o ‘lka xususiyati, 
iqlim sharoiti, boqishning ilg‘or va zamonaviy usullari 
diqqat markazida bo‘lishi talab etiladi.
M a’lumki, go‘sht kombinatlari va kushxonalar 
so‘yish uchun barcha turdagi chorva mollami jamoa, 
shirkat va davlat xo‘jaliklaridan, bo‘rdoqichilik ferma, 
hamda barcha turdagi davlat, shuningdek, fermer 
xo‘jaliklaridan sotib oladi.
Hayvonlami jadal usulda go‘shtga semirtirish ko‘p 
va sifatli go‘sht yetishtirishda muhim omil hisobla- 
nadi. Hayvonlami go‘shtga boqish asosan ikki xil 
usulda bajariladi. Birinchisi - hayvonlami bog‘lab
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki bog‘lamasdan maxsus ajratilgan xona yoki 
maydonchalarda guruhlab, qo‘ldan yem-xashak be- 
rib boqish hisoblanadi. Ikkinchisi - hayvonlami yay- 
lovda yayratib boqishdan iborat. Shunday qilib, 
so‘yishga topshiriladigan mollar yirik vaznli, semiz va 
go‘shtdorlik belgilari yaxshi ifodalangan bo‘lishi lozim. 
Agar mollaming semizlik darajasi o‘rtacha semizlikdan 
past bo‘lsa va buzoqlar nihoyat oriq b o isa, ulami 
so'yish uchun qabul qilinmaydi. Ayrim hollarda, agar 
xo‘jalikda ulami semirtirish imkoni boim asa, bunday 
mollar qabul qilinishi mumkin.
Mollami go‘shtga semirtirishdan asosiy maqsad 
ular vaznini oshirish bilan bir qatorda go‘sht sifatini 
yaxshilash va miqdorini ko‘paytirish hisoblanadi. 
Agar hayvonlar yuqori darajada semirtirilsa, ulaming 
dastlabki tirik vazni o‘rtacha 25-30 foizga ortadi. 
Shunga ko‘ra ulaming go‘sht chiqimi ham ko‘payadi, 
go‘sht sifati yaxshilanadi, mazasi yuqori darajada 
bo‘ladi.
Sifatli go‘sht yetishtirish uchun asosan 1,5-2,5 yosh- 
li novvoslar go‘shtga semirtiriladi. Bunday mollami 
bir vaqtning o ‘zida o ‘sishi va rivojlanishi davom etadi, 
hamda go‘shtdorlik xususiyatlari yuksalib boradi. 
Ayniqsa, muskulaturasida go‘sht miqdorining ortishi 
jadallashadi. Yirik, katta yoshli mollami go‘shtga 
semirtirishda dastlab ular tanasida, ayniqsa, ichki 
organlari atrofida va teri ostida ko‘p miqdorda moy 
to‘planadi. Binobarin, ulaming semirishi muskul to ‘qi- 
ma va tolalarining kengayishi va o‘sishi hisobiga 
amalga oshadi.
G o‘shtga semirtiriladigan novvoslar maxsus mol- 
xonalarda, talab etilgan harorat, namlik yaratilgan 
holda saqlanadi. Xonalarda ventilyatsiya bo‘lishi talab 
etiladi. Mollarga yem-xashak tarqatish, oziqlantirish 
markazdan boshqariladi. Binobarin, yem-xashak oziq 
tarqatgich yordamida to‘ppa-to‘g ‘ri mollaming oxuriga
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


solinadi. D ag'al oziq, ildiz mevalar oziq maydalagichda 
maydalanib, boshqa turdagi yem-xashaklar bilan omixta 
qilingan holda, to‘yimliligini yuqori darajaga ko‘tarib, 
so‘ng hayvonlarga tarqatiladi.
Hayvonlami sug‘orish ishlari gumh holda avtomatik 
sug‘orgichlar yordamida bajariladi. Xonani tozalash, 
dezinfeksiyalash va suyuq go‘ngni chiqarib tashlash 
ishlari ham mexanizatsiya gardaniga yuklanadi. Shu- 
ningdek, barcha turdagi zooveterinariya tadbirlari, 
kompleks mexanizatsiya qo‘l mehnati sarfini tejash, 
mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini arzonlash- 
tirish va, nihoyat, hayvonlami jadal holda semirti- 
rib, yuqori konditsiyada go‘shtga topshirish imkonini 
beradi.

Download 5,56 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish