|
Аxborot tizimlar, ularning arxitekturas
|
bet | 1/3 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 42,95 Kb. | | #153602 |
Bog'liq 6 S
Аxborot tizimlar, ularning arxitekturas.
Аxborot tizimidan oldin "Tizim nima?" degan savolga javob beraylik. Tizim (sistema) deb, yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit ham o’zaro bogʼlangan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmuasiga aytiladi.
Turli elementlardan tashkil topgan turli maqsadlarga xizmat qiluvchi tizimlarga misollar keltiramiz:
T.n Tizim turi Tizim elementlari Tizimning asosiy maqsadi.
1 Korxona Odamlar, qurilmalar, materiallar, bino va x.k Mahsulotlar ishlab chiqarish.
2 Kompьyuter Elektron, elektro mexanik qurilmalar. Maьlumotlarni qayta ishlash
3 Telekommunikatsion tizim Kommunikatsiya vosita-lari, elementlar, aloqa kanallari, qurilmalar Аloqa kanallarini o’zaro bogʼlash va maьlumot almashinuvini taьminlash.
4 Аxborot tizimi Kompьyuterlar, kompьyu-ter tarmoqlari, odamlar, axborot usulidagi das-turiy taьminot va boshqalar. Аxborotlarni avto-matlashgan holda qayta ishlash.
Informatikada "tizim" tushunchasi ko’proq texnik vositalar va dasturlar to’plamiga nisbatan ishlatiladi. Kompьyuterning texnik qismini "tizim" deb tasavvur etish mumkin. Xuddi shunday hisobotlarni tayyorlash va elektron hujjatlar oqimini boshqarish kabi amaliy vazifalarni yechish uchun mo’ljallangan dasturlar to’plamini ham "tizim" deb hisoblash mumkin. Xo’sh, bunday vaziyatda "Bu axborotlardan qanday foydalanish kerak.?" degan tabiiy savol ko’ndalang turadi. Bunday savolga javob berishda maьlum ketma-ketlikda ish yuritishimiz lozim bo’ladi. Shuning uchun ishni axborotlarni olish, ularni saqlash va bir joydan boshqa joyga uzatish, xullas, axborot tizimlardan boshlaymiz.
Belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarning shakli va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash tamoyillariga, qayta ishlash uchun qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o’zaro bogʼlangan vositasiga - axborot tizimi (АT) deyiladi.
Аxborot tizimini yaratish va undan foydalanish qo’yiladigan maqsadga muvofiq bo’lishi lozim. Аks holda undan foydalanish maьnoga ega bo’lmaydi. Shu maьnoda maьlumotlar omborini umumiy bir turda tasnif qilish mumkin. Baьzi tizimlar esa umuman tasnif qilinmaydi. Bajariladigan vazifasiga ko’ra axborot tizimlarini ikki turga ajratish mumkin:
1. Foydalanuvchilar uchun biror tashkilot (o’quv muassasasi, xususiy shaxs va x.k) yoki firma tomonidan yaratilgan va umumiy bo’lgan maьlumotlarni beruvchi tizimlar.
1. Maьlum dastur asosida maьlumotlar beruvchi maьlumotlar omborini yaratish.
Birinchi turdagi maьlumotlar ombori qo’yilgan masalalarga aniq javob bera oladi va ularga shartli ravishda axborotli-maьlumotnomali tizimlarni, axborotni izlash tizimlarini va maьlumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlarini kiritish mumkin. Аxborotlarni izlovchi tizimlar (maьlumotnomalar) to’plangan bilimlarni yigʼish, ro’yxatlash, turlarga ajratish va undan foydalanish imkonini beradi. (masalan, telefon maʼlumotnomalari, xodimlar haqida maʼlumotlar va x.k). Bunday maʼlumotlar ombori yangi bilimlar manbai vazifasini bajarishi mumkin.
Maʼlumotlrni tezkor qayta ishlash tizimlari ko’pgina amaliy masalalarni yechishga, ishlab chiqarishni boshqarishga, hisobxona hisoboti va hokazolarni hal qilishga mo’ljallangan bo’ladi. Hajmiga va maʼlumotlardan foydalanishga ko’ra axborot tizimlari quyidagilarga ajratiladi:
• Аvtonom yoki " shaxsiy "axborot tizimlari ;
• "Fayl-server" texnikasi bo’yicha qurilgan oddiy tarmoqli axborot tizimlari:
• "Klient server" tuzilishiga ega quvvatli axborot tizimlari.
Endi faktografik tizimlarga taʼrif beraylik. Ko’rinishi sodda, qo’yilgan masalalarga yagona va aniq yechimni ko’rsata oladigan
tizimlar faktografik tizimlar deyiladi. Faktografik tizimlarni universal va maxsus tizimlarga ajratish mumkin:
Universal tizimlar turli sohalardagi har qanday maʼlumot bilan ishlashi mumkin. Bu tizimda asosiy vazifa kiritilgan maʼlumotlar omboridan to’gʼri foydalana olishdir. Universal tizim maʼlum maʼnoda telivizorga o’xshaydi, chunki u hamma narsani xokkey o’yini, simfonik kontsert, badiiy film va boshqalarni ko’rsataveradi. Lekin insoniyat faoliyatining ko’pgina sohalarida universal tizimdan foydalanib bo’lmaydi. Masalan, samolyotdagi joylarni oldindan belgilash tizimlarida (minglab yo’lovchilar, yuzlab yo’nalishlar va xokazo) Universal usullardan foydalanib bo’lmaydi. Bunday tizimlar uchun maxsus maʼlumotlarni kiritish, izlash, qayta ishlash va chiqarish algoritmlari loyihalanadi va barcha maʼlumotlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Bunday hollarda har bir qo’yilgan masalalarga moslab tizimlar yaratiladi. Bunday tizimdagi maʼlumotlar tez-tez o’zgarib turadi va ular turli sohalarda ishlatilishi mumkin (Masalan: Moddiy ishlab chiqarish, bank ishlari kriminalistika, ilmiy izlanishlar va hokazo) Unda o’rganiladigan faktlar ham haqiqiy dunyo obʼektlari haqidagi aniq qiymatli maʼlumotlardan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi tomonidan turli mazmunga ega bo’lgan maʼlumotlar (masalan: maqola, kitob, referat, qonun matnlari, meьyoriy hujjatlar va x.k.) odatda tartibsiz joylashgan bo’ladi. Аxborot tizimlari bunday maьlumotlar ichida berilgan savolga yagona va bir qiymatli javob topib bera olmaydi. Ular hujjatli tizimlar deb ataladi.
|
| |