Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/141
Sana16.09.2024
Hajmi5,56 Mb.
#271209
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

Muskul to‘qimasi 
- boshqa to‘qimalarga qaraganda 
eng muhim to‘qima hisoblanadi. Uning asosiy xusu- 
siyati - qisqarishi hisoblanadi. Muskul to‘qimasi asosan 
uch gumhdan iborat, ya'ni silliq, ko‘ndalang yo‘l-yo‘l 
va yurak muskul to‘qimasi.
Silliq muskul to‘qimasi - uzunligi 500 mikrongacha, 
bir yadroli, qobig‘i aniq ko‘rinmaydi. Ovqat hazm qi- 
lish va nafas olish organlari, taloq va boshqalar silliq 
muskul to‘qimadan tashkil topgan.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


K o‘ndalang yo‘l-yo‘l muskul to‘qimasi - skelet 
muskulini tashkil etadi. U yuksak oziq qimmatiga ega. 
U to‘la qimmatli oqsilga boy bo‘ladi. U hayvonni oriq- 
semizligiga ko‘ra tananing 50-70 %ini tashkil etishi 
aniqlangan. Bu muskul to‘qimalaming uzunligi 15 sm, 
kengligi 2 mikrongacha bo‘ladi.
Yurak muskul to‘qimasi - noparallel joylashgan va 
bir-biri bilan o‘zaro juda ko‘p o‘simtalar orqali bog‘- 
langan, bir yadroli tolalardan iborat bo‘lib, ular zich 
joylashgandir.
Biriktimvchi to‘qima - hayvon tanasida ko‘p miq- 
dorda uchraydi va u organizm qismlarini bir-biriga 
bog‘Iash xususiyatiga ega. U hujayra va yaxshi taraqqiy 
etgan hujayralararo moddadan tashkil topgan. Bu 
to‘qima bir qancha to‘qimalarga bo‘linadi. Masalan, re- 
tikulyar, zich, g ‘ovak, qayishqoq, yog‘, kemirchak, su- 
yak, qon va limfa to‘qimalari shular jumlasidandir.
Nerv to‘qimasi - barcha to‘qimalar orasida bo‘lib, u 
asosan bosh va orqa miyada joylashgan. Nerv to‘qimasi 
nerv hujayrasi, nerv tolasi va nerv bog‘laridan tashkil 
topgan. Nerv to‘qimasi limfa, limfa tugunchalari va 
tomirlar tanada juda oz miqdorda (0,65% gacha) bo‘lib, 
oziq ahamiyatiga ega emas.
Skelet tuzilishi. Skelet hayvonlaming tayanch 
vazifasini bajaradi. U bosh suyagi, tana va oyoq-qo‘l 
suyaklaridan tashkil topgan. Bosh suyagiga miya, bu- 
mn, og‘iz bo‘shliqlari, eshitish va ko‘rish organlarini 
hosil qiluvchi suyaklar kiradi. Tana suyagiga umurtqa 
pog‘onasi, qovurg‘a va ko‘krak qafas kiradi. Qo‘l-oyoq 
suyaklari - old va orqa suyaklardan iborat.
Umurtqa pog‘onasi o ‘zaro paylar bilan birikkan 
alohida umurtqalardan iborat. Umurtqada tana, ikki 
o ‘simta va qirrali o'sim ta b o iad i. Umurtqalar bo‘yin, 
ko‘krak (orqa), bel, dumg‘aza va dum umurtqalariga 
boiinadi.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qoramol va qo‘y-echkilarda orqa umurtqa 13 ta, 
cho‘chqada 14 ta boiadi. Qoramol va qo‘y-echkilarda 
bel umurtqasi 6 ta, cho‘chqada 4 ta. Ular o ‘sib dum- 
g‘aza suyagini hosil qiladi. Dum umurtqasi 18-20 ta, 
cho‘chqada 20-26 ta b o iish i aniqlangan.
Qovurg‘a ko'krak suyagi bilan yoki o ‘zaro birikuv- 
chi uzun, sal egilgan, juft-juft joylashgan yassi suyak- 
dan tashkil topgan. Har bir juft qovurg‘aning soni orqa 
umurtqaning soni bilan baravar boiadi. Past qismidan 
ko‘krak suyagiga ulangan qovurg‘alar chin qovurg‘a 
deyiladi. Oxirgi qovurg‘alar bir-biri bilan ulanadi va 
ular yolg‘on qovurg‘a deyiladi.
Qoramol va qo‘y echkilarda 13 juft qovurg‘a boiib, 
ulardan 8 tasi chin qovurg‘a, 5 tasi yolg‘on qovurg‘a 
hisoblanadi, cho‘chqada 14 ta qovurg‘a, 6 tasi chin va 8 
tasi yolg‘on qovurg'a boiadi.
Ko'krak (to‘sh) suyagi - ayrim to ia suyakka aylan- 
magan qismlar - segmentlardan iborat. Ko‘krak suyagi- 
ning old qismi tayanch, keyingi qismi esa xanjarsimon 
o‘siq deyiladi.
Oldingi oyoq suyaklari - kurak, yelka suyagi, yelka 
oldi suyagi va panjaralami o ‘z ichiga oladi. Kurak, yas- 
si suyakdan iborat, uning yuqori keng qismi pay bilan, 
pastki qismi yelka bilan ulanuvchi va kurak yelka 
bo‘g ‘ini hosil etuvchi boshqa siyak bilan tamomlanadi.
Orqa oyoq suyagi - tos suyagi, son suyagi, boldir 
suyagi va tovon suyaklarini o ‘z ichiga oladi. Son suyagi 
skeletdagi eng yirik naysimon suyak hisoblanadi. Uning 
ustki uchi yonbosh suyagiga birikadi, pastki uchi esa 
tizza bo‘g‘inini hosil etib, boldir suyagi bilan ulanadi.

Download 5,56 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash

Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish