Mol tanasining muskulaturasi




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/141
Sana16.09.2024
Hajmi5,56 Mb.
#271209
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   141
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

Mol tanasining muskulaturasi. 
Mol tanasining 
muskulaturasi muskul to ‘qimalaridan tashkil topgan. 
Molning muskuli jismoniy ish bajaradi. Bu bilan ske- 
let suyaklarini harakatlantiradi. Muskul skeletga paylar 
yordamida birikkan bo‘lib, u ichki organlami tutib 
turadi. Muskullar katta-kichikligiga qarab uzun, keng,
47
www.ziyouz.com kutubxonasi


qisqa va halqasimon shakllarga bo‘linadi. Uzun mus- 
kul, asosan umurtqa pog‘onasi va oyoq-qo‘l bo‘ylab 
joylashgan bo‘ladi, keng muskul qorin va ko‘krak 
qismida, qisqa muskul bo‘yin, orqa va bel umurtqalari 
orasida, halqasimon muskul esa og‘iz bo‘shlig‘i va ko‘z 
kosasida joylashadi.
Og‘ir jismoniy ish bajaradigan molning musku- 
li dag‘al bo‘lib, zich biriktiruvchi to'qima pardasi va 
qattiq muskul tolalarini o ‘z ichiga oladi, aksincha, og‘ir 
ishga solinmagan molning muskulida biriktiruvchi 
to‘qima kam va go‘shti yaxshi ta’mli, nafis, yumshoq 
va lazzatli bo‘ladi.
Mol muskulaturasi - bosh muskuli, bo‘yin, oldingi 
oyoq, tana va orqa oyoq muskullariga bo‘linadi. Bevo- 
sita teri ostida skelet suyagiga bog‘lanmagan keng 
plastinkasimon teri osti muskuli joylashgan bo‘ladi.
Bosh muskuli - yuz va kovshov muskullarini o ‘z 
ichiga oladi.
Bo‘yin va oldingi oyoq muskullari - har xil chu- 
qurlikda joylashgan bir necha muskullardan iborat.
Tana muskuli - umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi 
va qorin bo‘shlig‘i muskullarini o‘z ichiga oladi.
Umurtqa pog‘onasi muskuli - bir qancha qisqa va 
uzun muskullardan iborat. Umurtqa tanasi ostida -
oxirgi ko‘krak va bel umurtqalaridan to yonbosh suya- 
gigacha katta va kichik bel muskullari boTadi, ular 
go‘shtning eng qimmatli qismi hisoblanadi.
Ko‘krak qafasi muskuli - dastlabki ko‘krak umurt- 
qalari atrofidagi qovurg‘a usti va ular orasidagi mus- 
kullami o‘z ichiga oladi. Ular birmuncha qalinlikda 
boTib, yog‘ hamda biriktiruvchi to‘qima pardalari ko‘p 
boTishi bilan farq qiladi.
Qorin bo‘shlig‘i muskuli - qatlam-qatlam boTib, 
turli yo‘nalishda joylashgan keng yupqa muskullardan 
iborat.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi


Orqa oyoq muskuli - bir necha yaxlit muskuldan 
iborat. Tos suyagi va son suyagining yuqori qismi 
atrofidagi muskullar mayin konsistentsiyali, marmar- 
simon va yaxshi ta’mli bo'ladi. Shunday qilib, sifatli 
go‘sht tananing boshdan uzoq va umurtqaga yaqin 
qismlariga joylashgan bo‘ladi.

Download 5,56 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   141




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish